O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


VIII bob. Siyosiy huquqlar



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

VIII bob. Siyosiy huquqlar
32-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita
hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi
boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish,
shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va
takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R
QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun
bilan belgilanadi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
33-modda.
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar,
yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat
xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga
ega.
34-modda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa
jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek
hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari,
erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.
35-modda.


Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga,
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar 
qonunda 
belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi
shart.

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin