Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning ba’zilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya
AQShda o‘z jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu e’tiqodni 
Gavayya orollari va AQShning g‘arbiy sohillariga olib keldilar. Hoz. paytda AQShga 
ko‘plab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat 
bo‘ylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B. ning bir necha xalqaro tashkilotlari ham 
mavjud. 
B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va 
xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda 12—13 yoshli o‘spirin 
20 yoshgacha, ya’ni balog‘atga yetgunga qadar monastirda rohiblikni o‘taydi, lekin 
taxm. ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qavm yoki 
dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi - rohiblarni ovqat bilan ta’minlashdir. 
Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan bo‘ladilar. 20-a.da jahon bo‘ylab dunyoviy kishilarni 
ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning o‘zida ham B. dunyoviy 
shaqida qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" (yangi dinlar) deb 
atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "Aum sinrikyo" 
shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari, asosan, 
dunyoviy kishilardan tarkib topgan. 
O’zbekistonda bitta B. jamoasi rasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatadi. 
 
BURAYDA ibn al-HUSAYB, to‘liq ismi Abu Saxl Burayda ibn al-Husayb ibn Abdullo al-
Aslamiy (? - 684) - sahoba. Muhammad (sav) Madinaga hijrat qilib ketayotib, to‘xtagan 
vaqtlarida u va uning qishlog‘i aholisi (taxm. 80 xonadon) islomga kirgan. Uhud jangdan 
so‘ng Burayda Madinaga kelib, ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan. Madina, Basra sh.lari 
so‘ngra Xurosonda yashagan. Marv sh. yaqinidagi qishloqlardan birida vafot etgan. 
BURDA (arab. yoping‘ich, xirqa) — Muhammad (sav)ning xirqalari. Rivoyatga ko‘ra, 
Alloh rasulini sharaflab shoir Ka’b ibn Zuhayr (661 y. v. e.) "Bonat Suod" qasidasini 
bitgan va uni Payg‘ambar (sav) huzuriga kelib o‘qib bergan. Bundan xushlangan 
Muhammad (sav) xirqai shariflarini shoirga hadya etganlar. Shoirning o‘g‘lidan xalifa 
Muoviya sotib olgan B. keyin abbosiylarga o‘tgan va islom dinining eng qadrli 
yodgorliklaridan biri bo‘lib qolgan. Boshqa bir shoir - Muhammad ibn Said al-Busiriy 
(1212-1294) ham o‘z asarini "Qasidai burda" deb nomlagan. Bu qasida muallifiga 
Muhammad (sav) o‘z xirqalarini uning tushida hadya etgan. Bu qasidani duoxonlar 
yodlab xastalarga dam solishi odat tusiga kirgan. Qasidaxonga ixlos qo‘yish 
musulmonlar o‘rtasida an’anaga aylangan. Har ikkala qasida musulmonlar orasida 
hamon mashhurdir.
BUROQ (arab. "yarqiroq", "barq" so‘zidan) -islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va 
uchadigan otsimon maxluqning nomi. Qur’oni Karimda zikr qilinishicha (17:1), 
Muhammad (sav) uni minib Makka sh.dan "tungi sayr"da dastlab Kuddusga, so‘nfa 
me’rojga chiqqanlar. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammad (sav)ni Ka’ba oldiga kelib kutib 
turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan so‘ng bo‘ysungan. 
B. boshqa payg‘ambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va Dovud(as) ga ham xizmat qilgan, 
deydilar. B. goh ot, goho xachir shaklida ifodalangan, oq rangli, bo‘yni cho‘ziq, quloqlari 
uzun, oyoklarida qanoti bo‘lgan, deb ta’riflangan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin