www.ziyouz.com kutubxonasi
54
yunon va qad. yahudiy gillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rgandi. Tarix,
matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geofafiya va b. fanlarni chuqur o‘rgandi
va bu ilmlarga oid 150 dan ortiq asar yozdi. B. Allohni birinchi yaratuvchi sifatida e’tirof
etdi, lekin olam keyin tabiiy ravishda rivojlanadi, deb hisobladi. B. xudoga, uning
payg‘ambariga bag‘ishlab madhlar aytgan. U koinotda Yerdan, bizning hayotimizdan
tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi haqida fikr yuritgan. Uning mashhur "Mas’ud
qonuni" kitobi astronomiya va matematika bo‘yicha ungacha yozilgan barcha
kitoblarning eng mukammalidir. Qizig‘i shundaki, ushbu kitobda bayon etilgan
ta’limotlarning ko‘pchiligini B. Qur’on oyatlari bilan solishtirgan. Shuning uchun ham
uning "Hindiston", "Mas’ud qonuni" asarlari o‘tmishdaga barcha dinlar va islom uchun
ham katta ahamiyatga egadir. Keyinchalik *Mas’ud qonuni"da bayon etilgan
kashfiyotlardan Ulug‘bek rasadxonasida unumli foydalanilgan. Ulug‘bek kutubxonasida
bu asarning bir necha nusxasi mavjud bo‘lgan. B. mamlakatning obodonchiligi ilm-
fanning gullashiga bog‘liq, inson bilimli va ma’rifatli bo‘lgandagina baxtli bo‘la oladi, deb
bildi. Zero, islom dini ham ilm olishga da’vat etadi. B. "Qadimgi xalqdardan qolgan
yodgorliklar", "Hindiston" asarlarida o‘sha davrdagi va undan oldingi davrdagi ko‘p dinlar
(mas., hind e’tiqodlari, zardushtiylik va b.)ga xos urf-odatlar, marosimlar, taqvimlar
qaqida boy ma’lumotlar qoldirgan. Uning dunyoqarashiga xos xususiyatlardan biri - diniy
e’tiqodlarga xolisona qarashi, g‘ayri dinlarga beg‘araz munosabatda bo‘lishidir. U
ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi edi. B. asarlari rus,
lotin, frantsuz, italyan, nemis, fors, ingliz, turk tillariga tarjima qilingan. Uning ijodi
musulmon Sharqi madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.