“ matematika o’qitish metodiksi ” fanidan taqdimot 1 mavzu: Boshlang’ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarni



Yüklə 390,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix20.10.2022
ölçüsü390,61 Kb.
#65619
1   2   3   4   5
Taqdimot 1 - Mavzu ( 4 - kurs )

 Yuza va uning o‘lchov birliklari 



Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash 
tushunchasini kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-
sinfda o‘rganiladi. Yuza haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni 
shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq boshlanadi. 
Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat 
darslarida qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm 
solish figurani tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi 
sifatida qabul qilinishiga imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash 
tushunchasini uni ratsional hisoblash bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri 
to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga ko‘pincha bolalar “ bu 
uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish ” deb javob beradilar. 
Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi 
(sm
2
, m
2
) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi 
bolalarni yuza tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy 
ishdan foydalaniladi: stollar, partalar, 
kitob va daftarlar
, turli figuralar sirti, 
yuzasi birligini, ularni matematikada “yuza” (yuz) deb atalishini suhbat 
mobaynida tushuntiradi.



So‘ngra kvadrat detsimetr bilan tanishtiriladi. Buning uchun 
10x10 (kvadrat santimetr) li taxtachadan foydalanamiz, u 100 ta 1 
kv – sm li kataklarga ega. Uning tomonlari 10 sm =1 dan bo‘lgani 
uchun uni 1 kvadrat detsimetr deyiladi. 

1 dm 
2
= 10 · 10 = 100 sm
2

Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidan munosabat ham 
shu tariqa o‘rnatiladi. 

1m
2
= 100 dm
2
. 1m
2
= 100 sm
2
· 100 = 10000 sm
2

Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidagi munosabat ham 
shu tariqa o‘rgatiladi. 

1m
2
= 100 dm
2
. 1m
2
= 100 sm
2
- 100 = 10000 sm
2

Eng so‘ngi bosqichda to‘g‘ri to‘rtburchak yuzasini topish 
o‘rganiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish uchun uning 
tomonlari (bo‘yi va eni) ni o‘lchab, ularni ko‘paytiramiz.


Yüklə 390,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin