Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni
jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari,
intilish va ehti
yojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga,
mustaqillik goyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlash, ularni
maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga
muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni
rivojlantirish jara
yoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga
erishish «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Har bir oila
barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg`urishi lozim. Shu bois «Ta’lim to‘g‘ri
sida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamalkatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi
yotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni
tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog‘lom avlodni
tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Hech kimga sir emaski,
69
respublikada bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya tashkilotlariga jalb qilish kam
foizni tashkil qiladi. Bunday nomutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam
qo‘ygan kundan boshlab ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim tarbiya
mazmuni, shakli, vosita va metodlarini engilashga alohida e’tibor berilmoqda.
Davlat va jamiyat maktabgacha
yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida
rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha
yoshdagi bolalar
ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha
yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch
dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha
ta’lim tashkilotlariga jalb etilmagan bolalarni ham rivojlantirish va yagona davlat
talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya jara
yoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir
so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga etkazish asosiy maqsad qilib
belgilandi. Bu o‘zluksiz ta’lim tizimining ilk turi – maktabgacha ta’limga o‘ziga
xos
yondoshuvni talab etar edi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va
jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash
vazifasi qo‘yiladi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomila orqali, so‘ng ta’limiy
faoliyatlar, o‘yinlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. Bola har doim buyumlar,
hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi,
ushlab ko‘radi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak-
atrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi
va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga
yordam
beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat
usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni
ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma,
malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlarga bo‘lib, bor bilimlarni chuqur
egallab olishga
yordam beradi. Pedagogika, psixologiya fani aqliy tarbiya
vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda bolaning imkoniyatlarini to‘g‘ri
foydalanishni, ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab
bo‘ladigan ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri
tashkil etilgan faoliyat jara
yonidagina to`la qonli aqliy rivojlanish ro`y beradi. Shu
sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab
muomala orqali so‘ng ta`limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini
egallab olishlari, ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va
70
ko‘nikmalarini
egallab
olishlari,
ularning
maktabda
muvaffaqiyatli
o‘qishlari uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib, xizmat
qiladi. Maktabgacha ta`lim
yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy
vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy
dun
yoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning vazifasi,
sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
2. Bilishga dorir ruhiy jara
yonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol,
tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning
erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlning
sinchikovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan
iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari,
predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib
ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha
yoshdagi bolalarga
aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha tizimli ta`limiy faoliyatlar olib
borilgandan keyin bolalar o‘simlik,
yosh hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lum bir
tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni
rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan ta`limiy faoliyatlarni o‘tkazishni
rejalashtirish mumkin. Bular quyidagilar: «Sen ta’rifla, men topaman».
Didaktik
vazifa
–
kattalarning
savollariga
narsaning
xarakterli
belgisini ajratib va nomini aytib javob berish. O‘yin harakati – kattalarga
topishmoqni aytish. O‘yin qoidasi – ta’riflana
yotgan narsani nomini aytish
mumkin emas. Tarbiyachining savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish.
Jixozlash – sabzavot va mevalarni stol ustiga qo‘yiladi.Tarbiyachi
stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi. O‘yinning borishi – Tarbiyachi
bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning
qandayligini surayman. Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning
javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman. Keyin tartib bilan tarbiyachi
savol beradi: «Shakli qanday?, Hamma tomoni shardek dumaloqmi?, Chuqurchasi
bormi?, Rangi qanday?» va boshqa. Bolalar savollarga tula javob berishadi.
Bolalar narsaning xarakterli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi
topishmoqni topadi. Ta`limiy faoliyatda, o‘yinda, tabiat burchagida va
maydonchadagi mehnatda, ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga
atrofdagi olamning turli-tumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning turli
71
xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o‘simlik va hayvonot olami haqida
elementar tushunchani shakllantiradi. Tarbiyachining hikoyasidan faolroq
o‘zlashtirib olishga bolalarning jozibali munosabati imkon beradi. Ta`limiy
faoliyatlarda, didaktik o‘yinlarda qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va
hodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umumiy
xususiyatlarga, belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klassifikatsiya etishga
o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalar chiqarishga o‘rganadi, bolalar
diqqati, xotirasi va ixti
yoriy idroki rivojlanadi. Ta`limiy faoliyatni, o‘yin vazifasini
hal etishda bola o‘zining xatti-harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining o‘sishiga
yordam beradi. Ta`limiy faoliyatlar,didaktik o‘yinlar davomida turli maktabgacha
yoshdagi bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali Maktabgacha ta’lim
tashkilotining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini o‘zlashtiradilar.
Tabiiy materiallar bilan uynaladigan o‘yinlarni tanlashtirishda tarbiyachi o‘yinning
mazmuni atrof muhitdagi tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim.
Masalan: «Urug sotib olish» o‘yini bahorda, «Hosil yigishtirish» esa
yoz yoki
ko‘zda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham ta`limiy faoliyat , o‘yinning
turlicha variantlarini uylashi mumkin: o‘yinga, ta`limiy faoliyatga qo`shimcha
vazifa, yangi rol, bolalarning atrofdagi tabiat haqidagi bilimlarini boyitishga va
boshqalar. Ba’zi bir xil didaktik o‘yinni turli variantda, turli
yoshdagi bolalar
uchun tavsiya etiladi. O‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar
yoki boshqa predmetlarning
soni oshishi, turlicha qoida va o‘yin harakatlarining oshishi hisobiga
murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, olma va
boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan meva va
sabzavotlarni kiritish mumkin. Maktabgacha ta`lim
yoshidagi bolalarga barg,
gullar bilan o`ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat stolini bezash, guldasta,
barglarni kattalarga, kichik bolalarga sovg`a qilishga xohishlari bilan bog‘lanadi.
Bunday o‘yinlarni, ta`limiy faoliyatlarni o‘tkazishda bolalarni o‘simliklarga
nisbatan ehti
yotkorlik, gullarni bekordan-bekorga uzmaslikka o‘rgatish lozim.
Agar bola olma
yoki boshqa predmetlarni shakliga diqqatini qaratgan bo`lsa, unga
olmani dumalatib ko`rish, koptokdek silab ko`rish, uning sillikligini aniqlashni
taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik tushunchalarini ishlatishga
o‘rgatish lozim. Xilma-xil tabiat hodisasi olamida bolalarning bevosita
Kuzatishlari uchun eng tushunarligi o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha
ta`lim
yoshidagi bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish jarayonida
bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlarni parvarishlashga,
o‘simliklarni o‘stirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi.
Dostları ilə paylaş: |