SUNNIYLIK (sunna so‘zidan) - q. Ahli sunna val jamoa.
SURA (arab. - tizma, qator, qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nosida) - faqat Qur’onga. xos
tushuncha, uning bo‘limlari S. deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash
mumkin. Ulamolar istilohida esa, S. - Qur’on oyatlarining boshlanish va tugashi
belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on
ila o‘ralgandek bir toifasiga S., deyiladi. Qur’on S.lardan iboratdir, S. Qur’onning bir
bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z ichiga oladi.
Qur’onda 114 ta S. bo‘lib, ulardan har birining o‘z nomi bor. Ba’zi Slarning ismi S.ning
avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha S.da zikri ko‘proq kelgan narsalarning
nomiga qo‘yilgan. Qur’oni karimdagi eng qisqa S. Kavsar S.si bo‘lib, uch oyatdan, eng
uzun S. Baqara S.si bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir. Qur’on S.lari ikki qismga bo‘linadi: 1.
Hijratdan oldin tushgan S.lar - "Makka S.lari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan
keyin tushgan S.lar - "Madina S.lari" (Madinada tushgan) deyiladi.
SO’FIY - so’fiylik tariqatiga mansub shaxs, murid; "Tasavvuf" va "so’fiy" so‘zlarining
o‘zagi va mazmuni to‘g‘risida olimlar fikri turlicha. Bu so‘zlar arabcha "suvf" (jun,
po‘stin) so‘zidan kelib chiqqan, degan fikr ko‘pchilik ulamolar tomonidan ma’qullangan.
Chunki, tasavvuf yo‘liga kirganlarning ko‘pchiligi o‘zlarini xilvatda tutish bilan birga
egailariga po‘stin kiyib yurishar edi. Lekin so’fiylar orasida po‘stin kiymaydiganlari,
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
272
quroq, hirqa yoki boshqa xildagi kiyim kiyib yuradiganlari ham bo‘lgan. Ammo, po‘stin
kiyishga odat qilgan so’fiylar ko‘pchilikni tashkil qilgan.
SO’FIYLIK - q. Tasavvuf.