Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Bolalarni maktabga tayyorlashda talimiy faoliyatlarning ahamiyati



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Bolalarni maktabga tayyorlashda talimiy faoliyatlarning ahamiyati. 
Talimiy faoliyat tarbiyachi tomonidan bolalarga kerakli bilim va malakalarni 
umumiy holda xabardor qilish demakdir. Ta’limiy faoliyatlar kun davomida 
o‘tkazib boriladi. Kunning birinchi qismiga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar ancha 
samara beradi. Talimiy faoliyat jara
yonida bolalarda mustaqil fikrlash ko‘nikma va 
malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini tinglash, o‘rtoqlari bilan 
gaplashmaslik, har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga 
harakat qilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o‘rgatib 
boriladi. Har bir 
yosh guruhlarda necha marta ta`limiy faoliyat o‘tkazish bolalar 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya dasturida belgilab boriladi. Talimiy 
faoliyatning turlari haqida gapiradigan bo‘lsak, talimiy faoliyatning turlari 
quyidagichadir: Bolalarning bilimlarini sinovchi talimiy faoliyatlar – ushbu 
ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazishdan maqsad, tarbiyachi dasturda belgilangan bilim 
va malakalarini egallash darajasini bilib oladi va keyingi ishlari davomida ishlarni 
inobatga oladi. Kompleks ta`limiy faoliyatlar – bu ta’limiy faoliyat bolalar 
maktabgacha ta’lim ashkiloti tajribasida keng tarqalgan bo‘lib, bunday ta’limiy 
faoliyatlarda bolalarga yangi bilim beriladi. Talimiy faoliyatning tuzilishi esa:
- bolalarni uyushtirish; 
- asosiy qism; 
- yakuniy qism. 
Talimiy faoliyatga tayyorlanish mazmuni ham mavjud bo‘lib, ushbu mazmunga 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
1. Ta`limiy faoliyatni rejalashtirish. 
2. Kerakli jihozlarni oldindan tayyorlash. 
3. Bolalarni ta`limiy faoliyatga tayyorlash. 
Bolalarni maktabga tayyorlashda tarbiyachi ta`limiy faoliyatni bir 
bo‘limidan bitta emas, balki butun bir ta`limiy faoliyatning mazunini 
rejalashtirib olib borilsa, ijobiy natijani qo‘lga kiritadi. Tarbiyachiga metodik 
qo‘llanmalardan foydalanib mashg‘ulot o‘tish tavsiya etiladi. Har bir MTTda 
metodik xonalar mavjuddir. Unda maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya 
dasturining hamda hamma bo‘limlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bo‘ladi. 


77 
Yetishmovchiliklarni tarbiyachi o‘zi tayyorlaydi va bu ishga ba’zan tayyorlov 
guruhidagi, ya’ni maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni jalb etadi. 
Tarbiyachi ta’limiy faoliyat uchun kerakli jihozlarni bir kun avval tayyorlab 
qo‘yadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining birinchi kichik guruhida haftasiga 
10 ta ta`limiy faoliyat o‘tkaziladi. Ular quyidagicha taqsimlanadi: 

atrofdagi voqealar bilan tanishtirish va bolalar nutqini rivojlantirish; 

rasm chizish va loy 
yoki plastilindan narsa yasash; 

qurilish materiallari bilan mashqlar bajarish; 

musiqa mashg‘ulotlari; 

jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari. 
Ta’limiy faoliyatlar 10-15 daqiqa davom etadi va ular shanba kunidan 
tashqari har kuni ertalab va kechqurun o‘tkaziladi. ta’limiy faoliyatlar bilan bir 
qatorda sayr vaqtida atrofdagi narsalarni kuzatish, harakatli va didaktik o‘yinlar 
rejalashtiriladi. ta’limiy faoliyatlarning katta qismi rivojlanishi bir xil darajada 
bo‘lgan bolalarni birlashtiruvchi kichik guruhlarda o‘tkaziladi. Batafsil tushuntirish 
va kattalarning 
yordamini talab qiladigan yangi materialdan foydalaniladigan 
ta’limiy faoliyatlar (masalan, yig`ma kartinalar 
yoki yangi konstruktor, birinchi 
marta beriladigan mashg‘ulotlar) ana shunday o‘tkaziladi. Harakatlarining 
navbatiga rioya qilinadigan ta’limiy faoliyatlarda bolalar uncha ko‘p bo‘lmasligi 
kerak. Masalan, gimnastika asboblari bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari, «Loto» tipidagi va nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlari ana shunday 
bo‘ladi, bunda ayrim bolalar o‘z faolliklari bilan boshqalarini chetga surib 
qo‘yishlari mumkin. Ammo hayotning uchunchi yilida ta`limiy faoliyatlarning 
ayrim turlarini butun guruh bilan o‘tkazish ham mumkin, chunki bola xulq-atvor 
qoidalarini (butun e’tibor bilan tinglash, jim utirish) egallagan bo‘ladi, o‘z 
harakatlarini boshqa bolalar bilan muvofiqlashtira boshlaydi, kattalarning nutqi 
uning harakatini yo‘lga soladigan bo‘ladi. Bolalarning butun guruh bilan ayni 
vaqtda musiqa ta’limiy faoliyatlarini, harakatli o‘yinlarni, shuningdek bolalarning 
o‘zlari asosan tomoshabin bo‘ladigan ko‘rgazmali insenirovkalarni o‘tkazish 
mumkin. 
Ta’limiy faoliyat vaqtida tarbiyachining e’tiborini hech kim chalg‘itmasligi, 
xona jimjit bo‘lishi, halaqit berishi mumkin bo‘lgan hamma narsalar chetga olib 
qo‘yilishi kerak. Bolalarning mustaqil faoliyati bilan, ayniqsa, o‘yin bilan bog‘liq 
mashg‘ulotlar katta samara beradi. Masalan: musiqa mashg‘ulotlari, sensor 
rivojlanish ta’limiy faoliyat turlaridan foydalanish mumkin. Hayotning uchunchi 
yilida bolalarni o‘rgatish ko‘rgazmali tarzda olib boriladi. Ta’limiy faoliyatlar 
maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘qitishning asosiy shaklidir. Ular maktabgacha 
ta`lim 
yoshidagi hamma bolalar uchun majburiy; ular uchun dastur mazmuni 
belgilangan, kundalik rejimida doimiy vaqt ajratilgan, ularning qancha vaqt davom 


78 
etishi tayinlangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limiy faoliyatlar bolalarni 
maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Bu ta’limiy faoliyatlarda bolalar 
o‘quv faoliyati ko‘nikmalari hosil qiladilar, ancha intizomli, uyushgan bo‘lib 
boradilar. Ularda barqaror diqqat, diqqatni bir narsaga qarata olish, irodaviy zo‘r 
berilish qobiliyati rivojlanadi. Tizimli o‘qish natijasida bilishga qiziqish paydo 
bo‘ladi. Bolalarni jamoada o‘qitish muayyan afzalliklarga ega: birgalikda ishda 
ular bir-birlariga faol ta’sir etadilar, tashabbus, fahm-farosat ko‘rsatish imkoniga 
ega bo‘ladilar. Bolalar oldilariga ko‘pchilikdan kuch-g‘ayrat talab qiladigan 
vazifalar qo‘yilganda birgalikdagi kechinmalar paydo bo‘ladi, jamoaviylik tuyg‘usi 
vujudga keladi Ekskursiyalar, rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, 
qurish-yasashga oid ishlarni birgalikda bajarish, umumiy o‘yinlarda va musiqa 
mashg‘ulotlardagi raqslarda, harakatlarni rivojlantirish ta’limiy faoliyatlarida 
birlashish, badiiy adabi
yotni o‘qish tufayli yuzaga kelgan birgalikdagi kechinmalar 
– bularning hammasi inoq bolalar jamoasini vujudga keltirishda 
yordam beradi 
hamda, jamoada yashash va ishlash ko‘nikmasi hosil qiladi. Ta’limiy 
faoliyatlardagi o‘qitish jarayonida bolalarda maktabga va o‘qishga qiziqish 
tarbiyalanadi, to‘g‘ri va xulq-atvor ko‘nikmalari, mas’uliyat hissi, ishchanlik, 
o‘zini tuta bilish, ishda zo‘r berish odati hosil qilinadi. Bolalarga kerakli bilim va 
malakalarni ta’limiy faoliyat jara
yonida, yangi pedagogik tehnologiya 
materiallaridan va tarbiyaning samarali metod usullaridan foydalanilsa, bolani 
yosh, ruhiy fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishning 
samaradorligi oshadi. Bolalar ta’limiy faoliyatlarning turli xil ko‘rinishlarini 
egallashlari orqali, 
yoshlari o‘sib borishi davomida maktabga bo‘lgan qiziqishlari 
ham o‘sib rivojlanib boradi. Buning natijasida ular maktabda ham hech qiynalmay 
o‘qib, rivojlanishni davom ettirib boradilar. 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin