Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


II. Matematika bo‘yicha ilk tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

II. Matematika bo‘yicha ilk tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma. 
Maqsad: Bola tafakkuri rivojlanganligi darajasini, mashg‘ulotlarda olgan 
bilimlarini amali
yotda qo‘llay olishni aniqlaydi. 
1. Qara, atrofimizdagi kvadrat shaklidagi va to‘g‘ri burchak shaklidagi 
narsalarni ayt? 
2. Kvadrat to‘g‘ri to‘rtburchakdan nimasi bilan farq qiladi? 
3. Kvadratni teng ikkiga bo‘l, undan ikkita to‘g‘ri burchak hosil bo‘lsin. 
4. To‘g‘ri burchakni bo‘l, undan ikkita kvadrat hosil bo‘lsin. 
5. Kvadrat aylanadan nimasi bilan farq qiladi? 


60 
6. Chap qulog‘ingni o‘ng qo‘ling bilan ko‘rsat. 
7. Mening chap qo‘limni ko‘rsat. 
8. Shkaf qayerda (chapda, o‘ngda) turibdi? 
9. 8 sonidan keyin qanday son keladi? 
10. 5 soni kattami 6 soni? Necha marta katta? 
11. Ikki soni kichikmi 3? Necha marta? 
12. 10 va 2 sonlari ishtirokida ayirish amalini bajarish uchun topshiriq 
shartini tuz. 
13. Temur stakandagi sutning yarmini ichdi, Barchinoy to‘liq. Kim ko‘p 
ichdi? 
14. Qanday qilib 5 ni har xil qilib hosil qilish mumkin? 
15. Baland va past daraxtni chiz. 
16. Xonamiz enini qadaming bilan o‘lcha. 
III. Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish). 
Maqsad: Bolalarning tovushlar, so‘zlar va so‘z birikmalari haqidagi bilim va 
tasavvurlarini, ularning so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajaratish hamda berilgan so‘zlardan 
gap tuzishni bilishini aniqlash.
1. «Chiroyli stol» so‘zi ishtirokida gap tuzish. 
2. «Ruchka» chiqib so‘zi bilan so‘z birikmasi o‘yla. 
3. Koptok haqida imkon qadar ko‘p so‘z ayt. 
4. «Bolalar maktabga kelishdi. Ular sinfda o‘tirishibdi. Dars boshlandi. Bir 
o‘quvchini doskaga chaqirishdi». Bu hikoyada nechta gap bor.(Har bir gapni 
uchburchak bilan belgilang. Qancha uchburchak bo‘lsa, demak shuncha gap 
bo‘ladi.) 
5. «Mashina», «oshxona» so‘zlarini bo‘g‘inlab ayt. 
6. «Bahor keldi» so‘z birikmasidan gap tuz. 
7. So‘z nimadan tashkil topgan? 
8. Gap nimadan tashkil topgan? 
9. Xonadagi «O» tovushi bor narsalarni ayt (boshqa tovushlarni ham aytish 
mumkin). 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin