14
Bu davrda folklorshunos
Buyuk Karimov (1906-1945) ham o`zbek xalq
ertaklari ustida samarali tadqiqotlar olib bordi. 1939 yilda
«O`zbek xalq ertaklari»ni
nashr ettirdi. Mazkur kitob ertaklar bo`yicha tuzilgan birinchi yirik to`plam edi.
XX asr 30-yillarining 2-yarmida folklorning deyarli barcha janrlarini
o`rgagishga va yozib olishga e`tibor kuchaydi. Sharif Rizo o`zbek xalq latifalarini
to`plashga kirishdi va so`z boshi yozib, 1941 yilda 240 ta latifani 6 ta kitobcha
holida nashr ettirdi. U «Guliston» jurnalining 1940 yil 4-sonida bosilgan maqolasida
birinchi bo`lib qiziqchilar bilan askiyachilar bir-biridan farqlanadi deb yozadi. Olim
maqolalarida Qo`qondagi bir guruh askiyachi va qiziqchilarning ijodiy faoliyatini
yoritadi.
XX asr 30-yillarining oxiriga kelib xalq dostonlariga jiddiy e`tibor berila
boshlandi. H. Olimjon, M. Shayxzoda, Hodi Zarif, Shokir Sulaymon, M. Afzalov,
B.Karimov, Y. Sultonov va boshqalar
«Alpomish»,_«Shirin_bilan_Shakar»,_«Orzigul»,_«Murodxon»,_«Rustamxon»,_«Go`ro`g`lining_tug`ilishi»,_«Malika_ayyor»'>«Alpomish», «Shirin bilan Shakar»,
«Orzigul», «Murodxon», «Rustamxon», «Go`ro`g`lining tug`ilishi», «Malika
ayyor» kabi o`zbek eposining eng yaxshi namunalarini nashr ettirib, o`quvchilar
hukmiga havola etdilar.
Ikkinchi jahon urushi davrida ham o`zbek folklorlarini o`rganish ishlari davom
ettirildi. Bu yillarda yaratilgan ulkan tadqiqot, shubhasiz, V.M. Jirmunskiy bilan Hodi
Zariflarning Moskvada 1947 yilda nashr etilgan,
«O`zbek xalq qahramonlik eposi»
kitobidir. Bu kitobda o`zbek folklorshunoslik fanining XX asr 40-yillariga qadar
qo`lga kiritgan yutuqlari bir qadar umumlashtirilgan edi. Mazkur asar xalqimizning
boy og`zaki badiiy ijodini dunyoga tanitishda asosiy rol o`ynadi va 1958 yilda
Germaniyada nemis tilida bosilib chiqdi.
1956 yil 20-25 sentyabrda Toshkentda
«Alpomish» eposi muhokamasiga
bag`ishlangan hududiy kengash bo`lib o`tdi. Kengashda
«Alpomish» dostonining
g`oyaviy mazmuni, xalqchilligi borasida qimmatli fikrlar bayon etildi. Bu ulkan
eposning qozoq, qoraqalpoq, tatar, boshqird, oltoy, tojik tarmoqlari haqida jiddiy
mulohazalar yuritildi.
«Alpomish» dostoni zararli emas, aksincha, xalq uchun juda
zarur, foydali asar ekanligi isbotlandi.
1960-1980- yillarda o`zbek folklorini ilmiy-nazariy o`rganish sohasida juda
ko`p va yirik tadqiqotlar amalga oshirildi. Bu davrga kelib xalq og`zaki ijodining
badiiyati masalalarini tadqiq qilish birinchi darajali ish bo`lib qoldi. Atoqli
folklorshunos olimlar Muhammadnodir Saidov
«Malika ayyor» dostoni» (1964),
Dostları ilə paylaş: