“ matematika o’qitish metodiksi ” fanidan taqdimot 1 mavzu: Boshlang’ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarni


Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning



Yüklə 390,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.10.2022
ölçüsü390,61 Kb.
#65619
1   2   3   4   5
Taqdimot 1 - Mavzu ( 4 - kurs )

Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning 
umumiy metodikasi 

Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri 
miqdor tushunchasidir. Boshlang‘ich 
sinflarda uzunlik
, jismning 
massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. 
Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy 
miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham 
tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash 
masalasi o‘rganilmaydi. 

Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika 
mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor 
haqida predmetlar va voqiylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq 
sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi. 

1 – 2 - sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt 
haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega 
bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, 
narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar
1




Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro 
bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va 
raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim 
o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 
2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur 
o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va 
tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz. 

Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, 
miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham 
tegishli nomi bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan 
foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 
m). 

Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda 
mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak 
bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo‘llash bilan 
bog‘liq 
mashqlarni shakllantirishda
, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini 
solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa 
miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-qayta takidlanishi lozim. 


U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni 
o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir 
miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni aloxida takidlash 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi O‘qituvchi harbir miqdorni 
o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib,o‘quvchilar 
faoliyatini quyidagicha tashkil etish mumkin. 



Yüklə 390,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin