Uveopatiyalar
Ko‘z tomirli pardasining distrofik kasalliklari uveopatiyalar deyiladi.
1.
Fuks sindromi – shox pardada pretsipitatlar, katarakti,
shishasimon tananing donachali destruksiyasi. Keyinchalik ko‘z ichki suyuqligi chiqishi buzilishi
natijasida ikkilamchi glaukoma rivojlanadi.
2.
Rangdor parda distrofiyasi – noto‘g‘ri shakldagi qorachiq,
rangdor parda pigmentli qavatining qorachiqqa ag‘darilishi, rangdor parda atrofiyasi, sinexiyalar paydo
bo‘lishi, goniosinexiyalar va ikkilamchi glaukoma rivojlanishi.
3.
Glaukoma – siklitik krizlar – ko‘z ichki bosimining tez
ko‘tarilishi, pretsipitatlar, shox parda salqishi.
Bunday bemorlarni davolash trofikani yaxshilash, modda almashinuvini yaxshilashga
qaratilgan. Katarakta va glaukoma –jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.
Dostları ilə paylaş: