Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
BILOL, to‘liq ismi Abu Abdullo Bilol ibn Raboh al-Habashiy (? - 641) - islom tarixvdagi 
birinchi muazzin. Baland, shirali, ta’sirli ovozga ega bo‘lgan. Asli habashistonlik, 
Makkada islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan qullardan. Xojasi Umayya ibn Halaf 
islomdan voz kechishni talab etib, B.ga toqat qilib bo‘lmas azoblarni bergan. Abu Bakr 
Siddi (ra) B.ni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqargan. Payg‘ambar (sav) bilan 
Madinaga hijrat qilgan. 622 y. Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi 
bo‘lib baland ovozi bilan musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida 
Muhammad (sav)ga muazzinlik qilgan. Payg‘ambar (sav) vafotidan so‘ng Shomda 
yashagan va hazrat Husayn iltimosiga ko‘ra Madinaga kelganida bir bor bomdrd namozi 
azonini aytgan, degan rivoyat bor. Qabri Damashq sh.da. 
BILQIS - musulmonchilik rivoyatlarida va Qur’onda tilga olingan Sabo yurtining 
podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida tilga olinadi. Qur’onda Sulaymon 
payg‘ambarning ulug‘vorligini ta’riflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, hudhud qushi 
podshoga Sabo mamlakatiga borgani va u yerda "hamma narsa ato etilgan" xotin 
hukmronlik qilayotgani, ammo butun xalqi bilan shaytonga aldanib, Allohga emas, 
Quyoshga sig‘inayotganini aytadi. Sulaymon shu qush orqali malikaga maktub yo‘llab, 
unga bo‘ysunishni buyuradi. B. o‘z yaqinlari bilan maslahatlashib, Sulaymonga katta 
hadyalar yuboradi. Ammo Sulaymon malikaning elchilari oldida bu hadyalardan 
jirkanishini aytib, Sabo yurtiga qo‘shin tortishini e’lon qiladi. So‘ngra, matnda 
aytilishicha, malika Sulaymon huzuriga o‘zi keladi. Sulaymon xizmatida bo‘lgan sehrgar 
va jinlar ko‘z ochib-yumguncha, malikaning taxtini uning oldiga olib kelishadi. Malikani 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
saroyga kiritishganida, saroy sathini "suv to‘lqinlari sifatida ko‘radi va oyoklarini 
to‘pig‘igacha ochadi". Saroyning qadam bosiladigan qismi shaffof billurlardan iboratligini 
ko‘radi. Alloh hamma ishda yorlaqagan Sulaymonning bunday ulug‘vorligi dalillariga 
shohid bo‘lgan malika, o‘zining gumrohligini tan oladi va Allohga imon keltiradi (Qur’on, 
"Naml" surasi, 22-45-oyatlar). 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin