3-rasm. Navbat ma’lumotlar strukturasi
Rasmda 7 ta raqam mavjud: 2, 4, 7, 1, 4, 9, 10. Agar ularni ajratib
olishimiz kerak boʻlsa, biz ularni rasmdagi kabi tartibda chiqaramiz!
Masalan, 4-raqamni ajratib olish uchun avval 2-raqamga, soʻngra 4-
raqamga xizmat koʻrsatishimiz kerak.
Stekda peek() funksiyasi mavjud boʻlsa-da (bu
elementga indeks
boʻyicha kirishga imkon beradi), navbat shablonidagi ma‘lum bir
elementga murojaat qilish mumkin emas.
Agar siz navbatning barcha elementlariga kirishingiz kerak boʻlsa,
unda siz navbatni massiv orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Quyida
biz buni qanday bajarilishini koʻrib chiqamiz.
C++ tilida navbatni realizatsiya qilish. Agar siz C++da
navbat
shablonidan foydalanmoqchi boʻlsangiz,
unda avval <
queue>
kutubxonasini kiritishingiz kerak. Bundan tashqari, navbatni e‘lon qilish
uchun quyidagi strukturani ishlatishingiz kerak.