IYUN. TО‘RTINCHI HAFTA
ERTAK QAHRAMONLARI MEHMONDA
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: A.Navoiyning “Non isi” rivoyati
Maqsad: bolalar A.Navoiyning “Non isi” rivoyatini biladilar, aktyorlik mahoratlarini
oshiradilar.
Kerakli jihozlar: nonlar, savat, shox uchun taxt, kostyumlar, sallalar, stol va kо‘rpachalar,
dasturxon, gullar.
Faoliyatning borishi:
1.A.Navoiyning “Non isi” hikoyasini eslash.
2.Rollarni taqsimlash.
3. Obrazga kirish
4.Rivoyatni sahnalashtirish.
5. Rivoyat mazmunidan kelib chiqadigan xulosa muhokamasi.
Qо‘shimcha: rivoyatning tarbiyaviy jihatlarini bolalar bilan muhokama qilish
Alohida e’tibor qaratiladi: rolni ijro etayotganda ovoz tempi va ijro mahorati.
Til va nutq
Mavzu: Non nimadan tayyorlanadi? Suhbat
Maqsad: bolalar bug‘doydan un hosil bо‘lish jarayoni ketma-ketligi va non tayyorlash
jarayoniniaytib beradilar.
Kerakli jihozlar: don solingan likopchalar(arpa, bug‘doy, suli),un solingan likopcha, non turlari
namunalari, kartochkalar, undirilgan suli doni, AKT.
Faoliyatning borishi:
1. “Non qanday paydo bо‘lgan” slayd-taqdimotini kо‘rish.
2. Namoyish asosida suhbat.
3. Donlarni kо‘rib chiqish va nomlarini eslab qolish.
4.“Non nimadan tayyorlanadi?” ta’limiy о‘yini.
5. Xulosa, rag‘batlantirish
Qо‘shimcha: bolalar non mahsulotlari turlarini sanab о‘tishadi.
Alohida e’tibor qaratiladi: arpa, bug‘doy, sulini bir-biridan farqlash.
Dostları ilə paylaş: