Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
333
tashkiliy qo‘mitasida bosh kotib (1942), diniy boshqarma raisining o‘rinbosari (1943-57),
raisi (1957-82). Toshkentda Imom Buxoriy nomidaga Islom in-tini tashkil etdi (1969) va
unga bevosita rahbarlik qildi. Uning sa’yi harakati bilan Buxorodagi "Mir Arab" madrasasi
faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon
mamlakatlarida o‘tkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol
ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishiga
harakat
kdpdi. Masjidlar bo‘yicha Butunjahon Oliy Kengashi a’zosi etib saylandi (Makka, 1976).
Ziyovuddinxon diniy merosni keng targ‘ib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy
faoliyat bilan ham shug‘ullangan. Ibn Sinoning gagaenaga oid kitobini o‘zbek va rus
tillariga o‘gargan (Abu Ali ibn Sina, Traktat po gigiene, T., 1982). Ziyovuddinxonning
"Diyorimizda islom va musulmonlar" asari (1979, rus tilida)da
islom dinining mohiyati
ochib berilgan, u barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din, uning tamoyillari barcha
yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekani ko‘rsatilgan. Futuhiy
taxallusi bilan she’rlar bitgan. Xalqlar o‘rtasida
tinchlikni saqlash, yer yuzida do‘stlik va
hamjihatlikni mustahkamlash ishiga hissa qo‘shgani uchun Iordaniya, Suriya, Marokash
va Misr Arab Respublikasining oliy ordenlari bilan takdirlangan. 1998 y. tavalludining 90
yilligiga bag‘ishlab Toshkentda ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazildi. Toshkentdagi Qaffol
ash-Shoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan.
ZIYORAT (arab. - biror yerga yoki shaxs huzuriga borish) - muqaddas joylarga, mozor
va
qabristonlarga borib, muayyan rasm-rusumlarni bajarib kelish. Z marosimi odatda
qabr tepasida Qur’onning ayrim suralari (ayniqsa Fotiha surasi)ni o‘qib, marhum haqqiga
duo qilish, shuningdek xayr-ehson, sadaqa berish kabilardan iborat. Islom dini aqidasiga
ko‘ra, aziz-avliyolarning maqbaralariga Z uchun borilganda ularning ruhlaridan
madad
so‘rapshik, hojatlar ravo qilinishi, dardlarga shifo berilishi, farzand ato etilishi kabi
iltijolar nojoizdir. Chunki, bu kabi amallarni ro‘yobga chiqarish faqat Allohning
ixtiyoridadir. Z qilinuvchilar payg‘ambar bo‘ladimi, avliyo yoki tariqat shayxi bo‘ladimi,
ulardan najot so‘rash o‘rniga
haqlariga duoi xayr qilish, sadaqa-ehson savoblarini
ularning ruhlariga hadya etish o‘rinlidir. Islomda shaxsga sig‘inish shirk sanaladi.
Muhammad (sav) o‘zlarining bir hadisi shariflarida aytganlar: "Qabristonlarni ziyorat
qilib turingazlar, zero u oxiratni eslatadi". Oxiratni eslash esa,
kishini yovuzlikdan
uzoqlashtirib, ezgulikka yaqinlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: