predmetlardan foydalanib) terib chiqishga o‘rgatish, masalan: baland, past, yanada
past, yanada pastroq, eng past. Butunni 2 ta, 4 ta teng qismga bo‘lishni, butun
bilan
qismni taqqoslashni o‘rgatish. SHartli o‘lchov bilan tanishtirish. Taqqoslanayotgan
predmetlardan biriga teng bo‘lgan o‘lcham yordamida ikkita predmetni uzunligi
(kengligi, balandligi)ga qarab taqqoslashga o‘rgatish. Narsalarni ko‘z bilan
chamalab, miqdori, kattaligi (uzun (qisqa), keng (tor),
enli (ensiz), baland (past), qalin (yupqa)) kabi namuna va unga teng bo‘lgan bolalar
uchun tanish narsalar yoki harakatlar natijasida
qiyoslanuvchi narsalarning
o‘lchamini aniqlashga o‘rgatish.
Kattalik. Katta guruhda ishlash bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi
tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. “Uzunlik”, “kenglik”, “balandlik”,
“qalinlik”, “yo‘g‘onlik” buyumlarning
kattaliklarida mustaqil orientir olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash
va kattaliklar bo‘yicha munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi. Buyumlar
orasida kattalik bo‘yicha konkret munosabatlarni o‘rnatish
tajribasi qanchalik boy
va turli-tuman bo‘lsa, keyinchalik bolalarni bu
munosabatlarni umumlashtirishga, konkret tavsiflarni abstrakt ta’riflarga, ya’ni
“teng”, “ortiq”, “kam” (“katta”, “kichik”) tushunchalariga o‘rgatish
shunchalik
oson bo‘ladi. Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin
buyumlar masofalarining bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq
masofalarning
ikki turi, nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq
belgilashga o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: