3
fors-tojik tilidagi asarlar tashkil etadi.
Ikkinchi guruhga,
sayohatchilar, elchilar
hamda savdogarlarning,
shuningdek, shu davrda yashagan siyosiy arboblarning
esdalik va memuarlarini kiritish mumkin.
Uchinchi guruhga, arxiv manbalarini
kiritish lozim topildidi
Birinchi guruhga mansub tarixiy manbalaridan biri tarixchi olim
Muhammad
Vafoyi Karminagiy (1685-1769 yy.)ning “Tuhfat ul-xoniy” (“Xonning tuhfasi”)
yoki “Tarixi Rahimxoniy” (“Muhammad Rahimxon tarixi”) nomli asari bo‘lib, u
Buxoro xonligining 1722-1782-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z
ichiga
oladi. Mulla Muhammad Vafo Karminagiy “qozi Vafo” nomi bilan ham mashhurdir.
U qozilik lavozimiga yangi sulola – mang‘itlar sulolasining dastlabki hukmdori
Muhammad Rahim (1756-1758) davrida erishgan. “Shuhrat” taxallusi bilan she’rlar
ham yozgan.
Muhammad Vafo Karminagiy 1769-yili “Tuhfat ul-xoniy” nomli asarida faqat
1722-1768-yil voqealarini o‘z ichiga olgan qisminigina yozib ulgurgan, xolos. Uning
davomini, ya’ni 1768-1782-yillar voqealarini bayon etuvchi
qismini nasaflik domla
Olimbek ibn Niyozqulibek yozgan. Asar mang‘it hukmdorlarining uluslar va
qabilalarni bo‘ysundirish maqsadida olib borgan tinimsiz urushlari va uning asosiy
sabablarini aniqlashga yordam beradi. Asarda yana o‘zbek qavmlari, ulug‘lari va
ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, Ashtarxoniylar va Mang‘itlar
hukmronligi davrida o‘zbek qo‘shini va mang‘itlar davlatining tuzilishi, 1722-1782-
yillarda Buxoro xonligining Eron, Afg‘oniston, Qozoq va Qo‘qon xonliklari hamda
Koshg‘ar bilan olib borgan siyosiy munosabatlari haqidagi ham e’tiborga
molik
ma’lumotlar ko‘p uchraydi. “Tuhfat ul-xoniy” asari hali o‘zbek yoki rus tillariga
tarjima qilinmagan. 2017-yilda Xo‘jandda kirill alifbosiga tabdil etilib,
nashr
qilingan.
Dostları ilə paylaş: