Xavfsizlik masalalari, muammolari va ularning kelib


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 374,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix11.10.2022
ölçüsü374,7 Kb.
#64885
1   2   3   4   5   6   7   8
xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
381 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
yashovchi etnoslarning individual o’ziga xosligi anglatgan bo’lar edi”
7
. Ba’zi bir 
olimlar esa agar davlat tarkibida turli millatlar va elatlar birga umumiy rivojlanish 
g’oyalari ostida birlashib farovon hayot kechirishi natijasida yagona xalq darajasiga 
erishsa, bu holda “milliy xavfsizlik” tushunchasi o’zining mantiqiy tarkibiga “davlat” 
kontekstini qabul qilib yaxlit ma’noga ega bo’ladi degan fikrlarni ilgari suradilar. 
Bizning fikrimizcha, bu soha uchun “davlat xavfsizligi” atamasi mos va umumiydir. 
Bunga sabab — davlat yoki har qanday mamlakat manfaatlar mushtarakligi asosida 
turli xil millat va elatlardan tashkil topgan aholisi ya’ni – fuqarolardan iboratdir. Bu 
fikrlarni asoslar ekan P. G. Belov shunday mazmundagi argumentni ilgari suradi: 
“mavjud (milliy) xavfsizlik subyektlari tizimi – shaxs, jamiyat va davlat – “mavhum 
va mujmal, manfaatlar esa keskin ravishda individuallashgan, o’ta subyektiv, ajratish 
murakkab, odatda, bir-biriga qarama-qarshi. Va, aksincha, o’z ichiga xalqlar
mamlakatlar, ularning hududlari va turmush tarzini qamrab olgan etnotizim aniq va 
o’ziga xosdir”. Shuning uchun, xavfsizlikning asosiy obyekti normativ-huquqiy 
hujjatlarda aks ettirilgan “shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari” emas, balki turmush 
tarzi va hududiga ega fuqarolar bo’lishi kerak”
8

Xavfsizlik va uni keltirib chiqaruvchi tushunchalarni ko’rib o’tdik. Endi 
xavfszilikning turlari va darajalarini tahlil qilib chiqadigan bo’lsak, xavfsizlik turlari 
sifatida u qaysi subyektlar va birliklarning manfaatlarini himoya qilishi va ifoda 
etishiga qarab bo’lishimiz mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xavfsizlik shaxs, jamiyat 
va davlat manfaatlarini himoya qiladi. Demak, o’z o’zidan ko’rinib turibdiki, 
xavfsizlik turlariga shaxs xavfsizligi, jamiyat xavfsizligi va davlat xavfsizligi 
ko’rsatishimiz mumkin. 
Shaxs xavfsizligi – shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirilishini 
ta’minlovchi shart-sharoitlar majmui yoki shaxsning hayotiy muhim manfaatlarining 
himoyalanganlik holati sifatida ta’riflanadi. Shuningdek, doimiy barqaror tinchlik 
sharoitlarida o’z qonuniy huquq va erkinliklarini to’siqlarsiz yuzaga chiqarish 
faoliyatidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va xavfsizlikka oid 
qonunchiligiga muvofiq, shaxsning huquq va erkinliklari uning hayotiy muhim 
manfaatlarini tashkil etadi. 
7
Чеканов В.Е. Некоторые проблемы законодательного обеспечения национальной безопасности Российской 
Федерации в современных условиях // ФСБ России. Правовое регулирование деятельности Федеральной 
службы безопасности по обеспечению национальной безопасности Российской Федерации : науч.-практ. 
комментарий / под ред. В.Н. Ушакова, И.Л. Трунова. – М., 2006, с. 212. 
8
 
https://cyberleninka.ru/article/n/normativnoe-obespechenie-natsionalnoy-bezopasnosti-rossii-otsenka-sostoyaniya-i-
prioritety-modernizatsii-chast-2
 



Yüklə 374,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin