www.ziyouz.com kutubxonasi
250
RIYOKORLIK - har qanday savobli, ezgu ishlarni, ayniqsa, xayr-ehsonni odamlar
ko‘rsin, maqtasin uchun, manmanlik bilan amalga oshirish. R. islomda qattiq qoralanadi
Qur’oni karimda R. bilan qilingan har qanday ishning zoe ketishi haqida uqtiriladi.
RIZQ (arab. - ulush) - 1) Qur’onga ko‘ra Allohning har bir insonga bergan ulushi Islom
diniga ko‘ra, barcha bandaning Rini Alloh belgilab bergan, o‘lchab qo‘ygan, kimning R. i
tugasa, vafot etadi. R.ni faqat Aploh taoloning o‘zigina beradi. 2) Devonga mansub
kishilar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat ulushi (xalifa O’mar tomonidan 638 y. joriy
etilgan va bu 8-a. oxirigacha davom etgan). Oziq-ovqat ulushi devon ro‘yxatidagi
jangchilarning oila a’zolariga ham belgilangan. 9-10-a.larda R. - asosan jangchilar
maoshi ba’zan umuman maosh (mas., O’rta Osiyoda somoniylar davrida). Misrda 12-15-
a.larda ma’lum yer maydonidan natura shaklida to‘langan maosh, shundan - umuman
ko‘chmas mulkdan olingan daromad. 16-a.dan Usmonli turk saltanatida R. deb daromad
keltiruvchi yer maydoniga, xususan vaqf yerlariga aytilgan.
RIFO’IYLAR - so’fiylik tariqati a’zolari. O’rta asrlarda vujudga kelgan. Bu tariqatga
basralik Sayyid Ahmad Rifo’iy (1182 y. v.e.) asos solgan. R. Yaqin Sharkda, xususan,
Eronda keng tarqalgan darvishlardan iborat bo‘lgan. Ular hozir ham mavjud.
ROBIA al-ADAVIYA (713/714-801) - Basra zohidlarining taniqli vakilasi. Bolaligida
cho‘ri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojo‘yligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan
rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolg‘iz yashagan. R.A.
Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori bo‘lgan. Allohdan hech bir
tama’ - manfaat ko‘zlamay, uni mutlaq sevish - inson ma’naviy hayotining mohiyati
ekanligini zohidlardan birinchi bo‘lib ta’kidlagan. R.A. g‘oyalari keyingi avlod so’fiylari
orasida keng tarqalib, Bistomiy, Halloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va b. so’fiylar ta’limotining
asosini tashkil etgan. R.A. taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, "avliyo"
sifatida ulug‘lanadi.