86
foydalaniladi. Bu holatda bolalardan bittasi ishining oz qismini bajaradi, ikkinchisi
uni davom ettiradi. Ko‘pincha qo‘l mehnati ta`limiy faoliyatlariga barcha bolalar
uchun bir vaqt ajratiladi. O‘yinchoqlar qog‘oz, tabiiy materiallarni bolalar butun
guruh bo‘lib
yoki kichik guruhlarga bo‘linib bajaradilar. Bu maqsadda alohida joy
jihozlanib, u erga material va asboblar joylashtriladi. Qo‘l mehnatini bajarishda
bola natijaga erishadigan narsa bu buyum vujudga keladi bolalar
yopishtirish,
bo‘yash, tikish, qirqish va shunga o‘xshash oddiy mehnat malaka ko‘nikmalarini
egallab oladilar. Yilning issiq vaqtlaridagi sayrlarda yerni chopish va yumshatish,
o‘toq qilish, hosilni yig‘ishtirish bo‘yicha birgalikdagi ish tashkil etiladi. Bu
holatda mehnatni tashkil etishning asosiy shakli guruh (3-4 bola) bo‘lib
bajariladigan davomli topshiriqlar bo‘ladi. Mehnat faoliyati har xil mehnat
jara
yonlaridan tashkil topgan har xil mehnat turlarining umumlashtiruvchi keng
tushunchasidir. Mehnat jara
yonini mehnat faoliyatining o‘ziga xos bir Bo`lagi
bo‘lib uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari
mehnatning maqsadi. Material va mehnat qurollari biron natijani yuzaga keltirish
maqsadiga erishishi uchun sarf qilingan barcha mehnat harajatlari, mehnat
sabablari va mehnat mahsuli yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mehnat faoliyatini egallash
bu, birinchi navbatda, mehnat jara
yonining uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda
egallab olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi
va ular quyidagilardan iboratdir.
1. Bolalarni bo‘lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo‘yishga o‘rgatish.
2. Mehnat jara
yonini, mehnat faoliyatini eng oddiy rejalab olishga o‘rgatish.
3. O‘z ish joyini tayyorlab olishga o‘rgatish.
4. Mehnat malaka va ko‘nikmalarini o‘rgatish.
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati qancha vaqt
bajarilganligiga qarab o‘zining va boshqalarning ishini to‘g‘ri baholashga
o‘rgatish.
6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.
7. Jamoa mehnat faoliyatini vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni
shakllantirish.
Shunday qilib, bolalar mehnatini to‘g‘ri tashkil etish har bir bolani har xil
mehnat turlariga muntazam jalb qilishni nazarda tutadi. Bunda ishning jamoa va
yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Ish hajmi nazarda tutiladi. Uskunalar
to‘g‘ri tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: