82
ko‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda o‘yinlar asosiy
o‘quv vazifasini utaydi. Ta’limiy faoliyatlarda bolalarning faol faoliyati birinchi
navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari o‘tilgan materialni
takrorlashni birga to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish
usullarini
almashtirib turish bilan, ya’ni ta`limiy faoliyat tuzilmasi bilan
ta’minlanadi.
Ta’limiy faoliyat tuzilmasi dastur vazifalarining hajmi, mazmuni, birga qo‘shib
olib borilishi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi darajasi,
bolalarning
yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Maktabga borish davriga kelib
bolalar to‘plam va son, shakl va kattalik haqida o‘zaro bog‘langan bilimlarni
nisbatan ko‘proq egallagan, fazoda va vaqtni mo`ljal ola bilishni o`rgangan
bo`lishlari zarur. Tajriba, birinchi sinf o‘quvchilarida uchraydigan qiyinchilik,
odatda abstrakt
bilimlarni egallab olish, konkret predmetlar, ularning obrazlari
bilan amal qilishdan, sonlar va boshqa abstrakt tushunchalar bilan bajariladigan
amallarga o`tish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday o`tish bolaning rivojlangan aqliy
faoliyatini talab etadi. Bolalar turli matematik bog‘lanishli munosabatlarni aniqlash
usullarini, masalan, to‘plam elementlari o‘rtasidagi moslikni aniqlash usullarini
egallaydilar (to‘plamdagi elementlarni birma-bir amalda solishtiradilar,
kattalik
nisbatlarini aniqlash uchun ularni ustma-ust,
yonma-yon qo‘yib ko‘rish usullaridan
foydalanadilar). Ular miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni
sanash va kattaliklarni o`lchash ekanligini tushuna boshlaydilar. Sanash va
o‘lchash malakalari ularda tobora mustahkam va ongli bo‘lib boradi.Har qaysi
yosh guruhi dasturi ushbu bo‘limlardan iborat:
Miqdor va sanoq.
Kattalik.
Geometrik figuralar.
Fazoda mo‘ljal olish.
Vaqt bo‘yicha orientir (mo‘ljal) olish.
O‘quv yilining oxirida katta guruh bolalari quyidagilarni bilishlari kerak:
narsalarni 10 tagacha sanay olish;
sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanish;
10 tagacha bo‘lgan sonlarni yonma-yon turganlarini (ko‘rgazma asosida)
taqqoslay olish;
teng bo‘lmagan 2 guruh narsalar sonini ikki usul bilan tenglashtira olish (1ta
arsa
kushish
yoki ayirish usuli bilan);
0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarning nomi va farqi;
turli miqdordagi 10 tagacha bo‘lgan narsalarni eni, bo‘yi, balandligi,
83
qalinligi, o‘lchami va ular orasidagi munosabatlarni hisobga olgan holda ortib
borishi
yoki kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash;
narsalar shaklini: doiraviy, uchrubchak, to‘g‘ri to`rtburchakli, kvadrat,
to‘rtburchakli, oval ko‘rinishdagilarini
farqlash;
qog‘oz varag‘ida yo‘nalishlarini farqlash;
narsalarning o‘ziga yoki boshqa narsalarga nisbatan joylashish vaziyati,
yo‘nalishini so‘z bilan ifodalash;
hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilari.
Bo‘lajak fuqaro shaxsining har tomonlama kamol toptirilishining asoslari bola
hayotining dastlabki yillarida, maktabgacha bolalikda qo‘yiladi. So`nggi yillarning
psixologik-pedagogik
tadqiqotlari
bolada
idrok
qilinadigan
obyektlar
xususiyatlarining analizi va sintezining, kuzatiladigan hodisalarni taqqoslash va
umumlashtirishlarning, eng sodda bog‘lanishlar va ular
orasidagi munosabatlarni
tushunmoqning yetarlicha murakkab shakllari tarkib topishi mumkinligini
ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturida nazarda tutilganidek,
matematik tayyorgarlikda bolalarni sanoqqa o‘rgatish, birinchi o‘nlik uchida
miqdoriy munosabatlarni rivojlantirish, eng sodda arifmetik masalalarni yechish va
tuzish bilan bir qatorda namo
yon qilingan to‘plamlar ustida amallar bajarishga,
shartli ulchovlar bilan o‘lchashlar o‘tkazishga, sochiluvchi va suyuq jismlarning
hajmini aniqlashga bolalarning ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga
ularning geometric figuralar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarini
rivojlantirishga,fazoviy
munosabatlarni tushunishlarini, predmetlarni teng
qismlarga bo`lish malakalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.
Masalalarning bunday kompleksi matematik rivojlantirishning dasturi bo‘lib,
maktabgacha
yoshdagi bolalarning miqdoriy va boshqa munosabatlarni chuqurroq
tushunishlarini ta’minlaydi va matematik tafakkurning, nutqning istiqbolda
takomillashuviga asos soladi. Bularning hammasi bolalarning aqliy
rivojlanishlariga va ularni maktabda o‘qishlariga muvaffaqiyatli tayyorlashga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: