2. Menyu satri (gorizontal menyu). Unda quyidagi bo‘limlar mavjud:
«Файл» (Fayl), «Правка» (Тahrirlash), «Вид» (Ko‘rinish), «Вставка»
(Qo‘yish), «Формат» (Bichim), «Сервис» (Хizmat ko‘rsatish), «Данныe»
(Ma’lumotlar), «Oкно» (Oyna), «Справка» (Ma’lumotnoma). Ulardan biri bilan
ishlash uchun satrdagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib
bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi.
Menyular bilan ishlash MS Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri
hisoblanadi.
Menyu satri
Nom maydoni
Standart uskunalar paneli
Formula satri
3. Vositalar paneli. MS Excel ning buyruqlari bilan ishlashni osonlashtirish
maqsadida ushbu buyruqlar ilovalar oynasida vosita (piktogramma, tugmacha) lar
shaklida tasvirlanadi. Bu vositalar bajaradigan vazifalariga ko’ra bir nechta
panellarga bo’lingan. Odatda ilovalar oynasida Стандартная (Standart) va
Форматирование (Bichimlash) panellari joylashgan bo’ladi. Foydalanuvchi
o’ziga kerakli panellarni oynaga joylashtirishi, kerakmaslarini esa olib tashlashi
mumkin.
a) Стандартная (Standart) vositalar paneli bosh menyuning standart
buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.
b) Форматирование (Bichimlash) vositalar paneli ma’lumotlarni
bichimlashga imkon beruvchi tugmalardan iborat.
4. Formulalar satri. MS Excel ga ma’lumotlar kiritilayotganda barcha
ma’lumotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu satrda aks ettiriladi.
5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol kataklarining
manzili va nomi ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (kataklar guruhi)ga yoki
tanlangan katakka tezda nom berish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha
ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda joylashgan strelka ustiga olib borib
sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobdagi nomlangan
kataklar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo‘lsa) hamma nomlarini birma-bir
ko‘rib chiqish mumkin.
|