15
Azot birikmalarining o‘simlik uchun foydalanish imkoniyati bor bo‘lgan
qismi oqsilning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayon bir qancha
bosqichlardan iborat. Birinchi bosqichda, mikroorganizmlar ishlab chiqadigan
proteaz fermentlari ta‗sirida, oqsillar aminokislotagacha parchalanadi. Ikkinchi
bosqichda, bakteriyalar ta‗siri ostida, aktinomitset va aminokislota qo‘ziqorini
parchalanishida ammiak hosil qiladi. Shuning uchun ushbu bosqich
ammonifikatsiya deb nomlanadi.
Ammonikatsiyada boshqa moddalar ham hosil bo‘lib, ularning ko‘pchilligi
yoqimsiz hidga (sulfid kislotasi, indol, markaptan) ega bo‘ladi, shuning uchun
oksillarning parchalanishi ko‘pincha chirish deb ataladi.
Ajralib chiqqan ammiak ko‘pincha o‘simliklarni oziqlantirish uchun
foydalaniladi, qolgan qismi bakteriyalar yordamida kislorod ishtirokida avval
azotli kislotaga (yoki nitritlarga) keyin esa azotgacha (yoki nitratgacha)
oksidlanadi. Bu bosqichda azotga aylanish nitrifikatsiya deb ataladi.
Netrifikatsiya reaktsiyasida energiya ajralib chiqadi va undan bakteriyalar
o‘zining hayot faoliyatida foydalanadi, ya‗ni ular xemoavtotroflardir.
Dostları ilə paylaş: