Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix24.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-2-3 Вuxoro amirlik tarixi pdf ga

munaqqit bo‘lub, mang‘it toifasidin Abu-l-muzaffar Rahimxon ibn Hakimbiy ibn 


20 
Xudoyor ibn Xudoyquli podshoh bo‘lub, Shahrisabz, Hisori Shodmon, Ko‘lob, 
Xo‘jand va Toshkand tasarrufidin chiqdi. Vaziri eronlik Davlat qo‘shbegi bo‘lub, 
mamlakat tamomi halli uqdi aning yadi tasarrufida edi. Bu sulolaning asoschisi 
Rahimbiy ibni Hakimbiy atoliq ibni Xudoyorxon ibn Xudoyquli biy ibn Keldiyor ibn 
Chovush bo‘ladi. Sadri Ziyo Chovushni «mang‘itiya elotiyasi ichida moldor va sohibi 
e’tibor kishi edi va Abdullaxon (1557-1598) bilan zamondosh bo‘lgan”, deb aytadi.
Muhammad Rahimbiyning xonlik taxtiga o‘tirishi o‘sha davr muarrixlari
tomonidan muhim siyosiy voqea sifatida baholangan. Muhammad Rahimbiy 
Buxoroda xonlik taxtiga dabdabali ravishda o‘tirgandan keyin Samarqandga 
maxsus kelib mashhur Ko‘ktosh taxtiga ham o‘tirgan. Tarixchi Xumuliyning
yozishicha, Muhammad Rahim hali otaliq mansabida ishlagan paytidayoq 
Ko‘ktosh taxtiga o‘tirgan. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ashtarxoniylardan 
Subhonqulixon (1681-1702) vafotidan keyin Ko‘ktosh ustiga hech kim taxtga 
o‘tirmagan edi. 
Alqissa, noshoyon fe’lining kasofati sabab hamma Abulfayzxondan 
nafratlanadigan bo‘ldi. Amirlar va elot sardorlari undan ko‘ngillarini o‘zgartirib, 
yashirincha amir al-umaro Muhammad Rahim bilan do‘stlik ahdini bog‘ladilar, toki 
amir al-umaro jur’at qadamini ildamlab, mulk etagidan bu tikanni sug‘urib olib, 
viloyat hududini fitnayu fasod g‘uboridan musaffo etsin. Muhammad Rahim darbor 
amirlarining roziligini olgach, Abulfayzxonni Buxoro minorasi pastidagi o‘z 
hovlisiga olib keldi va unga munofiqlik etishga qasd qildi. Abulfayzxon uning hiyla 
va xiyonati xavfidan qochib, o‘zini Mir Arab madrasasiga oldi va madrasa 
hujralaridan biriga yashirindi. Rahimbiy uning orqasidan o‘sha hujraga kirib, 
Abulfayzxonga omon bermay, mulozimlariga adolatsizlik xanjari bilan bu 
chingiziynajod xusravning boshini tanidan judo etishni buyurdi. Abulfayzxonning 
qatl etilgani ma’lum bo‘lgach, Buxoroda turgan eronlik askarlar Nodirshohning 
qaynotasi hamda chingiziylar avlodidan bo‘lmish mazkur xonning o‘limidan norozi 
bo‘lib, isyonga tayërlana boshlaydi. Shunda Muhammad Rahim Eron qo‘shini 
boshliqlaridan Ja’farqulixonga quyidagi mazmunda maktub jo‘natadi: “Sizlarning 
bu diyorga kelishingiz yurtni tinchitmoq va fuqaroning osudaligini ta’minlamoq 
uchun edi. Bu muddaoning yagona yechimi Abulfayzxonning o‘limi edi. Mulk 
aholisining unga rag‘bati yo‘q edi. Buyuk xon Nodirshoh kelgan vaqtlarida menga 
bu borada topshiriq bergan edilar. Taqdirda bori amalga oshdi”. Lekin isyonkor 
elotlar va ba’zi qudratli amirlar orasida birdaniga hokimiyatni egallash xavfli edi. 
Ehtiyotkorlik va tadbir yo‘lini hamda xayrixohlik raftorini tutib, o‘zining niyatini 
yashirish uchun Abulfayzxonning kichik yoshli o‘g‘lini haramdan chiqarib
otasining o‘rniga Buxoro saltanatida podshoh etib o‘tirg‘izib, xalqni uning itoatiga 
kiritdi. 


21 
Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini mang‘itiya” asaridan
Manbalarda yozilishicha, Muhammad Rahimni ham mavjud an’analarga ko‘ra 
ko‘zi bog‘langan holda oq kigizga o‘tkazib, taxtga chiqarish marosimini o‘tkazganlar. 
Kigizning to‘rt burchagini to‘rtta yirik o‘zbek urug‘lari – mang‘it, o‘tarchi, bahrin va 
saroy vakillari tutganlar. Shuningdek, kigizning chetini to‘rtta yirik diniy ulamolar 
sulolasi – Maxdumi A’zam Kosoniy, Sayid Ota, Xoja Muhammad Islom Jo‘yboriy va 
Xoja Ahror avlodlari tutib turganlar. Shu tariqa, rasman davlat hukmdoriga aylangan 
Muhammad Rahimbiy “Movarounnahr taxtida ikki yil hukmronlik qildi”. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin