Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
qo\'\'lllanmaaa

1.4.Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar.
Kuz faslida qurbaqalarning vaqirlashi kamroq eshitila boradi. Bunga bolalar e'tiborini jalb 
qilish lozim. 
Yosh tipratikanlar mustaqil hayot kechira boshlaydilar. Bolalar tabiat burchagida ularni 
boqadilar va parvarish qiladilar. 
Shu paytlarda tog' etaklari va cho'lli rayonlarda qum quyonlarini teztez uchratish mumkin. 
Kichikroq ko'rinishdagi, unchalik katta bo'lmagan bu quyonlar o'ziga xos rangga egadir. Ular 
sariq kurakli va oq rangli bo'ladi. Uning dumi uzun, dumining uchida popukchasi bo'lib, boshi esa 
cho'zinchoq bo'ladi. Qum quyoni qumlar orasida, saksovul o'rmonlarida va daryolarning 
qirg'oqlaridagi to'qaylarda yashaydi. 
Kuz faslida, o'tlar quriganda shahar atrofidagi rayonlarda quyonlar yosh daraxtlarning 
qobiqlarini, cho'lli rayonlarda esa cherkes kandim, yulg'un va shu kabi yowoyi o'simliklarning 
qobiqlarini kemirib tashlaydilar. 
Sudraluvchi hayvonlar (kaltakesaklar, ilonlar, toshbaqalar) dong qotib uxlash davriga 
kiradilar. Sovuq tushishi bilan qurbaqalar hovuz tagidan balchiqlar ichiga kirib ketadilar, cho'l 
qurbaqalari esa uy atrofidagi kavaklarga kirib, uyquga ketadilar. 
Tipratikanlar sovuq tushguncha o'zlarining qishgi joylariga ketishadi. Ular qishda to'rt 
oydan ortiq uxlaydilar. Bu vaqt ichida qimirlamaydilar va hech qanday ovqat ham yemaydilar. 
Ular ana shu uyqu jarayonida o'zlarining gavda og'irliklarining uchdan bir qismini yo'qotadilar. 
Ba'zi vaqtlarda bolalar bog'chalarida tipratikanni qish vaqtida ham olib qoladilar. Ularni 
qutilarga solib, bahorgacha salqin verda saqlaydilar. Bolalar tipratikanning uyg'onishini alohida 
qiziqish bilan kuzatadilar. 
Ko'rshapalaklar sovuq tushishi bilan tashlandiq uylarning shiplariga kelib, osilib olgan 
holda yashaydilar. Ular yoz mobaynida to'plagan ozuqa zahiralarini qishda juda kam sarflaydilar. 
Agar ko'rshapalak qishda, issiqroq joylarda yashasa, teztez uyg'onib turadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin