Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
270
nomlangan bo‘lsa, u o‘z to‘plamini "as-Sunan" deb atadi
va unga sunnati saniyya va
shar’iy ahkomlarni mavzular bo‘yicha boblarga bo‘lib yozib chikdi.
"Sunan"da 4800 ta hadis rivoyat qilingan. To‘plam 35 fasl, 1871 bobdan iborat. Unga
uchta olim tomonidan uch xil sharh ham bitilgan.
"SUNANI DORIMIY" - to‘qqizta ishonchli hadis to‘plamlaridan biri. Abu Muhammad
Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiyning shoh asari. "Sunan"ning 2
jilddan iborat nashri 1996 y. Bayrutda chop etilgan. Uning 1-jildi Imom ad-Dorimiyning
tarjimai holi, nasabi,
ustoz va shogirdlari, asarlari, olimlarning u haqda aytgan
so‘zlaridan iborat. Asarning asosiy qismi muqaddima va 23 kitobdan (ular o‘z
navbatida
1263 ta boblardan) tashkil topgan. "Sunan"da jami 3503 hadis rivoyat qilingan. "S.D."ni
ba’zi olimlar 6 ishonchli hadis to‘plamiga (Ibn Mojaning "Sunan"i o‘rniga) kiritishni taklif
etganlar.
"SUNANI ibn MOJA" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad
ibn Yazid Ibn Moja al-Qazviniyning shoh asari. Asar 32 fasl, 1500 bobdan iborat. Ibn
Moja o‘z to‘plamini fiqhiy masalalarga xos mavzularga bo‘lib chiqqan. "Sunan"dan jami
4000 ta hadis joy olgan. Ulamolar ushbu "Sunan"ni mashhur
olti ishonchli hadislar
to‘plamlari qatoriga qo‘shish yoki qo‘shmaslik masalasida uzoq tortishganlar. Zero,
ularning oltinchisi sifatida Imom Dorimiy to‘plamini kiritish tarafdorlari ham talaygana
edi. Nihoyat, Ibn Mojaning "Sunan"i oltinchi o‘rinda ishonchli to‘plamlar safiga kiritildi.
"SUNANI NASOIY" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri, Abu Abdurahmon Ahmad
ibn Aliy ibn Shuayb al-Xurosoniy an-Nasoiyning shoh asari. Nasoiy birinchi bo‘lib "as-
Sunan al-kubro", ya’ni, katta hadislar to‘plamini yozgan. So‘ngra Ramla amirining
iltimosiga binoan
uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga "as-Sunan as-
Sug‘ro" - kichik to‘plam yoki "al-Mujtabo", ya’ni tanlangan hadislar to‘plami deb nom
qo‘ygan.
Ulamolar fikricha, "Sunan" nomi bilan yozilgan barcha hadis to‘plamlaridagi
hadislarning hammasi sahih emas, balki ularda zaif hadislar ham mavjud. "Sunan"ga
Imom Jaloluddin Suyutiy, shayx Abul-Hasan Muhammad al-Hanafiy
as-Sindiy va Shayx
Sirojiddin Umar ash-Shofi’iy sharh bitgan.
Dostları ilə paylaş: