www.ziyouz.com kutubxonasi
56
BID’AT (arab. - yangilik kiritmoq, yangitdan yaratmoq) - noma’qul yangilik; din
aqidalariga xilof yangilik. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda paydo bo‘lgan har bir narsa
B.dir. Dastlab xalifa Usmondan norozi odamlar, asosan, shialar va xorijiylar uni
Muhammad (sav) so‘zlari va amallariga zid yangiliklar kiritganlikda, B.da ayblaganlar.
Keyinroq islom dunyosida diniy-g‘oyaviy ixtiloflar va bahslar avj olgan paytda B.
tushunchasi "noto‘g‘ri yoki xato tasavvur", "yanglish fikr" degan ma’nolarni kasb etdi.
B.ga nimani kiritishning aniq chegarasi bo‘lmagan. Faqixdar B.ni bir necha turga
bo‘ladilar: 1) Harom B. - qadariylar, jabariylar, murji’iylar va xorijiylar mazhablarining
qilgan B.lari; 2) Mandub B. - madrasalar tashkil etish, tarovih namozini jamoat bilan
o‘kish: 3) Makruh B. - masjidlarni bezashga o‘xshash ishlar; 4) Muboh B. - namozdan
keyin qo‘l olishib ko‘rishish, taom va libosda kengchilikka yo‘l qo‘yish; 5) Vojib B. -
kerakli ilmlarni o‘rganishga o‘xshash ishlar. Ba’zi ulamolarning fikricha B. asosan, uch
turli bo‘ladi: 1. Kofirlikka olib boradigan B. Mas., o‘liklardan, g‘oyib kimsalardan yordam
so‘rash. 2. Harom bo‘lgan B. Mas., duoda o‘liklarni vosita qilish. 3. Makruh bo‘lgan B.
Mas., juma namozidan keyin ehtiyot yuzasidan peshin namozini o‘qish. Muayyan amal
bir fiqhiy mazhab vakillari tomonidan "nojoyiz yangilik", ya’ni islom ahkomlariga xilof ish
deb baholansa, boshqa mazhab tarafdorlari uni Qur’on va sunnatga muvofiq keladigan
"haq yo‘l" deb bilganlar. Bu xildagi bahslar hamon uchrab turadi. Aytaylik, Imom A’zam
mazhabiga ko‘ra, ota-bobolar mozorlarini ziyorat qilish, olamdan o‘tgan ajdodlar ruhi
poklariga duoi fotiha savob ish sanaladi va shunga rioya qilib kelinadi. Ammo hanbaliylik
mazhabining vahhobiylik oqimi vakillari bularni B. deb hisoblaydilar. Shundan foydalanib
odamlarni yo‘ldan urmoqchi, jamiyatda beqarorlik vujudga keltirmoqchi bo‘ladilar. B.
bema’ni gap, safsata ma’nolarini ham anglatgan. Adabiyotda B. - xurofot, uydirma
ma’nolarida keng ishlatiladi.