7-mavzu: Ob'ektlarning o'lchamlari va ularni o'lchash haqida g'oyalarni shakllantirish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix28.09.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#64264
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7 -mavzu

1. O‘lchash haqida tushuncha.
”Kattalik” tushunchasining ma’nosini ochib berar ekan. Matematika metodisti 
D.Galanini bunday ko‘rsatadi: «predmetlar va harakatlarning shunday xususiyatiga 
aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha predmetlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu 
xususiyat har xil predmetlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin». Predmetlarni 
taqqoslashning ma’lum mezonlariga ko‘ra predmetlarning kattaliklari tengligi yoki 
tengsizligi munosabati o‘rnatiladi.Kattapik, shuningdek, o‘zgaruvchanligi bilan ham 
xarakterlanadi. V.V.Davidov bunday yozadi: «O‘lchamlar — bu ob’ektning 
shunday holatiki, ma’lum chegaralargacha o‘zgara borib, aqalli berilgan alohida 
ob’ektni o‘zgartirsa ham, ammo uning tur, boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi. 
Berilgan stol uzunliginig o‘zgarishi, uning kattaliginigina o‘zgartiradi ammo uning 
mazmuni va sifatini o‘zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi. Kattalikning 
uchinchi xossasi — nisbiyligidir. Haqiqatdan ham, bir predmetning o‘zi kattaligi 
bo‘yicha qanday predmet bilai taqqoslanayottaniga qarab katta yoki kichik deb 
aniqlanishi mumkin. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kattalik predmetning 
shunday xosasiki, uni predmetdan ajratib alohida tasavur qilib bo‘lmaydi, kattalikni 
predmetdan ajratib bo‘lmaydi.
 
2. O‘lchamning asosiy xususiyatlari. 
Katta — kichikligi turlicha bo‘lgan narsalarni bolalar ilk yoshligidanoq ajratib 
olishi mumkin. Bu yoshidagi bolalar «katta» va «kichik» degan tushunchalarni 
o‘zlashtirib oladilar, lekin katta kichiklikning boshqa belgilarini hali ajrata 
olmaydilar. «Katta» yoki «kichik» degan umumiy nom ostida narsalarning eni, 
uzunligi, balandligi, qalinligiga tegishli bo‘lgan barcha narsa tushiniladi.
Uch yoshli bolalar o‘qitish ta’sirida narsalarning katta — kichikligi (bo‘yi, eni 
va boshqalar)ni, agar narsaning shu belgisi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, osongina 
aniqlaydilar. Ular bir xil narsalar ichidan ularning eng katta yoki eng kichigini 
xatosiz topadilar. Ammo bir necha narsani ularning katta — kichikligiga qarab tarti6 
bilan joylashtirishga, bir necha narsa ichidan bir xil kattalikdagilarni topishga ancha 
qiynaladilar. Uch yoshli bolalarning ko‘pchiligi turli katta — kichiklikdagi 
narsalardan birinchi safar eng kattasidan boshlab tartib bilan terib piramida tuza 
olmaydilar. 


Maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘chada 
elementar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda dasturning 
“Kattalik” bo‘limida narsalarni kattaliklari bo‘yicha taqqoslash 
malakalarini, o‘lchash faoliyatlarini amalga oshirishga, narsalarning 
shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga katta ahamiyat beriladi. 
Mazkur ma’ruzada maktabgacha yoshdagi bolalarni kattaliklar, o‘lchash 
faoliyati, narsalarning shakli bilan tanishtirnsh uslubiyatini yoritiladi 
hamda kattaliklarning asosiy xossalari ochib beriladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin