Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix24.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-2-3 Вuxoro amirlik tarixi pdf ga

7.
 
Amir Haydar faoliyati. Mamlakatdagi ichki urushlar. Amirlikning Xiva 
xonligi bilan munosabatlari. Manbalarda aytilishicha, Amir Shohmurod vafot 
etganda o‘g‘illaridan birinchisi Amir Haydar Qarshi hokimi, yana biri Din Nosirbek 
Marv hokimi, uchinchi o‘g‘li Muhammad Husayn Samarqand hokimi edi. Ulardan 
hech biri otasi vafot etgan paytda Buxoroda emas edilar. Shunday vaziyatda amir 
Haydarning ikki amakisi – Umarbiy va Fozilbiy “xomtamalik va kaltabinlik bilan 
arkka kirib, hokimiyatni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan. Lekin Amir Haydar Buxoroga 
kelayotganini eshitgach, har ikkisi ham shahardan chiqib Shahrisabzga ketib qolgan”. 
Ikki kundan so‘ng Amir Haydar(1778-1826) Qarshidan kelib, 1800-yil 2-dekabrda, 
22 yoshida Qarshi viloyatidan kelib, Buxoro amirligi taxtiga o‘tiradi. Amir 
Haydarning onasi astarxoniy Abulfayzxonning qizi Shamsiya bonu ediki, mang‘it 
amirlaridan bo‘lgan hukmdorlarga Sayyid nisbasining berilishi amir Haydar davridan 
boshlandi. 


31 
Nadr Muhammadxonning onasi mashhadlik sayyidlar xonadoniga mansub edi. 
Shu bois, Nadr Muhammadxondan boshlab ashtarxoniy hukmdorlarga ham 
“Sayyid” nisbasi qo‘shib ishlatilgan. Uning nabirasi bo‘lgan Abulfayzxonning qizi 
Shamsiya bonu Amir Haydarning onasi edi. Shu jihatdan ham, muarrixlar Amir 
Haydarni ham sayyidlar naslidan deb qarashadi. Amir Haydardan boshlab keyingi 
barcha mang‘it amirlari nomiga “sayyid” rutbasi qo‘shib ishlatiladi. 
Amir Shohmurod vafotidan keyin Buxoro amirligida o‘zaro kurashlar 
boshlandi va ba’zi bekliklarning mustaqillikka intilishi boshlandi. Shu vaziyatda 
O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachi Jizzaxni bosib oldi. Bobobek parvonachi 
Jizzaxni qo‘lga kiritgandan so‘ng, shahar hokimi, ya’ni amir Haydarning singlisining 
eri Muhammad Yusufxo‘jani asir oldi. Bu voqeadan xabar topgan Kattaqo‘rg‘on 
hokimi Muhammad Xo‘ja o‘z o‘g‘li Muhammad Yusufxo‘jani ozod qilish uchun 
katta qo‘shin bilan Jizzaxga keldi va Bobobek parvonachi qo‘shinlari bilan jang qilib 
uni besh yuz nafar askari bilan birga asirga olib, Buxoroga jo‘natgan. Shu tariqa, 
Amir Haydarning amirlikni qayta markazlashtirish yo‘lidagi mashaqqatli kurashi 
boshlangan. U 1803-yilda ayirmachilik kayfiyatlarini namoyon qilayotgan
O‘ratepaga yurish qilib, uni ham Buxoro amirligiga bo‘ysundiradi. Uning hokimi 
Bekmurodbiy ibn Xudoyorbiy yuzni qatl qilib, yuz va qirq urug‘i vakillarini 
ko‘chirib, Buxoro va Samarqandga joylashtirdi. O‘ratepa hukumatini esa Mullo 
Ernazarbiy dodxohga berib qaytdi. 1816-yil Balx shahri egallanib, u shaharga G‘ulom 
Qilich hokim qilib tayinlandi. 
“Toj ut-tavorix” asarida Amir Haydar davridagi bir voqea haqida shunday 
hikoya qilinadi: “1225-yilda (1810) Buxoroda qahraton qish boshlanadi, bir quloch 
miqdoricha keladigan muz uch oy mobaynida saqlanib qoldi. Bug‘doy va ekinlarni 
sovuq urib, narxi yuz tangaga yetadi. Bir haftada 80 tanga, keyingi 20 kunda 60 
tanga bo‘ldi. Yog‘ narxi bir ashrafiyga yetdi. Bundan tashqari 1-apreldan 16-
maygacha qattiq to‘fon bo‘ldi. Bir nechta qishloq qum ostida qoldi. Bozorlar bo‘sh 
qolib, do‘konlar yopildi. O‘g‘rilik avj oldi”. 
Bu hukmdor davrida markazdan qochuvchi kuchlarning yana faollashuvi, turli 
viloyatlar hokimlarining o‘zaro kurashlarining avj olganligi kuzatiladi. Jumladan, 
1800-yili soliq yig‘uvchilarning beboshligidan Marv turkmanlari bosh ko‘taradilar. 
Bu voqeadan bir yil keyin Amir Haydar Qarshi atrofidagi Xalaj, Ulug‘tepa, Gunashda 
turkmanlarning qizil oyoq, adak va adji urug‘lari bilan to‘qnashadi. 1804-yili Amir 
Haydar markaziy hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortgan ukasi, Marv hokimi Din 
Nosirbekka qarshi qo‘shin jo‘natadi. Bu yurish natijasida ushbu shahar aholisining 
katta qismi Zarafshon vohasiga ko‘chiriladi, Marvda esa 200 turkman oilasi 
joylashtiriladi. Marvdagi yirik Sultonband suv ombori buzib tashlanadi. Amir 
Haydar, shuningdek, markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko‘tarib chiqqan Shahrisabz 


32 
kenagaslari, Hisori Shodmonlik tog‘liklarga ham qarshi kurash olib borishiga to‘g‘ri 
keladi.  
Marv hokimi Din Nosirbek (Amir Haydarning ukasi)ni Amir Haydar doimo 
Buxoro taxtini egallashga da’vogar bo‘lgan raqobatchi deb bilar edi. Bir safar uni 
Buxoroga chaqirtirganda, Din Nosirbek akasiga ishonmagan va Eronga, Fathalishoh 
(1797-1834) huzuriga ketgan. Keyinchalik, u Xorazm xoni Eltuzarxon (1804-1806) 
qutqusiga uchib, 1804-yil akasiga qarshi bosh ko‘taradi va mag‘lubiyatga uchraydi. 
Bu voqeadan so‘ng Eltuzarxon talonchilarini yuborib, bir necha bor Buxoro 
tumanlarini talon-toroj qildi. Eltuzarxonning maqsadi o‘z odami bo‘lgan Din 
Nosirbekni Buxoro amirligi taxtiga chiqarish va bu orqali amirlikni o‘z nazoratiga 
olish bo‘lgan. Oxir-oqibat, 1806-yilda Amir Haydar Niyozbek parvonachini yigirma 
ming suvoriy bilan Xorazm tomon yubordi. Xorazm xoni qo‘shin bilan Amudaryodan 
o‘tib, Buxoro qo‘shini bilan jang qildi. Bo‘lib o‘tgan qattiq jangda xorazmliklarning 
ko‘pchiligi shikast topib, aksari daryoga g‘arq bo‘ldi. Qolganlarini Eltuzarxonning 
uch birodari bilan birga asir qilib Buxoroga olib keldi. Xonning o‘zi esa daryodan 
o‘tish uchun qayiqqa chiqqanida, ta’qibdan qochayotgan xorazmlik askarlar xon 
o‘tirgan qayiqqa jon talvasasida yopishganlar va qayiq ag‘darilib, xon ham sovutlari 
og‘irligidan daryoga g‘arq bo‘lib halok bo‘lgan. Amir Haydar Eltuzarxonning
birodari Qutlug‘ Murodni 400 asir bilan ozod qilib, Urganchga jo‘natadi. 
Eltuzarxondan keyin Xorazm taxtiga chiqqan Muhammad Rahimxon (1806-
1825) akasi Eltuzarxonning qasdini olish va Buxoro amiri Haydardan Amudaryo 
g‘arbidagi yerlar, xususan, Chorjo‘y hududini tortib olish maqsadida bir necha marta 
yurish qildi. Ikki tomon o‘rtasidagi kurashlar bir necha yil ayovsiz kechgan.
Amir Haydarga qarshi ukasi Din Nosirbek 1821-yilda 4000 nafar lashkar bilan 
Chorjo‘yga hujum qiladi. Amir Haydar tomonidan sarkarda Niyozbek parvonachi 
boshchiligida yuborilgan qo‘shin Din Nosirbekni mag‘lubiyatga uchratib uning 
lashkarlaridan 2000 nafarini halok etdi va asirga oldi. Din Nosirbek o‘z oilasi bilan 
Mashhadga qochdi. Din Nosirbek va Niyozbek parvonachi o‘rtasidagi asosiy jang 
Marv ostonasida bo‘lib o‘tadi va jang davomida Marvni suv bilan ta’minlab turgan 
to‘g‘on buzib tashlangan va marvliklar asosiy suv manbasidan uzilib qolgan edi. 
Urushdan so‘ng amir Haydar Erlaqabbiyni ikki yuz turkman xonadoni bilan birga 
Marvga yuborib shaharning vayron bo‘lgan joylarini va ariq to‘gonlar obod 
qilinishini buyuradi. Erlaqabbiy Marvda o‘n yil davomida hukmronlik qiladi. 
Amir Haydar Miyonqolda 1821-1825-yillarda qo‘zg‘olon ko‘targan xitoy-
qipchoqlarga ham qarshi faol kurash olib bordi. Samarqanddan Miyonqolgacha 
bo‘lgan yerlar bu jamoalarning makoni bo‘lib, ular qariyb besh ming uylik aholi 
bo‘lgan. Ayrim vaqtlarda Amir Haydarning odamlaridan ularga zulm va zug‘um 
o‘tgan edi. Shu sababdan xorazmliklar bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsiz janglar 
natijasida fursatni g‘animat bilib, Kattaqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on va Chelak qal’asini 


33 
bir kunda qo‘lga kiritib oldilar. Samarqand va Yangiqo‘rg‘on hokimi Davlat 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin