www.ziyouz.com kutubxonasi
163
bo‘lsalar-da, dunyoqarashi bo‘yicha mutaziliylarning aql-idrokka asoslangan yo‘lini
davom ettirdi. K.ning ikkinchi yirik maktabi -moturidiylik ham mustaqil tarzda taraqqiy
etdi. Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo‘lsa, moturidiylik
hanafiylik doiralarida ko‘plab tarafdorlarga ega bo‘ldi va xususan, Movarounnahr
musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi.
13-a.dan K. Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn
Xaldun ta’biri bilan aytganda, K. va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo‘lib qoldi. Bu
hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy
(1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o‘z ifodasini topdi. Yangi va eng yangi
davrlarda Jamoliddin Afg‘oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi
musulmon islohotchilarining asarlarida K. va ayniqsa, mu’taziliylar g‘oyalari mafkuraviy
asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o‘tishi bilan islom olamida faqat axli sunna va
jamoaning ilmi K. bo‘yicha ta’limotlari hukm suradigan bo‘ldi. Falsafa va b. fikriy
mazhablar chiqqanidan keyin ilmi K. istilohining o‘zi ham iste’moldan chiqib ketdi.
KARBALO - Iroqdagi shahar, Karbalo muhofazasi (gubernatorligi)ning ma’muriy
markazi, Furot daryosi vodiysida, Bag‘doddan 85 km jan.-g‘arbda. Shialikdagi
musulmonlarning ziyoratgohi. Ali ibn Abu Tolibning o‘g‘li Husayn ibn Ali hokimiyat uchun
kurashda 680 y.da K. yaqinidagi jangda halok bo‘lgan, K.da dafn qilingan, keyinchalik bu
yerda maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh bo‘lib qolgan. Imom Husayn
maqbarasi bir necha marta buzib tashlangan, keyinchalik salobatli inshoot majmui
qurilgan. K. har yili muharram oyida motam marosimi o‘tkaziladigan markaz
hisoblanadi.
KAROMAT (arab. - karomat, ikrom qilinish, yuqorilik, sharaf) - islom istilohiga ko‘ra,
aqlni lol qoldiradigan g‘ayritabiiy hodisalar. Shu hodisalar payg‘ambarlardan namoyon
bo‘lsa - mo’jiza, aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa - K. deyiladi. G’ayridin, kufr ahdidan sodir
bo‘lsa, sehr-jodu, ko‘zbaxshilik (fokus) yoki istidroj (vaqtincha omadli bo‘lish) deb
ataladi. Mas., Muso payg‘ambar qo‘lidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib
chiqqani, kerak bo‘lganda u ajdahoga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib
yuborgani mo’jizadir. Muhammad (sav)ga berilgan mo’jizalarning eng ulug‘i - Qur’oni
karim sanaladi. K.lar tasavvuf shayxlari, tariqat peshvolari, aziz-avliyolarning uzoq
masofani oz muddatda bosib o‘tishlari, suv ustida, havoda bemalol yura olishlari,
hojatlari zudlik bilan ravo bo‘lishi va b. bilan izohlanadi. K. 2 xil bo‘ladi: birinchisi -asliy;
ikkinchisi - kasbiy. Asliy K. quyidagi oyatda ifodasini topgan: "Batahqiq, biz Bani Odamni
mukarram qildik. Ularni kuruklik va dengazda ko‘tardik. Ularni pok rizklar ila
rizqlantirdik" (al-Isro surasi, 70-oyat). Ushbu K. mo‘min bo‘lsin, kofir bo‘lsin,
bashariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Kasbiy K. quyidaga oyatda ifodasini
topgan: "Albatta sizning Alloh huzurida mukarramrog‘ingiz, taqvodorrog‘ingizdir"
(Hujurot surasi, 13-oyat). Bu K. taqvodor mo‘minda hosil bo‘ladi. Odatdan tashqari
ishlarga K., deyishlik majoziydir. Chunki, Alloh taolo o‘sha ishlarni taqvodor mo‘minning
ikromi uchun uning tomonidan sodir etadi. K.ning zohir bo‘lishidagi hikmat: K. sodir
bo‘lganidan so‘ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo‘lib, dunyodagi zuhdi-taqvosi
kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo‘qolishidir.