IYUL. IKKINCHI HAFTA
BIZ YOSH SPORTCHILARMIZ
Til va nutq
Mavzu: K.Chuykovskiyning “Moydodir” ertagini rasm orqali ijodiy hikoya qilish
.
Maqsad: bolalar “Moydodir” ertagini mustaqil sо‘zlab bera oladilar, nutqi rivojlanadi, tozalik va
ozodalik haqida suxbatlasha oladilar. О‘z fikrlari bilan о‘rtoqlashadilar.
Kerakli jihozlar: “Moydodir” ertagiga mos rasmlar, ertak kitobi, ertak uchun atributlar, AKT.
Faoliyatning borishi:
1. “Moydodir” ertak kitobini tomosha qilish.
2. “Moydodir” ertagini hikoya qilish.
3. “Nima ortiqcha, nega?”, “Xatosini top” о‘yinlari.
Qо‘shimcha: Bolalarga nima ortiqcha
ekanligini tushuntirish, “Moydodir” multfilmini AKT
orqali tomosha qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: nutqni ravonligi.
Fan va tabiat
Mavzu: Yosh quruvchilar uchun sharbatlar tayyorlash
Maqsad: bolalar
mevalarning vitaminga boyligi, mevalar sharbati sog‘liq uchun foydaliginini
amaliy ish va suhbat orqali tasdiqlaydilar.
Kerakli jihozlar: suratli albomlar, mevalar, taxtakach, pichoq,
likopchalar, sharbat chiqarish
apparati
Faoliyatning olib borishi:
1. Mevalar tasirlangan albomni kuzatish.
2. Mevalar va ularning vitaminga boy ekanligi haqida suhbat.
3.
Mevalarni yuvib, taxtakach,pichoq va likopchalarni hozirlash.
4. Mevalarni kesish.Ularning urug‘larini ajratish.
5. Mevalarning rangi, shakli, urug‘ini kuzatish, ta’mini ta’tib izohlash.
6. Mevalardan sharbat tayyorlash.
7. Qurish-yasash va matematika markazidagi “quruvchilar”ni
sharbat bilan mehmon
qilish.
Dostları ilə paylaş: