Amir Haydar (1778-1826) Buxoro arkidagi
masjid qoshida madrasa
qurdirgan va o‘zi ham mazkur madrasada “Sharhi Kofiya”, “Sharhi Mishkot”,
“Shamoili Nabaviy” va “Tafsiri Qozi Bayzoviy”dan dars bergan. Qur’onni yod
olganligi uchun manbalarda Hofizi Qur’on podshoh sifatida tilga olinadi. “Tuhfat
az-zoirin” asarida Amir Haydar “Amir Sai’d” va “Firdavsmakoniy” laqablari bilan
tanilgani qayd etilgan. Hatto Amir Haydarning “Amir” yoki “Oliy” nomli madrasa
qurdirgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. U qiroat ilmi va xattotlik san’atini puxta
egallagan mudarris edi. Manbalarda yozilishicha “...odatda
u tushdan keyin
xonaqoh oldida 20 nafar talaba bilan suhbat o‘tkazar,
qimmatli umrini zoye
ketkazmas edi”. Amir Haydarning madrasada ta’lim oluvchi 400-500 nafar talaba
shogirdlari bo‘lgan. Amir talabalar uchun Istanbuldan o‘quv adabiyotlari keltirishga
35
shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. Ya’ni, 1815-yil o‘z elchilarini Istanbulga yuborib,
sulton Mahmuddan shariatga doir kitoblarni so‘ratganda, Sulton Buxoroga 32
jildddan iborat kitob jo‘natgan. Amir Haydar hukmronlik
qilgan davrda ilm olish
maqsadida Buxoroga dunyoning turli joylaridan talabalar kelgan.
Amir Haydar hukmronlik davri muntazam kurashlar ostida o‘tib 1826-yil 6-
oktabrda 49 yoshida vafot etdi. Jasadi
Hoji Habibulloh qabristoniga,
otasi Amir
Shohmurod yoniga qo‘yildi.