O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari
99-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar
boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat
va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli 
Qonuni 
tahririda —
O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
100-modda.
Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash,
budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(100-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-671-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
101-modda.
Mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga
oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda
qatnashadilar.
Yuqori organlarning o‘zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi organlar
ijro etishi uchun majburiydir.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati — 5 yil.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin