1 – Mavzu: Kasb psixologiyasining predmeti (2 soat) Reja



Yüklə 205,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.09.2022
ölçüsü205,48 Kb.
#64388
1   2   3   4
1-маър

Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar, 
tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan, 
kuzatilgan hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi.
Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli 
jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi.


Psixologiyaning sohalari.Psixologiya fani ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda 
inson ruhiyati bilan bog'liq muammolar yuzaga chiqadi. Hozirgi kunda 
psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy 
psixologiya, medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, yuridik, 
aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik, etnopsixologiya, 
differensial psixologiya va hokazolar.
Umumiy psixologiya-psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning
o'ziga xos jihatlarini o'rganadigan maxsus soha; pedagogik psixologiya-kishiga 
ta'lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti 
deb biladi; yosh davrlar psixologiyasi-turli yoshdagi odamlarning tug'ilgandan to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va 
o'zaro munosbatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o'zgarishi 
tamoyillarini 
o'rganadi; 
ijtimoiy 
psixologiya-odamlarning 
jamiyatdagi 
birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, 
e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o'rganadi; mehnat psixologiyasi-
kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda 
tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o'rganadi; muhandislik 
psixologiyasi-avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, 
odam-texnika o'rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning 
xususiyat-larini o'rganadi; yuridik psixologiya-xuquq sistemasining amal qilishi 
bilan bog'liq masalalarning psixologik asoslarini o'rganadi; harbiy psixologiya - 
kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo'ladigan xulq-atvorini, zobitlar 
bilanoddiy askarlar o'rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o'rganadi; 
savdo psixologiyasi-jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, extiyojning 
individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko'rsatishning 
psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi 
inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o'rganadi; tibbiyot 
psixologiyasi-shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik 
jihatlarini o'rganadi.
Har bir soha o'zining o'rganish predmetiga, vazifalariga, maqsadiga va 
metodlariga ega.
Kasb psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixologiya yaxlit 
va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga 
xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi muammolarni 
ma'lum ma'noda o'rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. 
Bular birinchi navbatdagi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo'lib, psixologiyaning 
ular orasidagi mavqei o'ziga xos va yetakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy 
falsafa qismi bilan bo'lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti 
mohiyatini to'la anglash, rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o'rni va 
ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga 
oid bo'lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafa bazasidan 
oladiva shu bilan birga o'zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi 
yutuqlari bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo'lishiga yordam beradi. Shuni 


alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga 
taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala 
fan-falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog'liqlik 
avvalo yangicha tafakkur va dunyoarashni shakllantiri muammosi ko'ndalang 
turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g'oyani shakllantirish kabit dolzarb 
vazifani bajarishda xizmat qilmoqda.
Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z 
taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan 
yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat 
xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, 
bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy 
psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy 
taraqqiyot va progressni ta'minlash ishiga xitzmat qiladi. Qolaversa, huquqiy, 
demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan 
O'zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga 
psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash, bu sohada muntazam tarzda 
ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, 
bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar 
metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy 
hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga 
oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan 
yangi «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni 
amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham 
dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni 
kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini 
kafolotlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta'lim va 
tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli 
bo'lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod 
ongining ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki 
yangicha o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy 
hamda intelektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish 
asosida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik 
metodlar bilan uyg'ynlashtirishni taqozo etadi. Tabiiy fanlar: biologiya, 
fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy 
fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi 
qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh 
miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda 
va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani taibiiy 
fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona 
foydalanadi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
ahamiyat va zurur bo'lib, u inson shaxsining o'z-o'zini boshqarish, psixik 
jarayonlarni takomillashtirish borasia axborotlar texnologiyasi va kibernetika 


tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z 
o'rnida foydalanadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, 
asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani 
boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik 
hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish 
zarurati bu ikki yo'nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik 
bo'lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish sharoitida 
iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o'ziga xos namoyon bo'lish 
qonuniyatlarini o'rganishda ikkala fan teg xizmat qiladi.
Yuqorida ta'kdlangan fan tarmoqlari psixologiyada bevosita uzviy aloqada 
rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji 
uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o'sha barcha fanlar 
bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, qishloq xo'jaligi, kimyo va 
oziqovqat ishlab chiqarish sanoati, huquq va madaniyatshunoslik kabi o'nlab fan 
sohalaridir.

Yüklə 205,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin