Jonli tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish jarayonida
bolalar unchalik murakkab
bo'lmagan ko'nikmalarni egallaydilar: bular — o'simlikni toza saqlash, uni to'g'ri sug'orish, suvdon
va oxur (donxo'rak)larni yuvish, ozuqa berish kabi. Bu yoshdagi bolalar o'simlik va hayvonlarni
kuzatar ekanlar, ularning o'sishi va rivojlanishidagi o'zgarishlarni qayd qiladilar, o'z kuzatishlarini to'g'ri
gapirib berishni o'rganadilar. O'rta yosh guruhdagi bolalarning jonli tabiat haqidagi dunyoqarashlarini
kengaytirish maqsadida tabiat burchagining aholisini to'ldirib, boyitib turish talab qilinadi. Xona
o'simliklari turli shakl va hajmdagi barglarga ega bo'lishi lozim, chunki bolalar o'simliklarni ozoda
saqlashning o'zlari uchun yangi bo'lgan usullarini egallaydilar, egilgan barglarni mo'yqalam
bilan
artadilar, gullarga suv purkaydilar. Bunda bolalar parvarish qilish usulini barglarning xarakteriga:
kattaligi, miqdori, sathining xarakteri, pishiqligiga ko'ra aniqlashni o'rganadilar. O'rta
yosh guruh
jonli tabiat burchagida doimiy yashovchilar sifatida sut emizuvchilarni ham saqlash mumkin. Bu
yoshdagi bolalar ularni parvarish qilishning oddiy malakalarini bemalol egallay oladilar.
Xattiharakatiga ko'ra qiziqarli bo'lgan
dengiz cho'chqasi va
siriya og'maxonlarini joylashtirish
maqsadga muvofiqdir. Ularni parvarish qilish qiyin emas, ular vaqt va muhitga oson shakllanadigan
jonivorlardir.
Dostları ilə paylaş: