foydalanuvchi - mijozning dasturli ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil
qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining Kompyuterida bajariladi va umumiy kirish
Kompyuterida ishlaydigan dastur-serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy
qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi
Kompyuterga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi
serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir necha 10 Gigobayt va undan ko’p) bilan
ishlashga mo’ljallangan va ko’p sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlashni, ishonch
va ximoyalanganligini ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida kliyent - server
arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta
ishlashni ta’minlovchi mashxur Web - serverlar, FTD serverlar, elektronlar pochta
serverlari va boshqalar ma’lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu
serverlar tomonidan xizmat olish va ulardan javob olish uchun so’rash imkoniyatini
beradi.
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday Kompyuter tarmog’i server deb
yuritilishi mumkin. Chunki boshqa Kompyuterlarni foydalanishga ruxsat bo’lgan bo’limi
uchun modemli Kompyuter yoki kommunikasiyali serverdir.
Shaxsiy Kompyuterlarni lokal tarmog’i keng tarqalgan. Dunyoda shaxsiy shu
tarmoqlarda ishlaydi. Lokal tarmoqlar bir-biridan uzoq bo’lmagan masofada joylashgan
Kompyuterlarni bog’lab turadi. Odatda ular bir yoki birnecha yakin joylashgan korxona,
muassasa va ofislar Kompyuterlari birlashtiradi. Lokal tarmoqlarning asosiy
farqlanuvchi xususiyati barcha uchun yagona Kompyuterlarning ma’lumot uzatish
tezkor kanali va kommunikasiya asbob uskunalarida xatoli yuzaga kelish extimolining
deyarli yo’qligi.
Dostları ilə paylaş: