Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644-1721) — shoir, mutafakkir. Ota-
bobosi kesh(shahrisabz)lik, turkiy barlos urug‘idan. Yoshligidan turli fanlarga qiziqqan. 
Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan ta’lim olgan. Hindiston 
bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan, 1685 y.dan umrining oxirigacha Dexdida yashagan. Uning 
falsafiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari ta’sirida shakllangan. B. dunyoqarashi 
tasavvufning vahdati vujud ta’limotiga asoslanadi, ya’ni olamni Allohning ko‘zgusi, inson 
qalbini shu ko‘zguning markazi, deb biladi. Inson qalbi qanchalik sayqal topsa, u 
shunchalik Alloh nurini aks ettiradi. B. 120 ming misradan ortiq she’riy, ko‘pgana nasriy 
asar yozgan. Yirik asari "Chor unsur" ("To‘rt unsur", 1703) nasrda yozilgan bo‘lib, uning 
dastlabki boblarvda B. o‘z hayoti haqida hikoya qiladi. So‘nggi ikki bobda esa, to‘rt unsur 
-havo, suv, yer, olov to‘g‘risida; o‘simliklar, hayvonlar va odamning paydo bo‘lishi, 
mutlaq ruh, ruh va narsalar, din hamda ruhoniylarning o‘rni haqida fikr yuritadi. Kitobda 
parilar, jinlar, uyku, tush ko‘rish va b. haqida hikoya va afsonalar ham mavjud. B. 
"Irfon" ("Bilim", 1711-12; "Komde va Mudan", "Nukot" asarlari ham shuning tarkibida) 
dostonida falsafa, tarix, tibbiyot, adabiyot va ilohiyotning xilma-xil masalalariga 
to‘xtalgan. Borliq, yo‘qlik, fano, baqo singari falsafiy masalalar haqida fikr bildirgan. U 
xind falsafasvdaga tanosux nazariyasi hamda islom falsafasvdagi tavakkul ta’limotini 
tanqid qiladi. B.ning ijtimoiy qarashlarida ma’rifatparvarlik, muruvvat va odamiylik 
mavzulari asosiy o‘rinni egallaydi. B. asarlari 19-a.da O’rta Osiyoda keng tarqaldi. Ular 
falsafiy fikrga boyligidan B. Turkistonda "Abulma’oniy" ("Ma’nolar otasi") degan nom 
olgan.
 
BEKTOSHIYLAR, bektoshiya- Turkiyada tarqalgan tasavvuf tariqati. Kichik Osiyoda 13-
a. oxiri - 14-a. boshida mahalliy turk ko‘chmanchi va o‘troq aholisi orasida paydo 
bo‘lgan. Tariqatning nomi Hoji Bektosh Rumiydan boshlanadi. 
B. tariqatining haqiqiy asoschisi va’zxon va qalandar Hoji Bektosh Vali Nishopuri 
Xurosoniy (1208 - 1270) hisoblanadi. Uning silsilasi esa, turkistonlik shayx Ahmad 
Yassaviyga, undan esa, shia imomi Muso al-Kozimga taqaladi. B. a’zolari shialardek 
hazrati Ali va 12 imomga, ayniqsa, 6-imom Ja’far as-Sodiqqa e’tiqod qiladilar. Hoji 
Bektosh Kichik Osiyoda tez shuhrat qozongan. Bu tariqat ko‘proq qishloq aholisi orasida 
qo‘llab-quvvatlangan. Vaqti kelib B. keng tarmoq yoygan tashkilotga aylangan, o‘zining 
belgisi va maxsus kiyimiga ega bo‘lgan. B. tariqatining qat’iy uyushgan jamoaga 
aylanishida "Ulug‘ pir" Balim Sultonning (1516 y. v.e.) ta’siri katta. Ilmiy adabiyotda uni 
"Ikkinchi pir" ("Piri soniy") deb atashadi. Balim Sulton o‘zini Hoji Bektosh Rumiyning 
avlodi, deb e’lon qilgan va tariqat tuzilishiga aloqador bir qator islohotlarni amalga 
oshirgan. B. ayni Balim Sulton zamonida keng tarqalib, yanicharlar (Turkiyadagi 
imtiyozli piyoda askarlar) orasida yoyilgan, ular orqali davlat ishlariga o‘z ta’sirini 
kuchaytirgan. 1826 y.da Sulton Mahmud 11 yanicharlar korpusini tugatgach, B. faoliyati 
taqiqlandi. Uning yirik rahnamolari qatl etildi. B. tarafdorlari esa, Bolqonga va 
Albaniyaga tarqalib ketdi. Lekin hozir ham B. tarafdorlarini Turkiya va Iroqda uchratish 
mumkin. B. turk xalqi diniy dunyoqarashining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, uning 
madaniyati, musiqasi va ayniqsa adabiyotining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shgan.
BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973-1048) - o‘rta asrning buyuk 
qomusiy olimi, mutafakkiri. Xorazmning qad. poytaxti Kot (Kat) sh.da tugaldi. 
Yoshligidanoq ilm-fanga qiziqdi. B. o‘z ona tilidan tashqari arab, so‘gd, fors, suryoniy, 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin