Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
BIBI SESHANBA, Seshanba ona-diniy-xurofiy tasavvurlarga ko‘ra ayollar sig‘inadigan 
avliyo, afsonaviy shaxs (ona); charx yigiruvchi ayollarning homiysi, oila baxtining 
himoyachisi. Qad. diniy e’tiqodlarning islomga moslashib saqlanib qolgan ko‘rinishlaridan 
biri. Dindor ayollar B.S.ga sig‘inib, seshanba kunlari uning sharafiga ziyofat beradilar. 
Soddadil ayollar B.S.dan, muruvvat, madad tilaydilar, "mushqullarini oson qilish"ni iltijo 
qiladilar. B.S.ga sig‘inish, unga atab marosimlar o‘tkazish hoz. vaqtda juda kam 
uchraydi va shirk amallardan sanaladi.
 
BIBLIYA (yun. Viblia - kitoblar) - yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan 
diniy kitoblar va risolalar majmuasi. B. ikki asosiy qism - Qadimgi ahd va Yangi ahdga 
bo‘linadi. "Ahd" so‘zi Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qad. ahd 
yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda 
yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi ahd esa, faqat xristianlar muqaddas deb 
biladigan, ular dini shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning 
aqidalariga binoan, B. - Xudoning kalomi, barcha insonlarga yo‘llagan, dunyo va 
odamzodning paydo bo‘lishi va "oxirat" sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning 
asosiy mavzusi - yagona haq Xudoning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati 
haqidadir. B. mil. av. 8-a. va mil. 2-a.lar oralig‘ida oromiy hamda yunon tillarida 
yozilgan. B. matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil 
davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. B. eng qad. adabiy yodgorliklardan biri bo‘lib, 
diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va 
falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. B.da, bir yoqdan, 
odamzodning gunohkor bo‘lib, Xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum 
qilinishi to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchi yokdan, Xudo insonni qutqarish uchun qanday 
rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yo‘lini ochgan Iso Masih 
(as) to‘g‘risida to‘laqonli xabar beriladi. 
Jami qad. yahud tilida 66, lotin tilida 70 kitob (bo‘lim)ni o‘z ichiga olgan B. 13-a.da 
kardinal Stefan Lengton tomonidan hoz. ko‘rinishga keltirilgan, kitoblarni she’rlarga 
bo‘lish va raqamlashtirishni parijlik matbaachi Rober Stefan (16-a.) amalga oshirgan. 
B. - dunyodagi 1-bosma kitob (1452-55) bo‘lib, jahon bo‘yicha keng tarqalgan, asrlar 
mobaynida ko‘pgina xalqlarning axloqi, ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va 
rangtasvir san’atiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. B.ning ayrim qismlari 1891, 1913 ylarda 
Leyptsig sh.da arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1996 ylarda B.ni tarjima qilish in-ti 
(Stokgolm) tomonidan kirill yozuvida o‘zbek tilida chop etilgan.


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin