Xavfsizlik masalalari, muammolari va ularning kelib


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 374,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix11.10.2022
ölçüsü374,7 Kb.
#64885
1   2   3   4   5   6   7   8
xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
383 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
deya, Aleksandr Rogov va Yuliya Fedotova “Davlat xavfsizligi: Rossiya 
Federatsiyasining milliy xavfsizligining elementlari va tarkibi” nomli maqolalarida 
ta’kidlab o’tadilar. 
Xavfsizlik darajasi – xavfsizlikning mustaqil iyerarxik drajalanishi bo’lib, u 
ko’proq xavfsizlikning alohida ta’sir doirasini va ma’lum bir ketma-ketligini tashkil 
etadi. Bundan kelib chiqib, o’ziga xos guruhni tashkil etuvchi milliy (mahalliy), 
mintaqaviy (submintaqaviy), xalqaro va global xavfsizlik darajalariga bo’linadi. 
Xavfsizlikning har bir darajasi barqaror, ahamiyatli hamda mohiyatan mustaqil 
bo’lgan xavfsizlik muammolariga ega. Xavfsizlik dinamikasi, ya’ni muayyan 
xavfsizlik darajasi doirasidagi rivojlanish va o’zgarish, ular uchun xususiyatli bo’lgan 
omillar ta’sir ostida yuz beradi. Biroq, nisbatan alohidalik boshqa xavfsizlik 
darajalaridan mutlaq mustaqil yoki ajratilganlikni anglatmaydi. Xavfsizlik – bir-
biriga bog’liq zanjirlashgan hodisadir, ya’ni muayyan bir davlatning xavfsizligi 
mintaqaviy yoki xalqaro xavfsizlikdan ayri holda tushunilishi va samarali ta’min 
etilishi mumkin emas. Bu esa, ularning har biri manfaatlariga oid bo’lgan umumiy 
tuzilmalar asosida uyg’unlashishiga olib keladi. Bunga misol tariqasida yuridik fanlar 
doktori, professor I. I. Bobokulov shunday asoslaydi: “Xavfsizlik darajalari 
markazida universal tashkilot – BMT bo’lgan xavfsizlikning umumiy tizimini 
shakllantiradi”
11
. Xuddi shunday fikrni olim V. P. Panin ham keltirib o’tadi: “ hozirgi 
zamon sharoitida umumiy xalqaro xavfsizlikni ta’minlovchi institutlarni aytib 
o’tganda eng avvalo – BMT oldingi o’rinda eslab o’tiladi”
12
. Haqiqatda ham milliy 
va davlat xavfsizligi uning ichki xavfsizlik shuningdek, muhofaza qiluvchi 
organlarining hamkorligi, strategik, ilmiy, taktik amaliyoti asosida xavfsizlik 
ta’minlansa, mintaqaviy darajada esa, avvalo hududiy-chegaraviy qo’shni davlatlar 
va mintaqaviy tashkilotlar amaliyoti muhim hisoblanadi. Xalqaro xavfsizlikda esa, 
davlatlar va asosan xalqaro tashkilotlar faoliyati oldingi o’ringa chiqadi. 
Bu esa, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va tahdidlarni aniqlash va ularni yo’q 
qilish konseptual poydevorini asoslashga bag’ishlangan faoliyatni talab etadi. Shu 
bilan birga, tahlilning ko’p o’lchovli xususiyatini ta’kidlash muhim, chunki 
mintaqaviy xavfsizlikning tendensiyalari va tahdidlarining harbiy, geosiyosiy va 
boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Bu yo’nalishda xavfsizlikni ta’minlashda asosiy 
kategoriyalar tahlil etilganda, mintaqa, mintaqaviylashuv, regionalizm, mintaqaviy 
11
Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O’quv qo’llanmasi. – T.: JIDU, 2010. – B.29. 
12
Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты 
исследования. -C.4. 



Yüklə 374,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin