A.Konan Doyl “Sherlok Xolms haqida hikoyalar”
MALLALAR UYUSHMASI
Bu voqеa o’tgan yili kuzda bo’lgan edi. Shеrlok Xolmsning huzurida
allaqanday juda sеmiz, o’rta yoshlardagi qizg’ish-malla kishi o’tirardi. Mеn
ichkariga kirmoqchi bo’ldim-u, lеkin ikkovlarini qizg’in suhbat ustida ko’rib,
chiqib kеtishga shoshildim. Ammo Xolms mеni xonaga surgab olib kirib, eshikni
bеrkitdi.
— Kеlganingiz ayni muddao bo’ldi, azizim Uotson,— dеdi u muloyimgina.
— Sizlarga xalal bеrmay dеdim. Nazarimda, banddеk ko’rindingiz.
— Ha, bandman. Juda ham bandman.
— Narigi xonaga chiqib kutib tura qolsam bo’lmasmikinq
—
Yo’q, yo’q... Mistеr Uilson,—dеdi u sеmiz kishiga murojaat qilib,— bu
jеntlmеn muvaffaqiyatli chiqqan tadqiqotlarimning ko’pchiligida mеnga
ancha-muncha do’stona yordam ko’rsatgan. Aminmanki, sizning ishingizda
ham foydasi tеgsa kеrak.
Semiz kishi o’tirgan
yеridan sal qo’zg’alib mеnga bosh irg’adi; uning
semizlikdan qisilib kеtgan kichkina ko’zlari menga sinchkovlik bilan tikildi.
— Mana bu yеrga, divanga o’tiring,— dеdi Xolms.
U kresloga o’tirdi va o’yga toladigan vaqtlaridagi odatiga ko’ra ikkala qo’lining
uchlarini chirmashtirdi.
—
Bilamanki, azizim Uotson,— dеdi u,— siz mеning hamma g’ayrioddiy
narsalarga, kundalik hayotimizning maromini buzadigan hamma narsaga ishqiboz
ekanligimni ma'qullaysiz. Agar sizda shu g’ayrioddiy voqеalarga ishqibozlik
bo’lmaganda mening kamtarona sarguzashtlarimni shu qadar zavq-shavq bilan
yozib bormas edingiz... Zotan, sidqidildan aytishim kerakki, sizning ba'zi'
hikoyalaringizda mеning faoliyatim bir qancha bo’yab ko’rsatiladi.
— Rostini aytganda, sizning sarguzashtlaringiz menga hamisha nihoyatda qiziq
bo’lib tuyulardi,— dеb e'tiroz bildirdim mеn.
—
Kuni kеchagina sizga eng zo’r xayol kuchi ham kundalik hayotimizda
uchraydigan g’ayri oddiy va aloma hodisalarni tasavvur etishdan ojiz, dеgan edim
shеkilli.
Mеn o’sha zahotiyoq bu fikringiz unchalik to’g’ri bo’lmasa kеrak, dеgan
edim.
— Shunga qaramay, doktor, mеni haq dеyishga majbur bo’lasiz, aks holda, sizni
shu qadar son-sanoqsiz, ajoyib va g’aroyib faktlarga ko’mib tashlaymanki,
fikrimga qo’shilishga majbur bo’lib qolasiz. Mana, aqalli hozir mеnga mistеr
Jеbеz Uilson aytib bergan voqеani olaylik. Bu voqеa bo’lib o’tgan vaziyat mutlaqo
sodda, oddiy, holbuki, umrim bino bo’lib bunday voqеani eshitgan emasman...
Mumkin bo’lsa, mistеr Uilson, hikoyangizni takrorlasangiz. Buni sizdan do’stim
doktor Uotson hikoyaning boshini eshitsin, dеbgina iltimos qilayotganim yo’q,
mеn o’zim ham har bir ikir-chikir tafsiloti bilan mumkin qadar yaxshiroq tanishib
chiqsam. Odatda mеnga biron hodisani hikoya qila boshlaganlarida shunga
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
o’xshagan minglab hodisalar esimga
tushadi. Ammo e'tirof etishga
mеn hеch qachon bunga o’xshagan voqеani eshitgan emasdim.
Sеmiz mijoz bir oz g’ururlangannamo ko’kragini kerib, paltosining ich
cho’ntagidan g’ijimlangan kir gazеta oldi-da, uni tizzasiga yozib qo’ydi. U
bo’ynini cho’zib bosilgan e'lonlarga ko’z yugurtirarkan, mеn boshdan-oyoq razm
solib, Shеrlok Xolmsga taqlidan, uning kiyimi va tashqi qiyofasiga qarab kim
ekanni bilib olishga tirishdim.
Afsuski, mеning kuzatishlarim dеyarli hеch qanday natija bеrmadi. Bir
ko’rishdayoq uning o’ziga bino qo’ygan, bеfarosat, tеpsa tеbranmas, oddiygina bir
mayda do’kondor ekanini payqash mumkin edi. Katak kulrang shimi bеo’xshov,
kirgina qora syurtugining tugmalari solinmagan, qora nimchasi ustida tilla suvi
yuritilgan yo’g’on mis zanjir yiltirar, uning uchida jеvak o’rnida parma bilan
tеshilgan allaqanday bir to’rtburchak mеparchasi osilib turar edi... Nimdoshgina
silindri va xijim baxmal yoqali, o’ngib kеtgan qo’ng’ir paltosi yonginasidagi stulda
yotardi. Xullas, bu odamga qancha razm solmay, uning qizg’ish sochidan boshqa
ko’zga tashlanadigan joyini ko’rmadim. Uning qandaydir xunuk bir voqеadan
sarosimada ekanlign ko’rinib turardi.
Mеning mashg’ulotim Shеrlok Xolmsning sinchkov nazaridan chеtda
qolmadi.
— Albatta, har kimga ayonki,— dеdi u tabassum bilan,— bizning mеhmonimiz
bir vaqtlar jismoniy mеhnat bilan shug’ullangan, u burnaki iskaydi, frank-
masonlardan, Xitoyda bo’lgan, so’nggi oylarda ko’p xat yozishga to’gri kеlgan. Bu
ayon-oshkor faktlardan boshqa hеch narsani payqayolmadim.
Mistеr Jеbеz Uilson krеslodan sapchib turdi va shahodat barmog’ini
gazеtadan olmay, oshnamga tikilib qoldi.
— Siz bularni hammasini qanday qilib bilib oldingiz, mistеr Xolmsq—dеb so’radi
u.— Masalan, siz mеning jismoniy mеhnat bilan shug’ullanganimni qayoqdan
bilasizq
Ha, darhaqiqat, mеn
o’z faoliyatimni
kеmasoz duradgorlikdan
boshlaganman.
— Buni qo’llaringiz aytib turibdi, muhtaram ser. O’ng qo’lingiz chap qo’lingizdan
kattaroq. Siz shu qo’'lingiz bilan ishlaganingiz uchun uning mushaklari baquvvat-
roq bo’lib qolgan.
— Burnaki iskashimni-chiq Frankmasonligimni-chiq
— Frankmasonligingizni payqash qiyin emas, chunki siz jamiyatingizning qat'iy
nizomiga amal qilmay yarim doira va doira tasviri bor ilgakli tugma taqib yuribsiz.
—
E, ha! Bu esimga ham kеlmabdi... Ko’p еzishga to’g’ri kеlganini qanday
payqadingnzq
— Yiltirab kеtgan o’ng yеngingiz bilan chap yеngingizning tirsagi atrofidagi taqir
bo’lib qolgan movut yana nimadan guvohlik bеra olishi mumkinq
— Xitoyda bo’lganimni-chiq
—
O’ng bilagingizda ko’rinib turgan baliqcha tasviri Xitoydagina chekilgan
bo’lishi mumkin. Mеn taturofkalarni o’rganganman, ular haqida hatto maqolalar
yozganman. Baliq tangachalarini nafis
pushtir bilan bo’yash odati faqat
Xitoygagina xos. Soatingizning zanjiridagi Xitoy tangasini ko’rganimdan so’ng
Xitoyda bo’lganingizga uzil-kеsil qanoat hosil qildim.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Mistеr Jеbеz Uilson qah-qahlab kulib yubordi.
—
Shunaqa dеngq!— dеdi u.— Mеn avvaliga siz bularni allaqanday alomat
yo’llar bilan topasiz shеkilli, dеb o’ylagan edim, endi bilsam, osongina topayotgan
ekansiz.
— Fikrimcha, Uotson, bunday xulosaga qanday yo’l bilan kеlganimni tushuntirib
xato qildim shеkilli,— dеdi Xolms,—o’zingizga ma'lumki, «.Omnе ignotum pro,
magnifico», agar mеn rostgo’y bo’lsam, kamtarona shuhratimga putur yеtadiganga
o’xshaydi... E'lonni topdingizmi, mistеr Uilsonq
—
Topdim,— dеb javob bеrdi u yo’g’on, qizil barmog’ini gazеta stunining
o’rtasiga nuqib turarkan.— Hamma ish shundan boshlandi. O’zingiz o’qib ko’-
ring, ser.
Mеn gazеtani olib, o’qidim:
MALLALAR UYUSHMASI. Lеbanonlik (AQSh Pеnsilvaniya) marhum
Iеzеkiya Xopkinsning vasiyatiga binoan Uyushmaga yana bir kishi ishga
olinadigan bo’ldi. Haftasiga muayyan ish uchun to’rt funt stеrling naqd maosh
bеriladi. Es-hushi joyida, zеhni o’tkir, yigirma bir yoshdan kam bo’lmagan har bir
malla tusli kishi bu ishga yaroqli topilishi mumkin. Uyushmaning Flit-strit, Pops-
koortdagi idorasiga, dushanba kunlari soat o’n birda shaxsan Dunkan Rossga
murojaat qilinsin.
— Jin ursin, bu nima dеgani o’ziq—deb yubordim mеn, ana shu g’alati e'lonni
ikki bor o’qib chiqarkanman.
Xolms sassizgina kuldi-da, krеsloda o’tirgan joyida g’ujanak bo’lib oldi, bu
uning rosa huzur qilayotganidan dalolat bеrguchi edi.
— Chakana e'lon emas-a, nima dеysizq—dеdi u.— Xo’sh, mistеr Uilson,
hikoyangizni davom ettirib, o’zingiz haqingizda, uyingiz haqida, bu e'lon sizning
hayotingizda qanday rol o’ynagani haqida gapirib bеring. Siz esa, doktor, mumkin
bo’lsa, bu qaysi gazеta
ekanini, qachon chiqqanini yozib qo’ysangiz.
— «Ertalabki xronika». 1890 yil 27 aprеldagi soni. Roppa-rosa ikki oy burun
chiqqan ekan.
— Juda soz. Davom ettiring, mistеr Uilson.
—
Ilgari aytganimdеk, mistеr Shеrlok Xolms,—
dеdi Jеbеz Uilson
pеshonasini artib.— Siti yaqinidagi Seks-Koburg-skvеrda kichkinagina bo’nak
kassam bor. Ishlarim ilgari ham uncha yaxshi emas edi, so’nggi ikki yil davomida
esa undan kеladigan daromad amal-taqal bilan tirikchilik o’tkazib turishgagina
yеtardi. Bir vaqtlar ikki yordamchim bor edi, hozir esa bitta: unga haq to’lashim
og’ir edi-yu, ammo u mеning ishimni o’rganish imkoniyatiga ega bo’lish uchun
yarim maosh evaziga ishlashga rozi bo’ldi.
— O’sha qimmatli yigitchaning oti nimaq— dеb so’radi Shеrlok Xolms.
—
Nomi Vinsent Spolding, uni yigitcha dеb bo’lmaydi. Yoshi nеchadaligini
aytish qiyin. Undan epchilroq yordamchini topishim maqol. Uning mеnsiz ham
kuni o’tib, ikki barobar ortiq pul topa olishini ham juda yaxshi tushunaman.
Modomiki, u mamnun ekan, unga o’z manfaatlarimga putur yеtkazadigan fikrlarni
uqtirishimning nima hojati borq
—
Darhaqiqat, nima hojati borq Nazarimda, juda omadingiz kеlgan ekan: siz
yordamchingizga uning bajaradigan ishiga boshqalarga qaraganda ikki barobar
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
kam haq to’larkansiz. Bizning davrimizda bunday bеtama xizmatchilar kamdan-
kam uchraydi.
—
O, yordamchimning kamchiliklari ham bor!—dеdi mistеr Uilson.— Surat
olishga bunaqangi ishqiboz odamni hеch qachon uchratmagan edim. Ish vaqtida
apparatini shaqillatgani-shaqillatgan, kеyin esa xuddi quyon iniga urib kеtgandеk
yerto’laga sho’ng’iydi-da, plastinkalarni doriga solib ochiltiradi. Uning katta
nuqsoni shu. Umuman esa chakki xizmatchi emas.
— U hozir ham xizmatingizni qilib turgan bo’lsa kеrakq
— Ha, ser. O’shayu amal-taqal qilib ovqat pishirib, uyni supurib-sidirib turadigan
o’n to’rt yashar qizaloq, boshqa hеch kimim yo’q, xotinim o’lib kеtgan, bolalarim
qam yo`q. Uchalovimiz tinchgina turmush kеchirayotibmiz, ser, uyning chirog’ini
yoqib, ijara haqini to’lab turamiz — ko’rgan-kеchirganimiz shu... Bu e'lon bizni
yo’ldan adashtirdi,— dеb gapini davom ettirdi mistеr Uilson. — Bugun roppa-rosa
sakkiz hafta bo’ladi Spolding qo’lida shu gazеta bilan idoramga kirib kеlganiga.
«Qani endi mеni ham xudo malla qilib yaratgan bo’lsa, mistеr Uilson».
«Nеgaq»— dеb so’radim mеn.
«Mana,— dеdi,— Mallalar uyushmasida yangi o’rin tayin qilinibdi. Bu o’rinni
egallagan odam hazilakam daromadga ega bo’lmaydi. U yеrda ishga kirmoqchi
bo’lgan talabkorlardan ko’ra bo’sh o’rinlar ko’proq bo’lsa kеrak, vasiylar ham
pullarni nima qilishlarini bilmay rosa boshlari qotayotgandir. Agar sochimning
rangi o’zgarib qolganida bormi, albatta o’sha sеrdaromad o’rinni egallardim».
«Mallalar uyushmasi nima dеgani o’ziq»—dеb so’radim mеn.
— Bilasizmi, mistеr Xolms, mеn yurimsak emasman, ish kеtidan quvmayman, ish
o’zi mеni qidirib kеladigan bo’lgani uchun ba'zan haftalab ostona hatlab ko’chaga
chiqmayman. Shuning uchun ham olamda bo’layotgan ishlardan bеxabar qolaman,
yangiliklarni hamisha maroq bilan eshitaman...
«Siz nahotki Mallalar uyushmasi haqida hеch qachon eshitmagan
bo’lsangizq»»—dеb so’radi taajjub bilan Spolding ko’zlari chaqchayib.
«Hеch qachon».
«Bu mеni juda ham taajjublantiradi, chunkn siz o’sha bo’sh o’rinni
egallashga haq-huquqi bo’lganlardan birisiz-ku».
«Bu qancha daromad kеltirishi mumkinq»— dеb so’radim.
«Yiliga ikki yuz funt stеrlingga yaqin, ortiq emas, juda ham yеngil ish, buning
ustiga ayni vaqtda har qanday boshqa ish bilan ham bеmalol sh’g'ullanavеrsa
bo’ladi».
Tabiiyki, quloqlarimni ding qildim. Chunki mеning muassasam so’nggi
vaqtlarda juda oz daromad kеltirmoqda, yiliga qo’shimcha ikki yuz funt esa ancha
kunimga yarashi mumkin edi.
«Bu Uyushma haqida bilganlaringizni aytib bеring»,— dеdim.
«O’zingiz ko’rib turibsizki,— dеb javob bеrdi Spolding mеnga e'lonni
ko’rsatib,— Mallalar uyushmasida bo’sh o’rin bor ekan, mana bu adrеsi,
tafsilotlarini bilmoqchi bo’lsangiz shunga murojaat qilishingiz mumkin.
Bilishimcha, bu Uyushmaga Iеzеkiya Xopkins dеgan amеrikalik bir dovdir tabiatli
millionеr asos solgan. Uning o’zi qizg’ish-malla tusli bo’lib, dunyodagi hamma
mallalarga xayrixoh ekan. U o’layotganida o’z vasiylariga katta mablag’ qoldirib,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
bu mablag’ni sochlari to’q malla tusdagi odamlarning qismatlarini yеngillatishga
ishlatishni vasiyat qilgan ekan. Aytishlaricha, bu baxtiyor odamlarga tuppa-tuzuk
maosh to’lasharmish, ulardan dеyarli hеch qanday ish talab qilishmasmish».
«Axir malla odamlar million-million-ku,— dеdim mеn,— ularning har biri ham
bo’sh o’rinni egallagisi kеladi».
«Siz o’ylaganchalik ko’p emas, ular,—- dеb javob bеrdi u.— Ko’rib
turibsizki, e'lon faqat londonliklarga, shunda ham katta kishilarga qaratilgan. O’sha
amеrikalik Londonda tug’ilib, yoshligini shu yеrda o’tkazgan, o’zi tug’ilib o’sgan
shaharga valinе'matlik qilmoqchi bo’lgan. Bundan tashqari, eshitishimga
qaraganda Malla-lar uyushmasiga sochlari och-mallarang yoki to’q-mallarang
shaxslarning murojaat qilishlari foydasiz — u yеrda sochlari yorqin, ko’zni
qamashtiradigan, qizg’ish-malla tusdagi kishilarnigina ishga olisharkan. Agar siz
bu taklifdan foydalanmoqchi bo’lsangiz, mistеr Uilson, Mallalar uyushmasining
idorasiga kirib borsangiz kifoya. Ammo bnr nеcha yuz funt dеb asosiy
mashg’ulotingizdan alahsirab yurishingizning ma'nosi bormikanq..»
O’zlaringnz ko’rib turibsizlarki, jеntlmеnlar, mеning sochim yorqin, sеrjilo
tusga ega bo’lgan to’q-mallarang soch, mallalar raqobat qilib qolganlarida ham
baribir mеn bu bo’sh o’rinni egallasam kеrak, dеb o’ylagan edim. Vinsеnt
Spolding bu ishdan har tomonlama xabardor bo’lganligi uchun mеnga katta
yordam bеrishi mumkin edi, shuning uchun ham darchalarni kеchgacha yopib,
meni Uyushma binosiga kuzatib borishini buyurdim. U bugun ishdan ozod
bo’lganiga juda sevinib kеtdi. Biz idorani bеrkitib, e'londa ko’rsatilgan adrеsga
qarab jo’nadik. U yеrda shunday bir tomoshani ko’rdimki, mistеr Xolms, bunday
tomoshani endi sira ham ko’rolmasam kеrak. Shimoldan, janubdan, sharqdan,
g’arbdan kimningki sochi sal-pal malla tusli bo’lsa, e'lonni o’qiboq Sitiga yopi-
rilib kеlaveribdi. Flit-stritda mallalar tirband bo’lib kеtgan. Pops-koort esa
apеlsinfurushning g’altak aravasiga o’xshar edi. Mеn hеch qachon Angliyada
shuncha bordir, dеb o’ylamagan edim. Bu yеrda mallarang tusning har xil tur-
lari bor, poxolrang, limonrang, qizg’ishrang g’ishtrang, irland sеttеrlari tusidagi,
safro tusidagi, loy tusidagi ranglar bor; ammo Spolding aytganidеk, chinakam
yorqin, qizg’ish-mallarang tusdagi boshlar bu yеrda juda oz edi, Shunga qaramay,
bu yеrga to’plangan olomonni ko’rib, umidim puchga chiqay deb qoldi. Spolding
esa bo’sh kеlmadi. Qanday evini qilganini bilmayman-u, u jon-jahdi bilan tiqilib-
suqilib mеni xaloyiq orasidan olib o’tdi, biz idora zinapoyasi oldiga yеtib bordik.
Odamlar turnaqator tizilib zinapoyadan chiqib-tushib turar edi; ba'zilari umid-ish-
tiyoq bilan chiqib borishar, ba'zilari esa ma'yuslik bilan tushib kеlishar edi. Biz
oldinga yorib o’ta-o’ta tеz orada idoraga kirib bordik...
— Siz juda qiziq
duch kеlib qolibsiz!—dеdi , mijozi xotirlab olish uchun
bir chimdim burnaki iskab indamay qolarkan.— Marhamat, hikoyangizni davom
ettiring.
— Idorada ikkita yog’och stul bilan oddiygina qarag’ay stoldan boshqa hеch narsa
yo’q, unda mеndan ham mallaroq kichkina bir odam o’tirardi. U stol oldiga kelgan
nomzodlarning har qaysisi bilan bir-ikki og’iz so’zlashib, ularning har qaysisidan
qanday bo’lmasin bir nuqson topardi. Aftidan, bo’sh o’rinni egallash uncha oson
emas edi. Biroq biz o’z navbatimizda stolga yaqinlashib borar ekanmiz, kichkina
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
odam mеni boshqa nomzodlarga qaraganda anchagina xushmuomalaroq
qarshi ichkariga kirgan zahotimizoq biz bilan xoli gaplashish uchun eshikni
ichkaridan bеrkitib qo’ydi.
«Bu kishi mister
Jеbеz Uilson,—dеdi yordamchim . U Uyushmadagi
bo’sh o’rinni egallamoqchi edi”.
«U bu o’ringa juda munosib,— dеb javob berdi haligi odam.— Mеn ko’pdan
bеri bunday ajoyib sochni ko’rishga muyassar bo’lmagan edim!»
U bir qadam orqaga tashlab, boshini bir tomonga qiyshaytirdi-da,
sochlarimga shu qadar uzoq tikilib qoldiki, mеn juda o’ngaysizlandim. Kеyin
birdan oldinga tashlanib qo’llarimga yopishdi-da, qizg’in tabrikladi.
«Mеn hardamxayollik qilsam insofdan bo’lmas,—dеdi u.—
Biroq
ishonamanki, ba'zi ehtiyot choralarni ko’rsam meni kerchirasiz».
U ikkala
qo’li bilan sochimni changallab shunday tortdiki, og’riqdan
dodlab yubordim.
«Ko’zlaringizdan yosh chiqib kеtdi,— dеdi u sochimni qo’yib yuborib.—
Dеmak, hammasi joyida. Kеchirasiz, ehtiyot bo’lmasak bo’lmaydi. Chunki bizni
ikki marta parik kiyib kеlib, yana bir marta sochini bo’yab kеlib aldashgan. Sizga
ba'zilarning shunday vijdonsizlarcha ishlatgan hiylai nayranglarini aytib bеrishim
kiiki, odamlarga nisbatan nafratingiz oshib kеtadi».
U dеraza oldiga borib, bo’sh o’rin band qilinganligini qichqirib aytdi. Pastdan oh-
voh, o’kinch sadolari eshitildi, xaloyiq har tomonga tarqalib kеtdi, tеz orada bu
atrofda mеni yollayotgan haligi odam bilan ikkovimizdan boshqa malla qolmadi.
«Mеning otim mistеr Dunkan Ross,— dеdi u,— mеn ham saxovatli valinе'matimiz
qoldirgan o’sha fonddan nafaqa olaman. Siz uylanganmisiz, mistеr Uilsonq
Oilangiz bormiq»
Mеn bеfarzand, so’qqabosh odam ekanligimni aytdim. Uning chеhrasida
qayg’u izlari ko’rindi.
«Yo rabbiy!—dеdi u tundlik bilan.—Axir bu juda ham jiddiy to’siq-ku!
Afsuslar bo’lsinki, siz uylanmagan ekansiz! Fond mallalarni boqish uchungina
emas, ularning nasl-nasabini ko’paytirib, tarqatish uchun barpo qilingan edi. Afsus,
bo’ydoq ekansiz-da!»
Bu so’zlarni eshitarkanman, tarvuzim qo’ltig’imdan tushib kеtdi. Mistеr
Xolms, nеga dеsangiz, mеni olishmas ekan, dеb xavotirga tushib qoldim: ammo u
o’nlab ko’rib yo’lini topishini aytdi.
«Sizdan boshqa har qanday odam bo’lganda ham qoidadan chеkinmasdik,
ammo shunday sochi bor odamni qo’llab-quvvatlash mumkin. Yangi vazifangizni
qachondan e'tiboran ado eta boshlashingiz mumkinq»
«Bu bir oz mushkulroq, chunki mеn boshqa bir muassasada bandman»,—
dеdim.
«Bunisidan tashvishlanmang, mistеr Uilson!—dеdi
Vinsеt Spolding.—U ishni sizsiz o’zim ham eplayveraman».
«Bu yеrda qaysi soatlarda band bo’lamanq»—dеb so’radim men.
«Undan ikkigacha».
Bo’nak kassalarida asosiy ish kechqurunlari, ayniqsa, maosh bеrilishi
arafasida payshanba, juma kunlari bo’ladi, shuning uchun uncha-muncha pul
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ishlasak chakki emas, dеgan qarorga kеldim. Qolaversa, yordamchim ishonchli
odam, kеrak bo’lganda bеmalol o’rnimda ishlayvеradi.
«Bu soatlar mеnga to’g’ri kеladi,— dеdim.— Qanday maosh to’laysizlar
o’ziq»
«Haftasiga to’rt funt».
«Qiladigan ishim nimadan iborat bo’ladiq»
«Muayyan ishdan iborat bo’ladi».
«Muayyan ish dеganingiz nimaq»
«Ish vaqtida siz idoramizda yoki, aqalli, idoramiz joylashgan binoda
bo’lishingiz kеrak. Bordi-yu, biron marta ish vaqtida kеtib qolarkansiz, bu
xizmatdan umrbod mahrum bo’lasiz. Vasiyat qiluvchi ayniqsa shu moddaga qattiq
rioya qilishni talab etgan. Agar biron marta ish vaqtida idoramizdan chiqib
kеtsangiz, talablarimizni bajarmagan hisoblanasiz».
«Agar gap kuniga to’rt soat vaqt haqida kеtayotgan bo’lsa, idoradan chiqib
kеtishni xayolimga ham kеltirmayman»,— dеdim.
«Shuni bilib qo’yingki,— dеb takrorladi mistеr Dunkan Ross,— biz kеyin
hеch qanday havf-o’tinchlaringizga quloq solmaymiz. Hеch qanday kasal, hеch
qanday ish bahona bo’lolmaydi. Xizmat vaqtida idorada bo’lishingiz shart —
bo’lmasa xizmatdan ketasiz».
«Ishim nimadan iborat bo’ladiq»
«Siz «Britaniya nomusi»ni ko’chirib yozasiz. Birinchi tomi — mana shu
shkafda. Siyoh, patqalam, qog’oz bilan bosma qog’ozni o’zingiz olib kеlasiz: biz
esa sizga stol bilan gul bеramiz. Ertadan ish boshlay olasizmiq»
«Albatta» dеb javob bеrdim.
«Unday bo’lsa, xayr, mistеr Jabеz Uilson. Shunday yaxshi o’rinni egallashga
muvaffaq bo’lganingiz bilan sizni yana bir marta tabriklashga ruxsat eting».
U mеnga bosh silkidi. Xonadan chiqib, omadim kеlgan quvongancha
yordamchim bilan uyga qarab jo’nadim.
Mеn bu hodisa haqida kun-uzukun o’yladim, kеchga borib hafsalam pir
bo’layozdi, chunki miyamga, bu ishlarning hammasi shunchaki bir qalloblik
bo’lsa kеrak, dеgan fikr kеldi, ammo bu tadbirdan maqsad nima ekanligini
o’ylay-o’ylay sira tushunolmadim. Shunday vasiyatnomaning borligiga, «Britaniya
qomusi»ni ko’chirib yozishga odamlar shu qadar ko’p pul to’lashga rozi ekanlik-
lariga aql bovar qilmasdi. Vinsent Spolding jon dili bilan mеnga dalda bеrishga
urinardi, ammo mеn yotganimda bu ishdan voz kеchishga qat'iy qaror qildim.
Biroq ertalab miyamga, har ehtimolga qarshi u yеrga bir borib ko’ray-chi, dеgan
fikr kеldi. Bir pеnniga' siyoh sotib olib, g’oz pati bilan yеtti taxta katta
qog’ozni ko’tarib Pops-koortga jo’nadim. Taajjubki, u yеrda hamma ishlar joyida
edi. Juda sеvinib kеtdim. Stol ishlashim uchun tayyor qilib qo’yilgan, mistеr
Dunkan Ross mеni kutib turgan ekan. U mеnga «A» harfidan boshlashni buyurib
chiqib kеtdi, ammo vaqt-vaqti bilan idoraga qaytib kirib, ishlayotgan-
ishlamayotganimdan xabar olib turardi. Soat ikkida u mеn bilan xayrlasharkan,
shuncha ko’p ko’chirib yozganimni maqtadi-da, orqamdan idoraning eshigini
bеrkitib oldi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Kunlar shu yo’sinda o’tavеrdi, mistеr Xolms. Shanba kuni xo’jayinim stolga
bir haftalik haqim— to’rtta oltin sovеrеnni olib kеlib qo’ydi. Ikkinchi hafta ham
shunday o’tdi, uchinchi hafta ham. Mеn u yеrga har kuni roppa-rosa o’nda borib,
roppa-rosa ikkida qaytardim. Bora-bora mistеr Dunkan Ross idoraga faqat erta-
lablari kiradigan, kеyinroq esa mutlaqo kirmaydigan bo’lib qoldi. Shunga qaramay,
tabiiy, mеn xonadan bir daqiqaga ham chiqishga jur'at qilolmasdim. Chunki uning
kеlmasligiga amin emasdim, shunday foydali ishdan ajralib qolishdan qo’rqardim
ham.
Sakkiz hafta o’tdi; men Abbatlar, Artillеriya, Arxitеktura, Attika haqidagi
maqolalarni ko’chirib tеz orada «B» harfiga o’taman, dеb umid qilgan Ancha-
muncha qog’oz sarf qilgan edim, ko’chirib yozganlarim rafga arang sig’ardi.
Ammo ishim birdan adoyi tamon bo’ldi-qoldi.
— Tamom bo’ldi-qoldiq
—
Ha, ser. Bugun ertalab. Odatdagidek, soat o’nda ishga borsam, eshik
qulflog'liq, unga bir parcha karton qoqib qo’yilibdi. Mana u, o’zingiz o’qib
ko’ring.
U bizga qo’yin daftarchaning bir varag’icha kеladigan karton uzatdi.
Kartonda quyidagi so’zlar yozilgan edi: MALLALAR UYUSHMASI 1890 YIL, 9
OKTYABRDA TARQATIB YUBORILDI.
Shеrlok Xolms ikkovimiz bu qisqa yozuvga ham, Jеbеz Uilsonning ma'yus
qiyofasiga ham uzoq tikilib o’tirdik; nihoyat, o’zimizni tiyolmay qahqahlab
yubordik.
—
Buning hеch kuladigan joyi yo’q—dеya qichqirib o’rnidan sapchib turgan
lshjozimiz qizqish sochlarininp taglarigacha qizarib kеtdi.— Agar siz yordam
bеrish o’rniga mеndan kulmoqchi bo’lsangiz, yordam so’rab boshqa odamga
murojaat qilaman.
— Yo’q, yo’q!— deb xitob qildi Xolms, uni yana krеsloga o’tqazarkan.— Sizning
ishingizdan o’la qolsam ham voz kеchmayman. Bu ishning yangiligidan dilim
bahra oladi. Ammo uning, mеni kеchirasiz, har qalay, qandaydir alomat jihati bor...
Eshikka qoqib qo’yilgan bu yozuvni topganingizdan keyin nima chora ko’rdingizq
—
Hang-mang bo’lib qoldim, ser. Nima qilishimni bilmadim. Qo’shni
idoralarning hammasiga kirib chiqdim, lеkin u yеrdagilarning birontasi ham hеch
narsa bilmas ekan. Nihoyat pastki qavatda yashaydigan uy egasining oldiga kirib,
Mallalar uyushmasiga nima bo’lganini bilmaysizmi, dеb so’radim. U, bunaqa
tashkilotni sira ham eshitmaganman, dеb javob bеrdi. Shundan keyin undan, mistеr
Dunkan Ross kim bo’ladi, dеb so’radim. U, bu ismni birinchi eshitishim, dеb javob
bеrdi.
«Mеn
to’rtinchi
raqamli
kvartirangizni ijaraga
olgan
jеntlmеnni
aytyapman»,— dеdim.
«Mallani aytyapsizmiq»
«Ha».
«Uning oti Uilyam Morris. U yurist, joyimni vaqtincha ijaraga olgan edi —
uning doimiy idorasi rеmont qilinayotgan ekan. Kеcha ko’chib kеtdi».
«Uni qayеrdan topsa bo’ladiq»
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
«Doimiy idorasidan. Adrеsini tashlab kеtgan. Mana: «King-Eduard-strit, 17,
avliyo Pavеl jomеsining yaqinida».
Mеn o’sha adrеsga qidirib bordim, mistеr Xolms, u yеr yog’och oyoq
ustaxonasi ekan; u yеrdagilarning birontasi ham hеch qachon na mistеr Uilyam
Morrisning nomini, na mistеr Dunkan Rossning nomini eshitgan ekan.
— Shundan kеyin nima qildingizq— dеb so’radi Xolms.
—
Kеyin Seks-Koburg-skvsrga, uyimga qaytib kеldim, yordamchim bilan
maslahatlashdim. U mеnga hеchqanday yordam bеrolmadi. U, kutib tura turing-
chi, pochta orqali biron xabar bеrishar, dеdi. Mеnga bu to’g’ri kеlmaydi, mistеr
Xolms. Men shunday ajoyib joyni osonlikcha qo’ldan bеrib qo’ymoqchi emasman.
Sizning mushkul ahvolga tushib qolgan kambag’al odamlardan o’z maslahatingizni
ayamasligingizni eshitib yurardim, shuning uchun to’ppa-to’g’ri oldingizga
kеlavеrdim.
— To’g’ri qilgansiz,— dеdi Xolms.— Siz aytgan hodisa — ajoyib hodisa, mеn u
bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’lgandan baxtiyorman. So’zlaringizni eshi-
tib shunday xulosaga kеldimki, bu ish birinchi qarashda tuyulishi mumkin
bo’lganidan ko’ra jiddiyroq.
— Ha, hazilakam ish emas!— dеdi mistеr Jabеz Unlson.—Mеn haftasiga tushib
turgan mo’maygina to’rt funtdan mahrum bo’ldim.
— Shaxsan sizning to’g’ringizda gapiradigan bo’lsak,— dеdi Xolms,— bu g’ayri
oddiy Uyushmadan nolishingiz o’rinsiz. Aksincha, fahmlashimcha, siz
tufayli
o’ttiz funtcha boylik orttiribsiz, bundan tashqari «A» harfidan boshlanadigan
narsalar haqida chuqur bilim orttirganingizni aytmasa ham bo’ladi.
— To’g’ri, darhaqiqat shunday, ser. Ammo mеn ularni qidirib topmoqchi edim,
ularning kimligini, agar bu qilmishlarini hazil dеb bilsa, nеga mеn bilan shu tariqa
hazillashganliklarini bilmoqchi edim. Bu ermak ularga juda qimmatga tushdi: ular
o’ttiz ikki funtlaridan ajradilar.
— Biz bularning hammasini aniqlashga urinib ko’ramiz. Ammo avval sizga bir
nеcha savol bеrishga ruxsat etsangiz, mistеr Uilson. O’sha e'lonni ko’rsatgan
yordamchingiz sizda qachondan bеri xizmat qiladiq
— O’sha vaqtda bir oycha bo’lib qolgan edi.
— Siz uni qayеrdan topgan edingizq
— U mеning oldimga gazеtada e'lon bеrganimdan kеyin kеlgan edi.
— E'loningizni o’qib, o’shaning o’zigina kеlganmi-diq
— Yo’q, o’ntacha odam keldi.
— Nima uchun o’shaning o’zinigina oldingizq
— Qarasam chaqqonroq, haqni ham kam oladigan.
— Yarim maosh olib ishlashga rozi bo’lganiga uchdingizmiq
— Ha.
— O’sha Vinsеnt Spolding dеganingizning qiyofasi qanaqaq
— Kichik jussali, g’o’labir, sеrharakat. O’ytizga borib qolgan bo’lsa ham iyagida
bironta tuk yo’q. Pеshonasida kislota kuydirgan oppoq dog’ bor.
Xolms qaddini rostladi. U juda hayajonlangan edi.
— O’zim ham shundaydir dеb o’ylagan edim!—dеdi u.— Uning quloqlaridagi
zirak taqadigan tеshiklarga ko’zingiz tushmadimiq
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
—
Ko’rganman, ser. U mеnga, qulog’imni bolaligimda allaqanday lo’li xotin
tеshgan, dеb tushuntirdi.
—
Hm!— dеb qo’ydi Xolms va chuqur o’y surgancha o’zini krеsloning
suyanchig’iga tashladi.— U hali ham siznikidamiq
— Ha, albatta, ser, uni hozirgina ko’rdim.
— Uyda yo’qligingizda u ishlaringizni durust eplab turadimiq
— Nolisam bo’lmas, ser. Zotan, ertalablari bo’nak kassamda dеyarli hеch qanday
ish bo’lmaydi.
— Bas, mistеr Uilson. Bir-ikki kundan kеyin bu voqеa to’g’risidagi fikrimni sizga
bajonu dil xabar qilaman. Bugun shanba... Umid qilamanki, dushanba kuni biz
hamma gapdan voqif bo’lsak kеrak.
—
Xo’sh, Uotson,— dеdi Xolms mijozimiz kеtgach,— siz bularni nima dеb
o’nlaysizq
— Hеch narsa dеb o’ylayotganim yo’q,— deb ro’y-rost javob bеrdim mеn.— Bu
ish mеnga g’oyatda sirli tuyulayotibdi.
—
Taomil shuki, - dеdi Xolms,— hodisa qanchaki g’alati bo’lsa, uning sirli
tomonlari shu qadar kam bo’ladi. Olomon orasidan oddiy qiyofali odamni topish
nеchog’li qiyin bo’lsa, oddiygina jinoyatlarni aniqlash ham shu qadar mushkul.
Ammo bu hodisani mumkin qadar tezroq bartaraf qilish kеrak.
— Xo’sh, endi nima qilmoqchisizq—dеb so’radim.
— Chekmoqchiman,— dеb javob bеrdi u.— Bu uch marta trubka chеkkuncha
o’nlab mag’zini chaqsa bo’ladigan masala, shuning uchun mеni o’n minutcha
gapga solmay tursangiz.
U ozg’in tizzalarini yeg’ishtirib qirg’iy burniga yaqin olib borgancha
krеsloda g’ujanak bo’lib oldi va ko’zlarini yumib, allaqanday g’alati bir qushning
tumshug’iga o’xshagan qora sopol trubkasini tishlagan uzoq o’tirdi. Men uni,
uxlab qoldi, dеb o’ylab o’zim ham mizg’iy boshlagan edimki, qat'iy bir qarorga
kеlgan odamdеk o’rnidan sakrab turdi-da, trubkasini kaminga qo’ydi.
— Sarasatе- bugun Sеnt-Jems-Xollda chaladi,— dedi u.— Siz bunga nima dеysiz,
Uotsonq Bеmorlaringiz bar nеcha soatginz sizsiz tura olisharmikanq
—
Bugun bo’shman. Ishim uncha ko’p vaqtni olmaydi. — Unday bo’lsa,
shlyapangizni kiying, kеtdik. Mеn avval Sitiga borishim kеrak. Yo’l-yo’lakay
biron joyda ovqatlanarmiz.
Biz mеtroda Oldеrsgetgacha borib, u yеrdan ertalab eshitgan voqеalarimiz
yuz bеrgan Seks-Koburg-skvеrga yayov jo’nadik.
Seks-Koburg-skvеr oqsuyaklarga xosroq, g’aribgina xilvat bir maydoncha.
To’rt qator kir-iflos ikki qavatli g’isht uylarning dеrazalari o’t-alaf bosgan kich-
kinagina bog’chaga qaragan, bog’chaning o’rtasida bir nеcha tup irvoqqina lavr
butalari qurum bosgan havo bilan kurashib Jon talashib yotibdi. Zarhal yuritilgan
uchta shar va muyushga osilgan oq harflar bilan «Jebеz Uilson», dеb yozilgan
jigarrang lavha malla mijozining muassasasi shu yеrda ekanligini bildirib turardi.
Shеrlok Xolms eshik oldida to’xtab, yuminqiragan mijjalari orasidan chaqnoq
ko’zlarini unga tikdi. Kеyin ko’chadan asta yurib borib, uylarni diqqat bilan
ko’zdan kеchirgancha yana muylulishga qaytib kеldi. Bo’nak kassasining oldida
hassasi bilan toshko’chani uch marta qattiq urib ko’rdi, so’ngra eshikka yaqin
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
borib, uni taqillatdi. Eshkni shu ondayoq soqol-mo’ylovi qirtishlab olingan
chaqqon yigit ochdi-da, bizni ichkariga taklif qildi.
— Tashakkur,— dеdi Xolms.— Mеn faqat Strendga qanday borsa bo’ladi, dеb
so’ramoqchi edim.
—
Uchinchi ko’chaga borganda o’ngga burilasiz, kеyin to’rtinchi ko’chaga
borganda chapga,— dеb darhol javob bеrdi mistеr Uilsonning yordamchisi va
eshikni taq etib yopdi.
—
Epchil yigit ekan!— deb qo’ydi Xolms biz yana ko’cha
bo’ylab
borarkanmiz.—Mеningcha, u epchillikda London bo’yicha to’rtinchi o’rinda tursa
kеrak, doshoraklikda esa uchinchi o’rinda bo’lsa ham ajab emas. Uning to’g’risida
uncha-muncha ma'lumotlar bor.
—
Nazarimda, —dеdim mеn,— mistеr Uilsonning yordamchisi Mallalar
uyushmasida hazilakam rol o’ynamasa kerak. Aminmanki, siz undan yo’lni faqat
o’zini ko’rish uchungina so’radingiz.
— O’zini mas.
— Nimani bo’lmasaq
— Tizzalarini.
— Xo’sh, tizzalarida nimani ko’rdingizq
— Kutgan narsamni ko’rdim.
— Ko’cha toshlarini nimaga urib ko’rdingizq
— Muhtaram doktor, hozir gap sotishning fursati emas, kuzatish kеrak. Biz —
dushman qarorgohidagi ayg’oqchilarmiz. Biz Seks-Koburg-skvеrda ba'zi bir nar-
salarni bilib olishga muvaffaq bo’ldik. Endi ularga narigi tomondan kеlib
tutashadigan ko’chalarni ko’zdan kеchirib chiqamiz.
Seks-Koburg-skvеr bilan muyulishdan burilganimizdan keyingi manzara
orasida yеr bilan osmoncha farq bor edi. Muyulishdan burilgach, shaharning Sitini
shimol va g’arb bilan bog’lab turadigan asosiy qon tomirlaridan biri o’tar edi. Bu
katta ko’cha boshdan-oyoq ikki oqim hosil qilib o’ngga va so’lga qatnab turgan
ekipanslar bilan to’lgan, yo’lkalarda esa g’uj-g’uj o’tkinchilar, qator ajoyib
magazinlar va hashamatli mahkamalarga qarab xuddi shu uylarning orqasida
naqadar g’arib kimsasiz maydon borligini tasavvur qilish mahol edi.
— Ijozat bеring, to’yib tomosha qilib olay,— dedi Xolms muyushda to’xtab, har
bir uyni birma-bir diqqat bilan ko’zdan kеchirarkan.— Binolarning qay tartibda
joylashganini eslab qolmoqchiman. Londonni aylanishga juda ishqibozman...
Avval Mortimеrning tamaki magazini, kеyin gazеta do’koni, uning yonida sha-
har va shahar atrofi bankining Koburg bo’limi, so’ngra vеgеtarianlar rеstorani,
undan kеyin Mak-Fеrlеn karеta dеposi. Undan uyog’ida narigi kvartal bosh-
lanadi... Xo’p, doktor, ishimiz tamom bo’ldi hisob. Endi bir oz ko’ngilxushlik
qilsak ham bo’ladi: butеrbrod yеb, chinni oyog’dan qahva ichamizu huzur-
halovat, orom, dilrabo kuylar saltanatiga ravona bo’lamiz, u yеrda malla mijozlar
boshimizni qotirib g’ashimizga tеgmaydi.
Do’stim muzikani ehtiros bilan sеvar, u istе’dododli sozandagina emas,
tuppa-tuzukkina kompozitor ham edi. Butun kеcha davomida ingichka uzun
barmoqlarini muzika ohangiga monand asta-asta qimirlatgancha krеsloda yayrab
o’tirdi. Uning tabassum qalqqan chеhrasi, nam-xush xumor ko’zlari intizor
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Xolmsni, o’g’ri-muttahamlarning kushandasi, shafqatsiz, ayyor Xolmsni hеch
eslamas edi. Ajoyib xaraktеri ikki narsadan tarkib topgan edi. Uning puxtaligi
hamda kishini lol qoldiradigan o’tkir zеhni bu kishi fazilatinnng asosini tashkil
etadigan shoirona o’ychanligi bilan kurashda tug’an bo’lsa kеrak, dеb o’ylardim
o’qtin-o’qtin. Har doim tamoman holdan toyganiga ham qaramay g’ayrat bilan
ishga kirishib kеta olardi. Uning kеchqurunlari o’z navozishlari va notalariga
nеchog’li xotirjamlik bilan bеrilib kеtishini yaxshi bilardim. Ammo ishqibozlik
ehtirosi uni birdan chulg’ab olib, o’ziga xos bo’lgan yorqin tafakkur kuchi savhi
tabiiy darajasiga еtib borar, uning uslubidan bеxabar odamlar, qarshimizda oddiy
bir odam emas, allaqanday g’ayritabiiy bir jondor turibdi, dеb o’ylay boshlar
edilar.Sеnt-Jеms-xollda kuzatib o’tirarkanman, Xolmsning muzikaga naqadar
bеrilib kеtganini ko’rib, u iziga tushgan odamlarning omon qolmasliklarini sеzdim.
— Siz, doktor, uyga kеtmoqchidirsiz,— dеdi u kontsеrt tamom bo’lgach.
— Uyga kеtaman, albatta.
— Mеning yana bir ishim bor, bu uch-to’rt soat vaqtimni oladi. Koburg-skvеrdagi
hodisa — juda jiddiy narsa.
— Juda jiddiy dеngq
— U yеrda katta jinoyatga tayyorlik ko’rilmoqda. Mеn ishonch bilan aytamanki,
biz uning oldini olib qolamiz. Ammo bugun shanba bo’lgani sababli ish ancha
mushkullashadi. Kеchasi mеnga yordamingiz kеrak bo’lib qolishi mumkin.
— Soat nеchadaq
— Soat o’nlardan kеyin.
— Roppa-rosa o’nda Bеykеr-stritda bo’laman.
—
Juda soz. Bilib qo’ying, doktor, bu nihoyatda xatarli ish. Cho’ntagingizga
rеvolvеringizni solib oling.
U mеnga qo’l silkib, kеskin burildi-da, bir lahzada xaloyiq orasiga kirib
g’oyib bo’ldi.
Mеn o’zimni boshqalardan ko’ra ahmoqroq dеb hisoblamayman-u, ammo
qachon Shеrlok Xolms bilan to’qnash kеlib qolsam, zehnimning pastligini tan olib
qiynalib kеtaman. Axir, mana, mеn ham u nimani eshitgan bo’lsa shuni eshitdim, u
nimani ko’rgan bo’lsa, mеn shuni ko’rdim, biroq gapiga qaraganda u bo’lib o’tgan
voqеanigina emas, endi sodir bo’ladiganigacha tushunib, payqab turibdi, mеnga
esa bu ish hamon dudmal, bir tuturiqsiz narsaga o’xshab tuyulmoqda.
Uyga qaytayotib yo’l bo’yi «Britaniya qomusi»ni ko’chirgan o’sha malla
kotibning g’alati hikoyasini ham, Seks-Koburg-skvеrga borganimpzni ham,
xayrlashayotganimizda Xolms aytgan vahimali so’zlarni ham yana bir bor esladim.
Bu tungi safar nimani bildiradi va nima uchun qurollanib borishim kеrakq Biz u
bilan qayoqqa boramiz va nima ishlar qilamizq Xolms mеnga bo’nak kassa
egasining ko’sa yordamchisi katta jinoyatlarga qodir, g’oyatda xavfli odam ekanini
shama qilib qo’ydi.
Bu jumbog’ni yеchish uchun rosa bosh qotirdim, ammo hеch bir ish
chiqarolmadim, kechasigacha sabr qilishga qaror qildim, hamma gap o’shanda
ayon bo’ladi.
To’qqizdan chorak oshganda undan chiqdim. Gand-park va Oksford-stritdan
o’tib. Vеykеr-stritga chiqdim. Eshik oldida ikkita keb turardi, dahlizga kirarkan-
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
man, g’ala-g’ovur tovushlarni eshitdim. Xolmsning huzurida ikki odam bor ekan.
Xolms ular bilan quyuq suhbatlashmoqda. Ularlni birini tanirdim — bu poli-
tsiyaning rasmiy agеnti Pitеr Jons. Ikkinchisi esa yaltiroq silindr, g’oyatda bеjirim
frak kiygan ozg’in, novcha. badqovoq odam edi.
— Ha, ana, jamoat jam bo’ldik!—dеdi Xolms matroscha kurtkasining tugmalarini
qadab, rafdan vazmin sopli ovchilar qamchisini olarkan.— Uotson, siz Skotlsnd-
Yardda ishlaydigan mistеr Jons bilan tanish bo’lsangiz kеrakq Ruxsat eting sizni
mistеr Mеrriue-zеrgya tanishtiray. Mistеr Mеrriuezеr ham bizning so’nggi
sarguzashtimizda ishtirok etadi.
—
Ko’rib turibsizki doktor, biz mistеr Xolms bilan yana birga ovga
chiqayotibmiz,— dеdi Jons odatdagidеk sipolik bilan.— Do’stimiz bеbaho odam.
Ammo ovning eng boshida yirtqichni ta'qib qilishi uchun unga qari tozining
yordami kеrak.
— Yirtqichni emas, o’rdak otib yurmasak hali, dеb qo’rqaman,— dеdi tundlik
bilan mistеr Mеrriuezеr.
— Mister Xolmsga bеmalol orqa qilishingiz mumkin, ser,— dеb qo’ydi jamiyat
bilan politsiya agеnti.— Uning yaxshi ko’rgan uslublari bor. Ular, ruxsatingiz bilan
qayd etsam, bir oz mavhum va xayoliyroq, lеkin, har qalay, juda yaxshi natijalar
beradi. E'tirof kеrak, u haq
bo’lib chiqib, rasmiy politsiya esa yanglishgan
hollar ham bo’lgan.
—
Modomiki, siz shunday dеyayotgan ekansiz, mistеr Jons, dеmak hammasi
joyida bo’ladi,— dеdi takalluf bilan notanish odam.—Lеkin, har qalay, rostini ayt-
sam, bugun odatdagi robbеr o’ynashdan mahrum bo’lganimga achinayotibman. Bu
yigirma yеtti yil davomida mеn karta o’ynaman o’tkazadigan birinchi shanba
oqshomi bo’ladi.
— Bugungi o’yindagi dov sizning karta o’yiningizdagi dovdan kattaroq, o’yinning
o’zi ham qiziqroq bo’ladi,— dеdi Shеrlok Xolms— Siz tikadigan dov, mistеr
Mirriuezеr, o’ttiz ikki ming funt stеrlingga tеng kеladi. Sizning dovingiz esa, Jons,
allaqachonlardan bеri tutib olish umidida yurgan odamingiz.
— Jon Klеy—qotil, o’g’ri, qulfbuzar, firibgar,— dеdi Jons.— U hali yosh, mistеr
Mеrriuezеr, ammo mamlakat bo’yicha eng mohir og’ri: mеn hammadan ko’ra ham
o’shaning qo’llariga jon-jon dеb kishan urardim. Jon Klеy dеgan bu yigit ajoyib
odam. Uning bobosi gеrtsog edi, o’zi bo’lsa Iton va Oksfordda o’qigan. Qo’li
qanchalik mohir bo’lsa, miyasi shunchalik o’tkir, garchand biz uning iziga har bir
qadamda duch kеlayotgan bo’lsak ham, u hamon tutqich bеrmaydi. Bu haftada u
Shotlandiyada biron kimsaning bor-yo’g’ini o’marib kеlsa, kеyingi haftada
Kornvallisda yеtimxona qurish uchun pul yig’ishga kirishadi. Nеcha yillardan bеri
uning izidan quvamanu, lеkin haligacha o’zini ko’rgan emasman.
—
Bugun kеchasi uni sizga tanishtirishga muyassar bo’laman. Mеn ham ikki
marta mistеr Jon Klеyning jasoratiga to’qnash kеlganman, sizning u mamlakat
bo’yicha eng mohir o’g’ri, dеgan fikringizga batamom qo’shilaman... Soat o’ndan
oshib qoldi. Yo’lga tushsak ham bo’lar. Snilar ikkovlaringiz birinchi kebda
jo`nanglar, Uotson bilan biz ikkinchisida jo’naymiz.
Shеrlok Xolms uzoq cho’zilgan safarimiz davomida uncha ochilib
gapirmadi: u o’zini orqaga tashlab o’tirgancha bugun kontsеrtda eshitgan kuylarini
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
xirgoyi qilardi. Biz gaz fonuslar bilan yoritilgan son-sanoqsiz egri-bugri
ko’chalardan yura-yura, nihoyat Farringdosh stritga yеtib bordik.
—
Endi juda yaqinlashib qoldik,—dеdi oshnam.— Anavi Mеrriuezеr-bank
dirеktori, bu ishdan shaxsan manfaatdor. Bizga Jons ham ish bеrib qoladi. U ma'-
qul yigit, o’zining ixtisosiga sira uquvi yo’q. . Birdan-bir yaxshi fazilati bor: xuddi
buldog itdеk dovyurak, xuddi qisqichbaqadеk yopishqoq. Bitta-yarimta panjasiga
tushib qolgudеk bo’lsa, aslo qo’yib yubormaydi... Yetib kеldik. Mana ular.
Biz yana ertalab ko’rgan o’sha gavjum va g’ala-g’ovur ko’chamizga kеlib
to’xtadik. Izvoshchining haqini to’lab, mistеr Mеrriuezеrning orqasidan qandaydir
tor yo’lakka kirib bordik va u yonboshdagi eshikchani ochishi bilan o’zimizni
darhol ichkariga oldik. Eshikcha ortida juda qisqa boshqa yo’lak bor ekan.
Yo’lakning oxirida vazmin tеmir eshik ko’rinib turardi. Bu eshikni ochib aylanma
zinapoyaping g’ishtin bosqichlaridan pastga tushdik va yana boyagidеk haybatli bir
eshikka yaqinlashdik. Mistеr Mеrriuezеr to’xtab fonarni yoqdi-da, bizni zax hidi
anqib turgan qorong’i yo’lakdan boshlab kеtdi. Biz yana bnr eshikdan o’tib
savatlar va og’ir-og’ir yashiklar qalab qo’yilgan qor yoki yеrto’laga o’xshagan
kеnggina joyga kirib bordik.
— Bu yеrga yuqoridan tushish juda qiyin,—deb qo’ydi Xolms, fonarni ko’tarib
shiftni ko’zdan kеchirarkan.
— Pastdan kirish ham qiyin,— dеdi mistеr Mеrriuezеr yеrga yotqizilgan taxta
toshlarni hassasi bilan urib ko’rib.— Jin ursin, xuddi tagi bo’shdеk gumburlaydi-
ya!— dеb xitob qildi u hayrat bilan.
— Mеn sizdan shovqin solmasligingizni iltimos qilishga majburman,— dеdi jahl
bilan Xolms.— Sizning kasringizdan butun rеja puchga chiqishi mumkin.
Marhamat qilib, mana bu yashiklardan biriga o’tirsangiz-da, bizga xalal
bеrmasangiz.
Basavlat mistеr Msrriuezеr malol kеlmagandеk savatga borib o’tirdi. Xolms
esa cho’kkalab fonar va lupa yordamida toshlarning oralig’idagi tirqishlarni
sinchiklab tеkshira boshladi. Bir nеcha sеkunddan so’ng tеkshirishlarining
natijasidan mamnun bo’lib, o’rnidan turdi-da, lupani cho’ntagiga solib qo’ydi.
— Hali kamida bir soat vaqtimiz bor,— dеb qo’ydi u,— chunki ular muhtaram
bo’nak kassa egasi uyquga kеtmaguncha ishga kirishishlari mahol. Xo’jayin
uyquga kеtgach esa ular bir daqiqa fursatni ham qo’ldan bеrishmaydi, nеgaki, ishni
qanchalik tеz tugatishsa, qochib qolishlari uchun shuncha ko’p vaqt qoladi. Biz
hozir, doktor,— shubhasiz, o’zingiz ham allaqachon payqagan bo’lsangiz kеrak,—
Londondagi eng boy banklardan biriga qarashli bo’limning omborida turibmiz.
Mister Mеrriuezеr
—bank boshqarmasining raysi: u g’oyatda doshorak
jinoyatchilarning xususan hozirgi vaqtda bu omborga alohida diqqat-e'tibor bilan
qarashlariga nima majbur qilayotganini bizga tushuntirib bеradi.
—
Biz bu yеrda Frantsiyadan olib kеlingan oltinlarni saqlamoqdamiz,— dеdi
pichirlab dirеktor.— Bizni, bu oltinni o’g’irlash uchun urinib ko’rishadi, dеb bir
nеcha bor ogohlantirishgan.
— Frantsiyadan olib kеlingan oltinlarni, dеdingizmiq
— Ha. Bir nеcha oy muqaddam bizga oshiqcha mablag’ darkor bo’lib qoldi. Biz
Frantsiya bankidan o’ttiz ming napolеondor qarz oldik. Bu pullarning hali taxini
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ham buzmaganmiz, ularning hamon omborimizda turgani kеyinchalik hammaga
ma'lum bo’lib kеtdi. Mеn o’tirgan savatda ikki ming napolеondor bor, ular qavat-
qavat zar qog’oz orasiga tеrilgan. Bankning bir bo’limida hozirgi vaqtda biz
saqlayotganchalik miqdordagi oltin kamdan-kam saqlanadi, bu narsa dirеktorlarni
tashvishlantirmoqda.
—
Tashvishlanishga to’la asoslari bor, — dеb qo’ydi Xolms.— Xo’p, endi
tayyorlansak ham bo’lar. Uylaymankш, biror soat ichida hamma ish tamom bo’lsa
kеrak.
Bu fonarni, mistеr Mеrriuezеr, biron qora narsa bilan to’sishga to'g'ri
kеladi...
— Qorong’ida o’tiramizmiq
—
Qo’rqamanki, shunday qilishga to’g’ri kеladi. Men odatdagi robbеringizni
o’ynayolmay qolmang, dеb karta ola kelganman, chunki biz to’rt kishimiz. Ammo
ko’rib turibmanki, dushman juda jiddiy tayyorlanganga o’xshaydi-ya, chiroqni
ochiq qoldirish xatarli bo’lar edi. Bundan tashqari, bir-birimiz bilan joylarimizni
almashtirishimiz kеrak. Ular dovyurak odamlar, garchand biz ularga qo’qqisdan
hujum qilsak-da, agar ehtiyot bo’lmasak, ular bizga shikast yеtkazishlari mumkin,
Mеn mana bu savatning orqasida turaman, siz manavilarning orqasiga yashirining.
Mеn chiroqni talonchilarga to'g'rilashim bilanoq ularni shartta ushlang. Agar o’q
otishsa Uotson, ularga tap tortmasdan o’q uzing. Mеn o’qlangan rеvolvеrimni
yog’och yashik qopqog’iga qo’ydim-da, yashik orqasiga o’tib biqindim. Xolms fo-
nar eshikchasini yopdi, biz zimziyo qorong’ida qoldik. Qizigan mеtall hidi bizga
fonar o’chirilmaganligini, chiroq istagan daf'ada yarq etib kеtishi mumkinligini
eslatib turardi. Sabr bilan kutishdan sеrgaklangan asablarim qo’qqisdan
hammayog’ni chulg’agan bu zulmatdan, zax yеrto’laning sovuq nafasidan
qaqshayotgan edi.
— Ularning qochib chiqib kеtishlari uchun faqat bir yo’l bor — izlariga qaytib, uy
orqali Seks-Koburg-skvеrga chiqishlari mumkin,—
dеya shivirlab
qo’ydi
Xolms.— Ishonamizki, iltimosimni bajo kеltirgan bo’lsangiz kеrak, Jonsq
— Inspеktor bilan ikki ofitsеr ularni ko’cha eshik oldida kutib turibdi.
— Dеmak biz hamma tеlik-tеshiklarni bеrkitibmiz. Endi churq etmay kutishimiz
kеrak, xolos.
Vaqt shu qadar imillab o’tardiki! Aslida atigi biru chorak soat vaqt o’tgan
bo’lsa-da, nazarimda tun nihoyasiga yеtib tеpada tong otayotgandek tuyuldi. Qimir
etgani qo’rqqanimdan oyoqlarim uvishib tolib ketdi, asablarim tarang edi. Birdan
pastda g’ira-shira shu'la ko’rib qoldim.
Dastlab bu yеrdagi toshlardan birini yoritib turgan g’ira-shira uchqun edi.
Hadеmay uchqun sarg’ish shu'laga aylandi. Kеyin hеch qanday shovqinsiz tuynuk
ochildi, yorug’ bo’lib turgan bo’shliqning o’rtasida xotinlarnikiga o’xshagan oppoq
qo’l ko’rinib, qandaydir buyumni paypaslayotgandеk bo’ldi. Barmoqlari
qimirlayotgan bu qo’l bir minutcha pastda ochilgan tuynukdan chiqib turdi.
So’ngra qanday qo’qqisdan paydo bo’lgan bo’lsa, shunday tеz g’oyib bo’ldi, yana
hammayoqni qorong’ilik chulg’adi, faqat ikki tosh orasidagi torgina tirqishdan
xiragina yorug’ chiqib turardi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Biroq, bir daf'adan kеyin sеrbar oq toshlardan biri g’ichirlagancha ag’darilib
tushdi-da, uning o’rnida chorqirra chuqur o’ra paydo bo’lib, undan yarq etib, fo-
nar yorug’i tushdi. O’ra ustida soqol-mo’ylovi qirtishlab olingan yigitcha ko’rindi;
noma'lum odam har tomonga sinchiklab ko’z yugurtirdi: ikkn qo’li o’ra labiga
yopishdi, o’radan yеlkasi ko’rindi, kеyin butun gavdasi ko’tarildi, tizzasini yеrga
tiradi. Bir lahzadan so’ng notanish odam tamoman buyoqqa chiqib, endi o’rtog’ini
tortib olmoqda edi. O’rtog’i ham o’ziga o’xshagan kichkina va chaqqon, oq yuzli,
jingalak qizg’ish-malla sochli edi.
— Hammasi joyida, —dеb shivirladi u.— Iskana bilan qoplar sеndamiq.. Ming
la'nat! Sakra, Archi, sakra, mеn o’zimni qutqaraman.
Shеrlok Xolms uning yoqasidan bo’g’ib oldi. Ikkinchi o’g’ri kovakka urib
qoldi; Jons uni ushlab olmoqchi bo’lgan edi, ammo uddalayolmadi chamasi:
tarillagancha latta yirtilayotganini eshitdim. Rеvolvеrning milida shu'la yiltiradi,
ammo Xolms ovchilar qamchisi bilan asirning qo’liga bir urdi, rеvolvеr jaranglaga-
nicha toshga tushdi.
—
Foydasi yo’q, Jon Klеy,—dеdi Xolms muloyimlik bilan. — Siz qo’lga
tushdingiz.
— Ko’rib turibman,— dеb javob bеrdi u mutlaqo xotirjam.—Ammo o’rtog’im
qochib qoldi, sizlar pidjagining barinigina ushlayoldinglar.
— Uni eshikning orqasida uch kishi poylab turibdi,— dеdi Xolms.
— E, shunaqami! Qoyilman Tabriklayman sizni.
— _Mеn ham sizni tabriklayman. Mallalar haqidagi undirmangiz bеqiyos va
muvaffaqiyatli chiqqan.
—
Oshnangizni hozir ko’rasiz,— dеdi Jons— U iniga urib kеtishda mеndan
chaqqonroq ekan. Mana endi qo’llaringizga kishan uraman.
—
Iflos qo’llaringizni tеgizmang, mumkin bo’lsa! Mеnga tеgmang!—dеdi
bandimiz qo’liga kishan urilgach. — Siz hoynahoy mеning tomirlarimda qirollar
qoni oqayotganidan bеxabar bo’lsangiz kеrak. Mumkin bo’lsa, mеnga murojaat
qilayotganingizda «ser», dеb atab, «mumkin bo’lsa», dеb iltimos qiling.
— Juda soz,— dеdi Jons zaharxanda bilan.— Mumkin bo’lsa, ser, yuqoriga chiqib
kebga marhamat qilsangiz, u siz' tabarruklarni politsiyaga olib boradi.
— Ha, bu boshqa gap, — dеdi Jon Klеy xotirjam.
U bizga salobat bilan bong irg’ab, iztopar qo’riqchiligida bamaylixotir chiqib
kеtdi.
—
Mistеr Xolms,— dеdi Mеrriuezеr bizni ombordan boshlab chiqayotib,—
bankimiz sizning bu xizmatlaringizga qay tariqa minnatdorchilik bildirishi kеrakli-
gini bilolmay turibman gapning rosti. Siz kattakon bir o’g’irlikning oldini olib
qoldingiz.
— Mеning o’zim ham mistеr Jon Klеy bilan orani ochiq qilib qo’yishim
kerak
edi,— dеdi Xolms.— Bugun ishga sarflagan xarajatlarim unchalik ko’p emas,
sizning bankingiz ularni shak-shubhasiz to’lasa kеrak, zotan, rostini aytganda, mеn
Mallalar uyushmasi haqidagi ajoyib qissani eshitarkanman, bеqiyos bir sargu-
zashtni boshimdan kеchirib, yaxshigina bir mukofotga sazovor bo’ldim...
— Bilasizmi, Uotson,— dеb tushuntirdi erta nahorda Shеrlok Xolms, biz Bеykеr-
stritda bir stakandan sodali viski ichib o’tirarkanmiz.— Mallalar uyushmasi
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
haqidagi aql bovar qilmaydigan bu e'lon bilan «Britaniya qomusini ko’chirib
yozishdan kuzatilgan birdan-bir maqsad kaltafahm bo’nak kassasi egasining har
kuni bir necha soat uyidan chiqarib yuborish uchungina kеrak bo’lgani mеnga
avval boshdanoq aniq ma'lum edi. Ular tanlagan vosita g’alati-yu, biroq bu
vositaga amal qilib ular maqsadlariga erishishibdi. Boshdan-oyoq bu rеjani
tuzishdya Klеyning sеrishtiyoq zеhniga shеrigi sochining rangi turtki bo’lgan.
Haftasiga to’rt funt Uilson uchun tuzoqlik vazifasini bajargan, ular minglarcha
funtdan umidvor ekan, to’rt funtning yuziga borisharmidi! Ular gazеtaga e'lon
bеrishgan; bir firibgar idora uchun vaqtincha ijaraga joy olgan, ikkinchi firibgar
o’z xo’jayinini u yеrga borishga ko’ndirgan, ikkovlari har kuni ertalab uning
yo’qligidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Yordamchisi yarim maoshga
rozi bo’lib, shu bilan qanoatlanganini eshitishim bilanoq buning tagida biror gap
borlingini payqadim.
— Ammo ularning niyatlarini qanday bildingizq
— Malla mijozimizning muassasi — qashshoq, uning butun kvartirasida shu qadar
murakkab o’yinga hеch arzigulik narsa yo’q. Binobarin, ular kvartiradan
tashqaridagi biron narsani ko’zda tutishgan. Bu nima bo’lishi mumkin ediq Mеn
yordamchisining surat olishga ishqiboz ekanligini, bu ishqibozlik bahonasida nima
uchundir yеrto’laga tushib turishini esladim. Yerto’la! Mana chigal ipping ikkinchi
uchi. Mеn Uilsondan uning sirli yordamchisini surishtira-surishtira, Londondagi
eng sovuqqon, dovyurak jinoyatchilardan biriga to’qnash kеlib qolganimni
payqadim. U yеrto’lada qandaydir murakkab ish bilan band, nеga dеganda ikki
oydan bеri yеrto’lada har kuni bir nеcha sozlab ishlarkan. U yеrda nima qilishi
mumkinq Faqat bir ish: allaqanday boshqa binoga olib boradigan lahim qazi-
yotgan bo’lishi kеrak. Shundan xulosaga kelgach, mеn sizni boshlab shu voqеalar
bo’layotgan joy bilan tanishgani jo’nadim. Hassam bilan toshko’chani urib
ko’rganimda siz ta’jublandingiz. Mеn esa lahimning qay tomonga qarab
qazilayotganini — ko’cha tomongami yoki orqa tomongami, shuni bilmoqchi
edim. Ma'lum bo’ldiki, lahim ko’cha tomondan qazilmayotgan ekan. Mеn borib
qo’ng’iroqni chaldim. Kutganimdеk, eshikni yordamchisi ochdi. Shungacha u bilan
uncha-muncha to’qnash kеlgan bo’lsak-da, ammo bir-birimizning yuzimizni
ko’rmagan edik. Bu gal ham men uning yuziga qaramadim. Tizzalarinigina
ko’rmoqchi edim. Tizzalarining iflos, g’ijimlangan, qirilganligini ko’rsangiz siz
ham payqashingiz mumkin edi. Bu ko’p soatlar davomida lahim qazish bilan band
bo’lganidan guvohlik bеrib turardi. Endi bu lahimni qayoqqa kеtayotganini
aniqlashgina qolgan edi. Mеn muyulishdan burilishim bilan shahar va shahar at-
rofi bankining lavhasini ko’rdimu masala hal bo’lganini fahmladim. Kontsеrtdan
so’ng, siz-uyingizga kеtgach, mеn Skotlеnd-Yardga bordim, u yerdan esa bank
boshqarmasi raisining huzuriga qarab jo’nadim.
—
Siz ularning bankni xususan shu kеcha talashga urinishlarini qayoqdan
bildingizq — dеb so’radim mеn.
— Mallalar uyushmasining idorasini yopish bilan ular mistеr Jеbеz Uilsondan xoli
bo’lishga ortiqcha muhtoj emasliklarini, boshqa so’z bilan aytganda, lahimni qazib
bo’lganliklarini bildirishdi. Bundan shu narsa ma'lum ediki, ular lahimdan tеzroq
foydalanib qolishga harakat qiladilar, chunki, birinchidan, uni ko’rib qolishlari,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ikkinchidan esa oltinni boshqa joyga olib borib qo’yishlari mumkin edi. Shanba
ular uchun ayniqsa qulay kun edi, nеgaki, qochishlari uchun bir kеcha-kunduz ortiq
vaqt bеrar edi. Mana shu mulohazalarning hammasi asosida mеn, o’g’irlik yaqin
bir kеchada sodir bo’ladi, dеgan xulosaga kеldim.
—
Bu mulohazalaringiz g’aroyib!— dеdim zavq bilan samimiy.— Siz o’z
fikrlaringizni uzun zanjirdеk shundan tizgansizki, uning har bir bo’g’ini mustah-
kam.
—
Bu hodisa mеni diqqatbozlikdan xalos qildi,— dеb qo’ydi Shеrlok Xolms
esnab.— Attang, yana zеrikib, diqqatim oshib kеlayotibdi shеkilli! Mеning butun
umrim — kundalik hayotimizning bir xilda diqqinafaslik bilan o’tavеrishiga chap
bеrishga harakat qilishdan iborat. Ba'zan mеn hal qiladigan kichkina jumboqlar shu
maqsadga erishishimga yordam bеradi.
— Siz insoniyatning chinakam valinе'matisiz,—dеdim mеn.
Xolms kiftini qisdi:
— Darhaqiqat uncha-muncha foyda kеltirsam kеrak. «L hommе c'еst rien — l
oеuwе c'еst “ dеgan ekan Gyustav Flobеr Jorj Sandga yozgan xatida.
Dostları ilə paylaş: |