O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VAO’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZАХ DАVLАT PЕDАGОGIKА INSTITUTI
“ MATEMATIKA O’QITISH METODIKSI ” FANIDAN TAQDIMOT
1 - mavzu: Boshlang’ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarni
o’rgatish metodikasi. Uzunlik va yuz o’lchov birliklari. Vaqt o’lchov birliklari
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5111700 - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
lektor : Gadayev D
Reja:
Asosiy miqdorlar haqida tushuncha
Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning
umumiy metodikasi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov
birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy
bog‘liqlikda turli miqdorlarni ham o‘rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz
tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli
narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi
narsa yoki hodisaning xossasi bo‘lib, bu tushunchalar o‘quvchilarning butun
o‘qishi davrida shakllanadi.
Biz o‘quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og‘irlik), hajmi, vaqt,
figuraning yuzi kabi miqdorlar to‘g‘risida tushuncha berishimiz kerak. Bu
tushunchalarni o‘rganish arifmetik material bilan qo‘shib o‘qitiladi.
Masalan: o‘lchashni o‘rganish, sanashni o‘rganish bilan, o‘lchov birliklari
sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan
miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o‘qitiladi.
Miqdorlarni o‘qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog‘liq holda o‘qitib,
politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik
ta‘lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko‘rgazmali, aynan o‘zini
va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud
miqdorlar va ularni o‘lchashni amaliyotda ko‘radilar, kuzatadilar,
haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni
tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o‘lchash asboblaridan
keng foydalanish kerak.
Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda
turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni
o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning
xossalari aks etgan.
Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki
hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri
shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning
vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini
tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning
o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil
bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida
dastlabki tasavvurlar beriladi.
Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud
bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy
yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish
imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan
ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi
maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan
tanishtirish.
Dostları ilə paylaş: |