Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


 Buxoro amirligi tarixiga oid manba va adabiyotlar



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix24.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-2-3 Вuxoro amirlik tarixi pdf ga

1. Buxoro amirligi tarixiga oid manba va adabiyotlar. 
Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi davri tarixini o‘rganishda yozma 
manbalar asosiy o‘rinni egallaydi. Olimlar manbalarning tasnifida ularning mazmuni, 
davri, muammosiga qarab guruhlashtiradilar. Amirlik tarixiga oid asarlar ko‘p 
bo‘lganligi sababli, faqat amirlik tashkil topishidan to qulagunigacha (1756-1920) 
bo‘lgan davrda yozilgan manbalarni quyidagi tizimga bo‘lib guruhlashni lozim 
topdik: Birinchi guruhga, zamondosh va saroy tarixchilari tomonidan yozib 
qoldirilgan mahalliy manbalarni kiritish mumkin. Bunday asarlarning ko‘pchiligini 



fors-tojik tilidagi asarlar tashkil etadi. Ikkinchi guruhga, sayohatchilar, elchilar 
hamda savdogarlarning, shuningdek, shu davrda yashagan siyosiy arboblarning 
esdalik va memuarlarini kiritish mumkin. Uchinchi guruhga, arxiv manbalarini 
kiritish lozim topildidi
Birinchi guruhga mansub tarixiy manbalaridan biri tarixchi olim Muhammad 
Vafoyi Karminagiy (1685-1769 yy.)ning “Tuhfat ul-xoniy” (“Xonning tuhfasi”) 
yoki “Tarixi Rahimxoniy” (“Muhammad Rahimxon tarixi”) nomli asari bo‘lib, u 
Buxoro xonligining 1722-1782-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z ichiga 
oladi. Mulla Muhammad Vafo Karminagiy “qozi Vafo” nomi bilan ham mashhurdir. 
U qozilik lavozimiga yangi sulola – mang‘itlar sulolasining dastlabki hukmdori 
Muhammad Rahim (1756-1758) davrida erishgan. “Shuhrat” taxallusi bilan she’rlar 
ham yozgan. 
Muhammad Vafo Karminagiy 1769-yili “Tuhfat ul-xoniy” nomli asarida faqat 
1722-1768-yil voqealarini o‘z ichiga olgan qisminigina yozib ulgurgan, xolos. Uning 
davomini, ya’ni 1768-1782-yillar voqealarini bayon etuvchi qismini nasaflik domla 
Olimbek ibn Niyozqulibek yozgan. Asar mang‘it hukmdorlarining uluslar va 
qabilalarni bo‘ysundirish maqsadida olib borgan tinimsiz urushlari va uning asosiy 
sabablarini aniqlashga yordam beradi. Asarda yana o‘zbek qavmlari, ulug‘lari va 
ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, Ashtarxoniylar va Mang‘itlar 
hukmronligi davrida o‘zbek qo‘shini va mang‘itlar davlatining tuzilishi, 1722-1782-
yillarda Buxoro xonligining Eron, Afg‘oniston, Qozoq va Qo‘qon xonliklari hamda 
Koshg‘ar bilan olib borgan siyosiy munosabatlari haqidagi ham e’tiborga molik 
ma’lumotlar ko‘p uchraydi. “Tuhfat ul-xoniy” asari hali o‘zbek yoki rus tillariga 
tarjima qilinmagan. 2017-yilda Xo‘jandda kirill alifbosiga tabdil etilib, nashr 
qilingan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin