“ matematika o’qitish metodiksi ” fanidan taqdimot 1 mavzu: Boshlang’ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarni



Yüklə 390,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.10.2022
ölçüsü390,61 Kb.
#65619
  1   2   3   4   5
Taqdimot 1 - Mavzu ( 4 - kurs )



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VAO’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZАХ DАVLАT PЕDАGОGIKА INSTITUTI
“ MATEMATIKA O’QITISH METODIKSI ” FANIDAN TAQDIMOT
1 - mavzu: Boshlang’ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarni 
o’rgatish metodikasi. Uzunlik va yuz o’lchov birliklari. Vaqt o’lchov birliklari 

 

 
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar

Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi: 5111700 - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish


 
 
 
 
lektor : Gadayev D


Reja: 

Asosiy miqdorlar haqida tushuncha 

Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning 
umumiy metodikasi 

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov 
birliklari bilan tanishtirish metodikasi 


 

Boshlang‘ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy 
bog‘liqlikda turli miqdorlarni ham o‘rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz 
tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli 
narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi 
narsa yoki hodisaning xossasi bo‘lib, bu tushunchalar o‘quvchilarning butun 
o‘qishi davrida shakllanadi. 

Biz o‘quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og‘irlik), hajmi, vaqt, 
figuraning yuzi kabi miqdorlar to‘g‘risida tushuncha berishimiz kerak. Bu 
tushunchalarni o‘rganish arifmetik material bilan qo‘shib o‘qitiladi. 

Masalan: o‘lchashni o‘rganish, sanashni o‘rganish bilan, o‘lchov birliklari 
sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan 
miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o‘qitiladi. 
Miqdorlarni o‘qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog‘liq holda o‘qitib, 
politexnik bilimlar berish demakdir. 

Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik 
ta‘lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko‘rgazmali, aynan o‘zini 
va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud 
miqdorlar va ularni o‘lchashni amaliyotda ko‘radilar, kuzatadilar, 
haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni 
tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o‘lchash asboblaridan 
keng foydalanish kerak.



Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda 
turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni 
o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning 
xossalari aks etgan. 

Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki 
hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri 
shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega. 

Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning 
vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini 
tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning 
o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil 
bo‘lishi kerak 

Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida 
dastlabki tasavvurlar beriladi. 

Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud 
bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy 
yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish 
imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan 
ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi 
maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan 
tanishtirish. 



Yüklə 390,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin