17
5. Qadimgi davr folklorining ahamiyati.
Folklorshunos olimlar o`zbek folklorini quyidagi davrlarga bo`ladilar:
1. Qadimgi davr folklori.
2. X-XIX asarlar folklori.
3. XX asr folklori.
4. Mustaqillik davri folklori
Folklor taraqqiyotining bunday bo`linishi, albatta, shartlidir,
Chunki folklor
asarlari o`z xususiyatidan kelib chiqib barcha davrlar uchun umumiylik kasb etadi.
Shuningdek, ma`lum folklor asarining yaratilgan davri aniq bo`lmaydi. Ammo
davrlashtirilganda ko`proq umumiylik nazarda tutiladi, ya`ni ayrim yozma manbalar,
tarixiy voqealar hisobga olinadi.
Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan
va ijro etilgan folklor asarlarini nazarda tutamiz. Tabiiyki, bu davrda yaratilgan
folklor asarlarini qaysi manba orqali o`rganamiz yoki boshqalardan
qanday ajratamiz
degan savol tug`iladi. Qadimgi davr folklori haqidagi ma`lumotlarni bizga qadar etib
kelgan ayrim yozma manbalardan, arxeologik topilmalardan o`rganamiz.
Qadim zamonlarda bugungi kunda qozoq, qirg`iz, turkman, tatar, boshqird,
ozarbayjon, o`zbek, turk va h.k. deb atalayotgan
turkiy xalqlar bir qavm
hisoblanganlar. Shuning uchun XVII asrgacha «turkiy» deb nomlangan atama ilmiy
adabiyotlarda ko`p uchraydi. «Avesto», «O`g`uznoma», «Kitobi Dada Qurqut» kabi
asarlar qadimgi turkiy xalqlar og`zaki ijodining yodgorliklaridir. To`g`ri, «Avesto»da
forsiy xalqlar hayoti ham o`z ifodasini topgan. Ammo bu kitobda qadimga
ajdodlarimiz ijodi ham aks etgan. «Avesto»ning muallifi esa xorazmlik yurtdoshimiz
Zardusht bo`lganligi diqqatga sazovordir. «Avesto»
yubileyining YUNESKO
miqyosida nishonlanishi munosabati bilan bu haqdagi bilimlarimizga yanada aniqlik
kiritildi va uning o`zbekchaga o`girilishi katta yutuq bo`ladi.
XI asrdan boshlab «Qutadg`u bilig», «Hibat - ul haqoyiq», «Devonu lug`atit-
turk» kabi yozma yodgorliklar ham vujudga kela boshladi. Bu asarlarga o`sha davr
folklori ta`siri juda kuchli bo`lganligi yaqqol bilinib turadi. Ayniqsa, Mahmud
Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» asari, qadimgi davr
turkiy xalqlar folklorini
o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan manbalar asosida qadimgi davr folklorida quyidagi
janrlar mavjudligi aniqlanadi: mif(asotir), afsona, rivoyat, qo`shiq, maqol va marosim
qo`shiqlari.
Mif - ibtidoiy jamoa a`zolari tomonidan olam va odamning paydo bo`lishi
haqida to`qilgan eng qadimgi hikoyalar hisoblanadi. Islom dinidan avval ajdodlarimiz
tasavvurida ezgulik va yovuzlik ruhlari, shuningdek, quyosh, hosil,
urush va boshqa
18
narsalarning ma`bud hamda ma`budalari bo`lgan. Natijada miflarda insonning inson
sifatida shakllanish jarayoni o`z ifodasini topadi. Sharq ilmiy adabiyotlarida miflar
arabcha asotir, forscha afsona, turkiy tilda sav atamalari bilan ham yuritiladi. Ammo
jahon folklorshunosligida «mif» atamasini qo`llash an`ana bo`lganligi uchun ham biz
qadimgi hikoyalarni ana shu nom bilan ataymiz. Miflar
qadimgi ajdodlarimizning
quyidagi qarashlari natijasida paydo bo`lgan:
1. Totem.
2. Fetish.
3. Anim.
Dostları ilə paylaş: