temperaturada harakatchanligini yo'qotadi va ovqat yemay qo'yadi. Bunday hollarda terrariumni
elektr lampochkalari bilan isitish lozim. Jonivorlarni 25—30°C haroratda nimrang margantsovka
eritmasida, boshini suvga tiqmay, 20—30 soniya cho'miltirish maqsadga muvofiqdir.
Agar jonli tabiat burchagida qurbaqa, baqa, kaltakesaklarning yashashi uchun normal sharoit
yaratishning iloji bo'lmasa, hayotini saqlab qolish maqsadida kuzda ularni qo'yib yuborish kerak.
Sudralib yuruvchilar hamda suvda va quruqlikda yashovchilar terrariumda saqlanadi.
Tayyor terrariumlardan tashqari turli idishlardan, eski akvariumlardan foydalanish mumkin.
Ularning ustidan doka yoki mayda metall to'r qoplash kifoyadir. Terrariumlar hayvonlarning biologik
xususiyatlariga moslab tayyorlanadi.
Quruqlikda yashovchi toshbaqa. Toshbaqa salat, qoqio't
barglari, sabzi, sholg'om, xom
kartoshka bo'laklari bilan boqiladi. U tarvuz po'sti, pomidor, ba'zi mevalarni va nonni yaxshi ko'rib
yeydi. Gohgohida qiyma go'sht berish kerak. Bu toshbaqa ozuqani quyoshda yaxshi yeydi. Ozuqa
yozda har kuni, qishda 1—2 kun oralatib beriladi. Ozuqa suvli bo'lsa, toshbaqa suv ichmaydi.
Botqoq toshbaqasi go'sht, mayda baliq, chuvalchang, suv shilliq qurti bilan oziqlanadi va
ozuqani faqat suvda yeydi.
Takimon. Un qurti, chuvalchang, tirik hasharotlar va ularning lichinkalarini yeydi. Qishda
unga chivin g'umbagi, uzun qilib kesilgan xom go'sht beriladi. U suvni yaxshi ko'radi.
Tirik bola tug'adigan kaltakesak takimondan ko'ra maydaroq narsalar (tutgan o'ljalari) bilan
oziqlanadi.
Baqa va qurbaqa tirik ozuqa: hasharotlar, chuvalchanglar, molluskalar hamda xom go'sht
bilan boqiladi. Bunda go'shtni tayoqcha uchiga ilib, qurbaqaning ko'zi oldida qirmirlatib turish kerak.
Dostları ilə paylaş: