1
1–MAVZU: OʼZBEK XALQINING MUSTAQILLIK UCHUN
INTILISHI VA MUSTAQILLIKNING QO’LGA KIRITILISHI.
REJA:
1. O’zbekistonda mustaqillik uchun harakatlarning boshlanishi.
2. “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati.
3. O’zbekistonda Prezidentlikning joriy etilishi.
4. “GKChP voqeasi” va unga O’zbekistonning munosabati.
5. O’zbekiston Davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi.
6. Mustaqil O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.
Tayanch tushunchalar:
Sovet davlati, siyosiy inqiroz, iqtisodiy inqiroz, milliy mustaqillik uchun
harakatlar, “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, Prezidentlikning joriy etilishi,
“GKChP voqeasi”, “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to'g'risida”gi Qonun, Mustaqil O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.
1990 yilga kelib sovet davlatining hukmronligi inqirozga uchrayotgan,
ittifoqdosh respublikalar o'z milliy mustaqilligi uchun keng harakatlarni olib
borayotgan davrlar bo'ldi. O'zbekistoning yangi rahbariyati ham mustabid tuzum
uchun butkul yot bo'lgan yangi ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar bilan
maydonga chiqdi. Aynan mana shu davr respublikaning mustaqillik sari yo'l olishi
bilan ifodalandi. O'zbekistonning rahbari I.A.Karimov boshchiligida boshlangan
bu yo'l tarixiy-ma'naviy tiklanish, markaz tomonidan olib borilgan qatag'onlik
siyosatiga chek qo'yish, o'zbek xalqi sha'nini himoya qilish, iqtisodiy tanazzul
holatini cheklash, ichki bozorni himoyalash, butkul yangi ijtimoiy himoya
siyosatini olib borish, markaz ta'sirini kamaytirish va boshqa keng qamrovli
tadbirlarlan iborat bo'ldi.
1990 yil bahorida Islom Karimov gorbachyovcha qayta qurish boshi berk
ko'chaga kirib qorganini anglab yetdi. O'sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida
bunday
odamlar
kamdan–kam
edi.
Rossiyada va boshqa ittifoqdosh
respublikalarda tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O'zbekistonda ham yuz
bermasligi uchun qat'iy choralar ko'rish kerak edi. O'zbekistonda hokimiyatning
ozgina zaiflashuvi ham respublikada millatlararo nizolar yangidan boshlanishiga,
ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli Gorbachev va uning
atrofidagilar norozi bo'lishiga va qarshilik ko'rsatishiga qaramay, O'zbekiston
Respublikasi Oliy respublika Prezidentligini joriy etdi.
2
1990 yil 23 martda esa O'zbekiston Kompartiyasi MKning Plenumi ham
respublika siyosiy tizimi to'g'risidagi masalani ko'rib chiqqan va unda O'zbekiston
hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o'tishi respublika suvereniteti va
davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta'kidlangandi. 1990 yil 24 mart
kuni O'zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 sessiyasida SSSR doirasida
birinchi bo'lgan siyosiy hujjatni – "O'zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta'sis
etish to'g'risida"gi qarorni qabul qildi va O'zbekiston Kompartiyasi MQ birinchi
kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
Shu tariqa, O'zbekiston – SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib o'zining milliy
huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O'zbekiston xalqining
manfaatlarini ko'zlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki
tadbirlarning o'ziyoq prezidentlik boshqaruvining o'z vaqtida ta'sis etilganidan
dalolat berdi.
O'zbekiston mustaqillikka erishishida qo'yilgan yana bir muhim qalam bu
1990 yil 20 iyunda "Mustaqillik Deklaratsiyasi" qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur
qonun O'zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta'minladi.
Deklaratsiyada har bir millat o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan
holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya
tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi.
1990 yil 1 oktyabrda “O'zbekiston SSR Prezidenti Kengashining tarkibi
to'g'risida” O'zbekiston SSR Prezidentining Farmoni e'lon qilindi. Farmon asosida
O'zbekiston SSR Prezidenti Kengashpning 14 kishidan iborat a'zolari tayinlandi.
O'zbekiston Prezidentining bevosita ko'ursatmasi bilan respubliki ichki ishlar
vazirligining mas'ul lavozimlariga malakali mahalliy kadrlar qo'yildi. Bu
tadbirlarning huquqiy asosi bo'lib. 1990 yil 31 oktyabrda Prezident imzolagan
"'Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish
to'g'risida"gi O'zSSR Qonuni, 1991 yil 25 oktyabrda qabul qilingan Vazirlar
Maxkamasining "O'zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi to'g'risida"gi
qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi.
1991 yil 31 avgustga kelib "Mustaqillik Deklaratsiyasi" O'zbekistonning
mavjud bo'lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta'minlash, barcha sohada mustaqil
siyosat olib borish imkonini berdi. 1991 yilga kelib O'zbekistonda respublikaning
davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish
borasida dadil ishlar boshlandi. 1991 yil 15 fevralda O'zbekiston Oliy Kengashi
"O'zbekistonning davlat ramzlari to'g'risida" maxsus qaror qabul qildi.
O'zbekistonning o'z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respubdikada qabul
qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq
qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashkari, har bir qonun avvalgidek
Ittifoq qonuninga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi
3
bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yil 21 iyulida O'zbekiston SSR Oliy
Kengashi Prezidiuminiig "O'zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa
bo'ysinuvchi davlat korxonlari, muassasalari va tashkilotlarini O'zbekiston
SSRning huquqiy tobeligiga o'tkazish" to'g'risida qabul qilgan qarori ham
O'zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston SSR Oliy Kengashn va
hukumati O'zbekistonning siyosiy–iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti
uchun dadil qadamlar tashlanganligining isboti bo'lib qoldi.
1991 yil 18 avgustda Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar
M.Gorbachevni rahbarlikdan chetlashtirib, Favqulodda holat davlat komitetini
tuzadi. Bu voqea “GKChP voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi. GKChP
rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga
nisbatan tazyiq va ta'qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib borayotgan qizil
imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. Shu maqsadda ular butun SSSR hududida
favqulodda holat joriy etmokchi, milliy respublikalarning o'z xalqi manfaatlarini
o'ylab qilgan qonun va qarorlarini bekor etmoqchi bo'ladilar.
O'zbeknstonning rahbari bu vaqtda Hindiston safarida bo'lib, Respublika
rahbarining yo'qligidan foydalangan O'zbekiston SSR vitse–prezidenti va
O'zbekiston Kompartiyasining ikkinchi kotibi O'zbekiston SSR hududida SSSRda
Favqulodda holat davlat qo'mitasining faoliyatini qo'llab-quvvatlash haqida
ko'rsatma berib yuboradilar. I.A.Karimov Favqulodda holat e'lon qilinganini
eshitib, zudlik bilan Toshkentta qaytadi va O'zbekiston SSR hududida GKChPning
qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko'rsatma beradi. 1991 yil 20 avgust
kuni
O'zbekiston
SSR
Oliy
Kengashi
Soveti,
Vazirlar
Mahkamasi,
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida
majlis o'tkazadi. Unda so'zga chiqqan I.A.Karimov har birimiz og'ir va vazmin
bo'lishimiz kerakligini, boshimizga tushgan sinovlar, noaniq davr va sharoitdan,
avvalambor, aql va idrokimizni bir joyga yig'ishtirib, insof va vijdonni
yo'qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishmiz kerakligini" alohida ta'kidlab
o'tadi. 1991 yil 21 avgust kuni O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni
bilan Favqulodda holat davlat qo'mitasining O'zbekiston Konstitutsiyasi hamda
qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e'lon qilindi.
O'zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan
Respublika ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi qo'mitasi qonuniy ravishda
O'zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR
ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga
bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo'mitasi,
prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo'shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari
va qo'shinlari partiyadan butunlay holi qilindi.
4
Umuman, XX asrning 80–yillari ro'y bergan ulkan siyosiy voqealar jahon
taraqqiyotini keskin o'zgartirib yubordi, qarama-qarshilikka, sinfiy ziddiyatga,
o'zaro kamsitishlarga va zo'ravonlikka asoslangan, besamar “sotsialistik
taraqqiyot” yo'lini mahkam ushlagan, dunyoning oltidan bir qismida
umumbashariy g'oyalarni rad etib, faqat kuch ishlatish va xalqlarni qaramlikda
saqlab turish yo'lini amalga oshirib kelgan yirik va so'nggi imperiyalardan biri
bo'lgan SSSRning parchalanib ketishi dunyoda yangicha siyosiy, ijtimoiy,
ma'naviy qiyofa kasb etdi. Mustamlakachilikning uslubiga asoslangan mustabid
imperiya o'rnida umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va demokratiya
taraqqiyotining asosiy yo'nalishi kilib olgan mustaqil davlatlar paydo bo'ldi. Yangi
paydo bo'lgan MDH davlat o'zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy–
ma'naviy
taraqqiyot
yangi
bosqichiga
qadam
qo'ydilar.
O'zbekiston
Respublikasining qaramlik asoratidan qutilib, davlat mustaqilligini qo'lga
kiritganligi xalqimiz taqdirida buyuk o'zgarishlar yasadi.
Gap O'zbekiston mustaqilligi haqida borganda, shubhasiz, O'zbekiston SSR
Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi
“Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning o'rni va ahamiyatiga alohida to'xtalish lozim.
Zero, bu muhim hujjat O'zbekistoning mustaqillikka erishishida qo'yilgan
navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan
Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko'rsatdilar.
O'zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq
deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 18
iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga
kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat'iy talab etdilar.
O'zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a'zolari, komissiya raislari va
muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” hususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish
va so'ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar.
1991 yil 19 iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari,
huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matni batafsil ko'rib chiqildi. Natijada bu
masala 20 iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama–modda,
bandma–band muhokama qilindi, har bir millat o'z taqdirini o'zi belgilashi,
Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta–qayna ta'kidlandi. Unda o'zbek
xalqining asrlar davomida qo'lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot
borasidagi boy tarixiy tajribasi va an'analari hisobga olinishi uqtirildi. Sessiyada
qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratyasi” kirish qismiga quyidagicha yozib
qo'yildi: – “O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o'zbek
xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an'analari, har bir
millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huqukini ta'minlashdan iborat oliy maqsad
5
haqi, O'zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda
xalqaro huquq qoidalari,
umumbashariy
qadriyatlarga
va
demokratiya
printsiplariga asoslanib O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat
mustaqilligini e'lon qiladi”.
Shuningdek, birinchi moddada: “O'zbekiston SSRniig demokratik davlat
mustaqilligi respublikaning o'z hududida barcha tarkibiy kismlarni belgilashda va
barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir” – deb belgilab qo'yildi. Sessiya
qabul qilgan “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat
bilan kutib olindi.
Shu kundan boshlab respublikada O'zbekistonning iqtisodiy va siyosiy
hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.
1991 yil 15 fevralda O'zbekiston Oliy Kengashi «O'zbekistonning davlat
ramzlari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: –
“Mustaqillik to'g'risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O'zbekiston SSR Oliy
Kengashi qaror qiladi: O'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan,
O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini
tayyorlovchi komissiyasiga O'zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog'i, Gerbi va
Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to'g'risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin.
Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish
ko'rsin. Bu boradagi takliflar matbuotda e'lon qilinib, umumxalq muhokamasi
uyushtirilsin”.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan qonunlar. O'zbekiston
Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo'lib, ular
respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo'liga bevosita
qaratila boshladi.
1991 yil 22 iyulda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi «O'zbekiston
SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo'ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari
va tashkilotlarini “O'zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o'tkazish to'g'risida"
qaror qabul qilib, jumladan, unda “O'zbekiston SSRning “Mustaqillik
Dsklaratsiyasi”ga amal qilib, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida mehnat
jamoalari manfaatlarini himoya qilish va ularning xo'jalik mustaqilligini ta'minlash
maqsadida respublika hududida joylashgan ittifoqqa bo'ysunuvchi davlat
korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O'zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga
o'tadi», deb qayd qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorda “O'zbekiston SSR Prezident huzuridagi Vazirlar
Mahkamasiga Ittifoqqa bo'ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
O'zbekiston SSR huquqiy tobelggiga o'tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi”.
Shunday qilib, o'tgan asr 90–yillarning dastlabki davrlarida O'zbekiston SSR
Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati
6
O'zbekistonning siyosiy–iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun
dadil qadamlar qo'ydilar. Bu qadamlar xalq tomonidan ham qoniqish bilan kutib
olina boshladi.
Ayni chog'da yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida O'zbekistonning
markazga tobeligiga qarshi, aniqrog'i shu davrda O'zbekistonning milliy
mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinxona,
yashirin tarzda olib borgan kurashlarini qator manbalar orqali tobora chuqurroq
bilib boryapmiz. Bir so'z bilan aytganda xalqimiz azallan o'z fikri–zikri bilan
mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.
Xo'sh, mustaqillikning o'zi nima? Istiqlol nimalarga asoslanadi va uning
mazmun–mohiyati nimalardan iborat? Eng avvalo shuni aytish kerakki, mustaqillik
tenglik sari ko'yilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bo'lmagan joyla kimdir
kimgadir tobe bo'ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik o'zgalar hisobiga yashash
kabi illatlar paydo bo'ladi. Natijada biz so'nggi bir yarim asr mobaynida
boshimizdan o'tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. “Tenglik” so'zining
qudrati shundaki, u odamlarning o'zaro munosabatlarilan tortib, mamlakatlararo
munosabatlargacha hamma narsani me'yor–mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki
ortikcha ta'zim–tavozega chek qo'yadi.
Mustaqillik qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar
va qobiliyatlarning kuchayishini taqozo etadigan xodisa. Bu ayniqsa sobiq ittifoq
tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil mamlakatlar, xususan O'zbekiston xayotida
muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston ittifoqdoshlari orasila birinchilarlan bo'lib o'z mustaqilligini e'lon
qildi. 1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to'g'risida”gi Bayonot O'zbekiston hukumatining siyosiy yo'lini to'la
qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:
– O'tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy
hayotidagi o'zgarishlarni e'tiborga olib;
– Xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o'z taqdirini o'zi belgilash
huquqiga asoslanib;
– O'zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab;
– Shaxs huquq va erkinliklarining, mustaqil davlatlar o'rtasidagi
chegaralarning buzilmasligi to’g'risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatini
bayon etib;
– Millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'iy nazar, respublika
hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha'ni va qadr–
qimmatini ta'minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga
intilib;
7
– Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning davlat mustaqilligini va
ozod suveren davlat – O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali
ravishda e'lon qiladi.
O'zbekiston Respublikasining o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston respublikasi
bilan birga, hududi bo'linmas va daxlsizdir. O'zbekiston respublikasining boshqa
davlatlarga hududiy da'volari bo'lmay, U o'z hududi va tabiiy boyliklariga nisbatan
oliy huquqqa egadir”.
O'zbekiston parlamentining bu bayonoti o'zining qonun kuchi bilangina emas,
siyosiy mantig'i, ma'naviy qudrati, xalqaro huquq normalariga mos kelishi va eng
muhimi millat taqdirini hal etadigan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib
turadi. Bu hujjat SSSRning 73 yillik hayoti naqadar ayanchli va fojeali ekanligini
ko'rsatadi. Darhaqiqat, bu mamlakatda inson huquqlari har tomonlama poymol
etilganligini, endi bu tuzumda ortiq yashab bo'lmasligini xayotning o'zi tasdiqlab
turardi. Biroq, mamlakat aholisining aksariyat qismi va ayrim milliy respublikalar
rahbariyati ongiga singib qolgan tobelik va mutelik tuyg'ulari keskin harakat
qilishga, o'z xalqi manfaatini mardona turib himoya qilishga yo'l qo'ymas edi.
Ammo, o'sha paytda O'zbekistondagi ijtimoiy–siyosiy vaziyat O'sh, Farg'ona,
Qo'qon, Guliston, Parkent va Bo'kada yuz bergan mash'um voqealar, millatlararo
nizolarning paydo bo'lgani, xalq hayotining tahlikali tus olgani ortiqcha kutib
turishni taqozo etmas edi. Jarayonlarga o'z vaqtida yetarli baho berib, zarur
xulosaga kelish kerak edi. Shuning uchun ham Farg'ona voqealari birmuncha izga
tushgach, mamlakat aholisining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini yaxshilash, turmush
sharoitini va farovonligini oshirish borasida amaliy choralar ko'rildi.
Jumladan:
– aholini qo’shimcha tomorqalar bilan ta'minlash, yakka tartibda uy–joy
qurishga keng imkon berish, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish,
chorvachilik va parrandachilikni taraqqiy toptirish;
– pensiyalar, talabalar va o'qituvchilarning maoshlarini oshirish, og'ir ijtimoiy
ahvol natijasida kamqonlik kasaliga uchragan homilador ayollarga imtiyozli
ovqatlanish, boshlang'ich sinf o'quvchilariga bepul oziq–ovqat ajratish va shunga
o'xshagan bir qator ijtimoiy–iqtisodiy muammolarning markaz bilan hisoblashmay
hal etilishi;
– O'zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishi qator xorijiy
mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yishi u o'z taraqqiyot
yo'lini tan olish.
Bu borada shuni aytish kerakki, yuqorida keltirib o’tilgan chora–tadbirlarni
amalga oshirish mamlakat aholisiga qanchalik ma’qul kelsa, ittifoq rahbariyatida
shunchalik norozilik tug'dirar edi. O'zbekistonda bu masalalarning hammasi
8
mustaqil ravishda hal etila borildi, mavjud muammolarni yechishda ittifoq
idoralaridan sezilarli ravishda oldin borildi. Bu xususida markazdagilarning
birortasi ham O'zbekistonda amalga oshirilgan ishlarni olqishlab qabul qilmadi.
Shunday bo'lsada O'zbekiston hukumati SSSRda mavjud ijtimoiy–siyosiy
jarayonlar borishini boshqalardan ko'ra tezroq angladi va munosib baholadi.
Shuning uchun ham u qat’iy xulosaga keldi.
1991 yilning 31 avgustida “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida O'zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin O'zbekiston SSRni O'zbekiston
Respublikasi deb atash, 1 sentyabrni Mustaqillik kuni deb e’lon qilish, O'zbekiston
Konstitutsiyasiga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va
uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi
idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib,
ularni respublikaning davlat mustaqilligi e'lon qilingan hujjatini tan olishga da'vat
etish to'g'risida qaror qabul qildi. Bu bevosita O'zbekiston mustaqilligining
dastlabki huquqiy poydevori edi.
Darhaqiqat, biz ijtimoiy-siyosiy jarayonlar odamlar hayotini keskin tarzda bir
o'zandan ikkinchi o'zanga burib yuborgan, hayotimiz butunlay boshqacha tus olgan
va turmushimiz o'zgacha mazmun kasb etgan murakkab ruhiy–ma'naviy holatni
boshdan kechirdik.
O’zbekiston mustaqil Respublika sifatida jahonga yuz tutdi. Mustaqil
O’zbekiston Respublikasi o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini o’zi belgilab oldi.
Dostları ilə paylaş: |