Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

BAHOUDDIN NAQSHBAND, Muhammad ibn Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-
Buxoriy (ko‘proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin Balogardon, Xo‘jai Buzruk, Shohi 
Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318-1389) - mashhur avliyo, naqshbandiylik. 
tariqatining asoschisi. Buxoro viloyati hoz. Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida 
tug‘ilib, shu yerda vafot etdi. Bu qishloq keyinchalik B.N. sharafiga Qasri orifon deb 
atalgan. B.N.ning oilasi va farzandlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Uning Muhammad 
payg‘ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan. Otasi to‘quvchi 
hamda o‘yma naqsh soluvchi (naqshband) bo‘lgan. B.N. hayotida bobosining alohida 
xizmati bor. U so’fiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta 
qiziqish uyg‘otdi. B.N. Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, mavlono Orif, 
Xalil ota, Qusam Shayx kabi ustozlardan saboq oldi. B.N.ning deyarli butun umri Buxoro 
va uning atrofidagi qishloklarda so’fiylik bilan o‘tgan. U ikki marta haj qilgan. Raribona 
hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati - dehqonchilik va keyinroq kimxobga naqsh (gul) 
solish bilan kun ko‘rgan. O’z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abdulholiq 
G’ijduvoniy g‘oyalariga asoslangan. Ta’limotining asosida "Dil-ba yor-u, dast-ba kor" 
("Ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin") degan shior yotadi. 
B.N. tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi
mo’tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga intilish ko‘ngil bilan 
amalga oshishi kerak. Qo‘l esa, ish - mehnat bilan band bo‘laversin. B.N.ning 
tarkidunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qo‘l silkimay turib 
ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi g‘oyasi musulmon olamida tasavvufning juda 
keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini ta’minladi. B.N.ning Buxorodagi qabri 
ziyoratgoh hisoblanadi. B.N. va uning ta’limoti hamda naqshbandiy shayxlar to‘g‘risida 
talay asarlar yaratilgan. Birgana Uzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik in-ti qo‘lyozmalar xazinasining o‘zida a naqshbandiylikka doir 195 kitob 
mavjud. B.N. tavalludining 675 yilligi (1993) O’zbekistonda keng nishonlandi. Unga 
bag‘ishlab qator asarlar nashr etildi, xalqaro ilmiy anjumanlar bo‘lib o‘tdi. B.N. nomi 
bilan bog‘liq yodgorliklar qayta tiklandi. 
BAHOULLO (arab. - Alloh nuri, jilosi; asl ismi Mirzo Husayn Ali Nuri) (1817 - 1892) - 
bahoiylik asoschisi. Bobiylik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan. 
Mozandaronda tug‘ilgan. Bobiylarning Eron shohiga uyushtirgan suiqasdi 
muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin B. Iroqqa qochgan (1852), bu yerda o‘zini Bob 
ishini davom ettiruvchi va xudodan vahiy olgan mahdiy deb e’lon qilgan. 1858 yilda 
Bag‘dodda chiqqan "Kitobi iymon" ("Ishonch kitobi") asarida Bob ta’limotiga bo‘lgan 
munosabatini aks ettirgan. 1873 yilda Falastinda "Kitob al-akdas" ("Eng muqaddas 
kitob") asarini yozadi, unda bahoiylik ta’limotining asosiy g‘oyalarini bayon etadi. 
Keyinchalik B. o‘z ta’limotini davom ettirishni katta o‘g‘li Abbos afandiga (taxallusi 
Abdulbaho, 1920 y.v.e.) vasiyat qiladi. Uning avlodlari hamon o‘z g‘oyalarini targ‘ib 
etmoqda. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin