MAVLO (ko‘plikda - mavoli) - 1) rahnamo, homiy, janob (Qur’onda Alloh haqida: 3:150/
143; 8:40/41 va b., odatda mavlono - "bizning janob", "xojamiz" shaklida); 2)
homiylikdagi shaxs, ko‘pincha ozod etilgandan so‘ng xojasi yoki uning merosxo‘rlariga
ma’lum darajada qaramlik rishtalarini saqlab qolgan qul; uning zimmasiga sobiq
xojalariga yordamlashish yoki ularni himoya qilishdek ma’naviy majburiyat yuklatilgan, u
uylanmoqchi bo‘lsa, ularning roziligini olishi lozim bo‘lgan, bevosita merosxo‘rlari
bo‘lmagan takdirda uning mol-mulki xo‘jayiniga o‘tgan. Islom futuhotlaridan so‘ng tobe
etilgan viloyatlarning arab bo‘lmagan aholisi M. deb atala boshlandi, bu aholi go‘yo
arablar himoyasi ostiga olingan deb hisoblana boshlandi. Umaviylar davrida arab
bo‘lmagan mavolilar salmoqli ijtimoiy tabaqani tashkil etib, ko‘pgina ommaviy
harakatlarda, xususan, abbosiylar davridagi harakatlarda katta rol o‘ynaganlar. Shu
davrda qaramlikning ikki asosiy shakli ko‘zga tashlanadi: shaxsly (homiy-xo‘jayindan) va
guruhiy (qachonki M. to‘la huquqli bo‘lmagan a’zo sifatida qabilaga qo‘shilsa), bu shakl
haligacha o‘rganilmagan. Xuroson qo‘shinida 7 ming kishidan tashkil topgan Mlarning
maxsus otryadi mavjud bo‘lgani alohida holat bo‘lib, ular maosh va yegulik olmasalar-
da, arablar bilan bir qatorda harbiy harakatlarda ishtirok etishgan, shu bilan bir qatorda
boshqa M.lar o‘zlarining homiylari bilan birga jang qilganlar. Umar II davrida ularning
huquqlarini boshqa jangchilar bilan tenglashtirishga urinib ko‘rilgan. Abbosiylar davlat
to‘ntarishidan keyin, barcha musulmonlar - arablar va arab bo‘lmaganlar teng huquqqa
ega bo‘ldilar. Shundan so‘ng guruhiy qaramlik yo‘q bo‘lgan bo‘lsa kerak va M. alohida
ijtimoiy guruh sifatida ahamiyatini yo‘qotadi. M. arab va xalifalik hududidagi mahalliy
madaniyatlar bilan uyg‘unlashuvi asosida o‘rta asr musulmon madaniyatini
shakllanishida katta rol o‘ynadilar. Musulmon ilohiyoti va huquqining ko‘pgana
namoyondalari M.lardan chiqqan (Abu Hanifa, an-Naxa’iy va b.). 10-13-a.larda ayrim
hokimlar unvonida uchraydigan mavlo amir al-mo’minin yoki falonchining M.si kabi
iboralar ko‘p hollarda faqat tobelikni izhor etishni anglatgan.