88
oshirishning imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqari ko‘pgina hodisalarni bevosita
kuzatish mumkin emas. Masalan,
yovvoyi hayvonlar,
janubiy va shimoliy
o`lkalarning hayvonlari bilan bolalarni asosan rasmlar orqali tanishtirish mumkin.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik syujetli predmetli, shuningdek, badiiy
rasmlardan foydalaniladi. Didaktik syujetli va predmetli rasmlar – bolalarni
o‘qitishda ko‘rgazmali vosita sifatida maxsus yaratilgandir «Yilning to`rt fasli»,
«Uy hayvonlari», «Yovvoyi hayvonlar», «O‘tsimon o‘simliklar» va shu kabi
rasmlar seriyasi shular jumlasidandir. Bulardan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Badiiy rasmlarni faqat maktabgacha katta
yoshdagi bolalar bilan ko‘rish maqsadga
muvofiqdir. O‘quv ekrani maktabgacha taqlim tashkilotida
bolalarni tabiat bilan
tanishtirishda diafilmalar, kinofilmlar va telefilmlardan foydalaniladi. O‘quv ekrani
bolalarda tabiat hodisalarining dinamikasi: o‘simlik va hayvonlarning o‘sishi
hamda rivojlanishi kattalarning mehnati haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Qisqa muddat ichida uzoq vaqt bo‘lib o‘tgan hodisalarni ko‘rsatish
imkonini
beradi. Bu esa bilimlarni yanada muvaffaqiyatliroq egallashga
yordam beradi.
Syujetli diafilmlar, kinofilmlar va telefilmlar syujetining
qiziqarliligi bilan
bolalarda alohida qiziqish uyg‘otadi. Bu bilimlarning faol idrok etishga
yordam
beradi. Ekrandagi hodisalarga alohida munosabat uyg‘otadi. Syujetli diafilm
kinofilm va telefilmlardan turli maqsadlarda
bilimlarni konspektlashtirish, u
yoki
bu hodisani xarakterlovchi muhimroq xususiyatlarni ajratib ko‘rsatish, bilimlarni
kengaytirish tabiatga ehti
yotkorona munosabatda
bulishni shakllantirish
maqsadlarida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: