''etnotsentrizm" hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh
vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo`lishi,
bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu
borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri
millat vakillarida milliy g`ururning qay darajada bo`lishini aniqlash muammosi
turadi. Chunki ko`pincha milliy g`urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa
millatlarni mensimaslik, ulardagi g`urur yoki milliy hislarni tan olmaslik hollari
kuzatilmoqda. Umuman, bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yotgan
etnotsentrizm va milliy g`ururning salbiy ko`rinishlari boshqa millatlarning
tarixini, ularning an’analarini, tili va hokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi.
Milliy psixologiya bo`yicha o`tkazilishi lozim bo`lgan tadqiqotlarning
maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa
millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini
kuchaytirishdir. Chunki o`zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat
qilmaydi, buning uchun esa o`z psixologiyasini ham, o`zgalar psixologiyasini
ham bilishi kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barham berilishi
mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga ham xosdir. Ya’ni fan jamiyatga
shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi
lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar
psixologiyasini ham boshqarish mumkin bo`lsin.
Dostları ilə paylaş: